INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI INTELLEKTUAL QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI USUL VA METODLARI
Altibayeva Gulbaxor Majitovna
Termiz davlat Pedagogika instituti o‘qituvchi
Kalit so‘zlar: rejalashtirish, tashkilot, faoliyat, imkoniyat, xususiy turkumlar, tashkil etish.
Key words: planning, organization, activity, opportunity, private categories, organization.
Ключевые слова: планирование, организация, деятельность, возможность, частные категории, организация.
Kirish. San’at markazida bolalarning tasviriy faoliyati tashkil etiladi. Tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarni intelektual qobiliyatini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. Tasviriy faoliyat bolalarni qiziqarli faoliyat turlaridan biri bo‘lib, unda inson hayotidagi barcha voqea va hodisalarni ifodalash, o‘zaro muloqatga kirishish va ijobiy munosabatlarni shakllanish imkonini beradi. Bola shaxsini rivojlanishida tasviriy faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi. Bolaning intelektual qobiliyati, ma’naviy dunyoqarashi va hissiy olamiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. “Til va nutq” markazida narsa-buyum nomi bilan rasmlar, turli vositalar orqali tanishsa, “Qurilish va konstruksiyalash” markazida uning tuzilishi, tashqi belgilarini o‘rganadi. “Ilm-fan va tabiat” markazida ushbu buyumlar, uning ahamiyati va zaruriyati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zaro muloqat jarayonida anglaydi, kuzatuv, tahliliy suhbat, audio va videovositalar orqali tushinib yetadi.“Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish” markazida bolalar turli rollarni ijro etish orqali aqliy faoliyati va intelektual qobiliyati rivojlanadi. Mazkur yondashuv gruhdagi bolalarni bir vaqtning o‘zida turli faoliyat bilan band qilish, faoliyat mazmunini o‘rganilayotgan mavzuga yo‘naltirish jarayonlari integratsiyalangan mashg‘ulotni tashkil qiladi.
Tahlil va natijalar. Bunda tarbiyachidan faollik, intelektuallik va moslashuvchanlik bilan yondashish talab etiladi. Bir markazdagi bolalarning qo‘lga kiritgan yutug‘i, ikkinchi markazdagi faoliyat uchun imkoniyat yaratadi. Ya’ni bola oldin o‘zlashtirgan ma’lumot zamirida keyingi qadamlarni amalga oshiradi. Bolalar faoliyatini bu tarzda tashkil etish konsentrik yondashuv hisoblanadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, bolalar asta-sekin tarbiyachi ko‘rsatgan usullardangina foydalanadi. Shuning uchun bolaning ilk yoshidan unga harakatlarni amaliy namoyish qilish lozim. Ta’lim jarayonida bolalarning ishi tahlil qilinadi va to‘ldiriladi yoki bola uchun qiziqarli bo‘lgan harakat namuna sifatida ko‘rsatiladi, taqqoslanadi (rasmlar, qurish yasash, loy va plastilin bilan) bolalarga namuna alohida bir stolda joylanadi.
Tajribaning ko‘rsatishicha, bolalar juda chuqur o‘ylaydi, qiziqish bilan o‘z ishini namunaga taqqoslaydi, hech ham xato qilmaydi, xatto mayda elementlargacha fahmlaydi. Ushbu jarayonlar bolalarda mustaqil samarali refleksiv faoliyatning rivojlanishiga amaliy yordam beradi. Pedagogik jarayonlarni amalga oshirishda tarbiyachilar bolalarga qulay sharoit va o‘z kuchiga ishonch hissini ta’minlashi lozim. Tarbiyachi bolalarning o‘zlashtirish darajasi, ularning intellektual pozitsiyasini rivojlantiradi va mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, imkoniyat va shart-sharoitlarni yaratadi. Tarbiyachi ta’lim jarayonida o‘zaro ta’sir (hamkorlik) va insonparvarlikka yo‘naltirilgan pedagogik munosabatlarni amalga oshiradi. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik munosabatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan muloqot quyidagi shakllarda uyushtiriladi:
tarbiyalanuvchilar guruhi bilan muloqotga kirishish;
rivojlantiruvchi pedagogik jarayonda muloqot jarayonini boshqarishni tashkil etish;
faoliyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muloqot tizimining andozasini yaratish;
tarbiyalanuvchilar bilan bevosita muloqotni tashkil etish kabilar.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o‘zaro munosabat va muloqotning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular sust-ijobiy, barqaror hamda beqaror bo‘ladi.
Ta’limiy omillarni yaratishga mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalar tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilarga muloqot asosida ta’sir etish yo‘llarini ham o‘z ichiga oladi. Ayrim metodlar yoki muloqot turlari bolalarni intelektual qobiliyatini shakllantirishda alohida samaradorlikka ega. Ular ishontirish, isbotlangan natijalarga asoslanish, bevosita va bilvosita ta’sir, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zaro ta’sir metodlari.
Innovatsion texnologiyalar maktabgacha ta’lim jarayonini yaxlit tizim sifatida tasavvur etish imkonini beradi. Maktabgacha ta’lim jarayoni ta’lim texnologiyasining asosi ta’lim maqsadi, mazmuni, shakli, metodi, vositalari, tarbiyalanuvchi va tarbiyachilar o‘zida mujassamlashtirgan tizimdir. Ular o‘zaro aloqadorlikda maktabgacha ta’lim jarayonining mohiyatini belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim jarayoni quyidagilarga muvofiq tarzda tashkil etiladi:
Bolalardagi intellektual qobiliyat, kognitivlik, komunikativlik, ijtimoiylashish va rivojlanish kabi ehtiyojlarning vujudga kelishi;
Innovatsion texnologiyalar asosida intellektual qobiliyatni shakllantirish omillarining mavjudligi kabilar.
Amaliyotda oqlangan har qanday innovatsion texnologiya tarbiyalanuvchi shaxsini faollashtirishga va intellektualligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchi shaxsining mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini rivojlantirish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi vositasida amalga oshiriladi.
Bunda tarbiyalanuvchi ta’lim tizimiga moslashtirilmay, aksincha, ta’lim-tarbiya jaranida erkinlikka intilishi, mustaqilligi, shaxsiy fikrlarning mutloq o‘ziga xosligi, o‘z-o‘zini namoyon qilish ehtiyojining mavjudligi kabilarni hisobga olgan holda, unga uning o‘ziga xosligini ta’kidlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish imkonini berish va buning uchun qulay pedagogik sharoit yaratish lozim. Chunki, har qanday tarbiyalanuvchi o‘ziga xosligini namoyon qilishga intiladi. Bolalarni intellektual qobiliyatini shakllantirishga insonlar hati-xarakati va kattalar mehnati haqida tushunchalar berish orqali erishiladi.” Mening oilam”, “Mening sevimli bog‘cham”, “Men sevgan yurt”, “Mening ona Vatanim”, “Bizning milliy armiya”, “Vatanim bayrog‘i” mavzulari bolalarni intelektual-hissiy rivojlantiradi va va shu orqali bolalarga aqliy tarbiya beriladi. Atrof olam bilan tanishtirish orqali bolalarga aqliy tarbiya ham beriladi. Aqliy tarbiya bilish faoliyati bilan birga zamonaviy yondashuvlar asosida amalga oshiriladi. Natijada, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat bolalarda intellektual tasavvurlarni shakllantiradi. Ularda insonlar, atrof olam, (o‘simliklar va hayvonlar), predmetlarga (insonning turmush tarzi, hayvon va o‘simliklarning hamda, suv, havo va tuproqning zarurligi) qiziqishni rivojlantiradi; uy-ro‘zg‘or buyumlari (kiyimlar, poyabzal, idish-tovoq, mebel) ularning belgi va vazifalari bilan tanishtiradi; o‘zi haqida ilk tasavvurlarni shakllantiradi; bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi “Men va tengdoshim”, “Mening o‘rtog‘im”, “Mening obod mahallam”, oila a’zolari (ona, ota, buvi va buva, aka-uka, opa-singillar) bilan munosabatlarga tayyorlaydi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv texnologik tizimning konsepsiyasini ifodalab, bunda tarbiyalanuvchi shaxsining erkinlikka intilishi, bir butunligi, mustaqil bilim olishi, o‘zligini namoyon etishi va faolligi ta’minlanadi
Demak, tarbiyalanuvchilarining intellektual qobiliyatini shakllantirishda quyidagi pedagogik imkoniyatlarni inobatga olish zarur sanaladi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan o‘quv seminarlari, seminar-treninglar, ochiq mashg‘ulotlar, o‘zaro mashg‘ulot kuzatishlar, turli kechalari, ilmiy-amaliy uchrashuvlar, masofadan o‘qitish shuningdek, turli to‘garaklar, fasllar bilan bog‘liq tadbirlar, turli mavzularda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy kechalar, davra suhbatlari hamda soha vakillari bilan uchrashuvlar uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash.
2.Tarbiyalanuvchilarining intellektual qobiliyatini shakllantirish jarayonlarini samarali tashkil etish.
3.Turli mavzular bo‘yicha tashkil etiladigan seminar trening jarayonlarida tarbiyachilar innovatsion yondashuv asosida tarbiyalanuvchilar intellektual qobiliyatini shakllantirishga kreativ yondashishi, o‘z ustida muntazam ishlashi, mustaqil ta’lim va ma’lumotlar olish ehtiyojlarini boyitib borish;
4.O‘rganiladigan mavzularni o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi va izchilligi hamda ketma–ketligi asosida rejalashtirish.
5.Tarbiyalanuvchilarining intelektual qobiliyatini shakllantirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratish.
6.Tarbiyalanuvchilarining intellektual qobiliyatini shakllantirish jarayonlarini qiyosiy tahlil qilish.
Ushbu jarayonda tarbiyalanuvchi shaxsining intellektual qobiliyati jadal rivojlanishi, moddiy-ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishi ta’minlanadi.
Agar tarbiyalanuvchi mashg‘ulotlar mazmun-mohiyatini anglay olmasa, kerakli ma’lumotga ega bo‘lmasa yetarlicha rivojlanmay qoladi. Shunday qilib, mashg‘ulotlar mazmun-mohiyati tarbiyalanuvchi shaxsi rivojlanishining asosiy birligi hisoblanadi. Shaxsning intellektual qobiliyatlarini o‘rganishga G.Eyzenk, S.K.Annamuratova, L.S.Vygotskiy, R.Sternberg va boshqalarning tadqiqoqtlari muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, V.N.Drujinin shaxsning intellektual qobiliyatlari muammosini operativ yondashuv doirasida, ya'ni intellektning G-omilli modellarida ko‘rib chiqadi.
Fransuz olimi J.Piaje intellekt va aqliy faoliyat tushunchalarini ajratib, intellektni “yangi sharoitlarga aqliy moslashish” deb talqin qilishni taklif qildi.
Tadqiqotchilar o‘z g‘oyasini amaliyotda sinab ko‘rish maqsadida shogirdi T.Simon bilan hamkorlikda bolalar intellektning rivojlanish darajasini o‘lchash uchun psixologik aqliy testlar ishlab chiqdilar. Ushbu konsepsiyaga asoslangan holda Bine shunday masalalarni tanladiki, bunda bolaning ilgarigi bilimlari va ko‘nikmalarini qo‘llash imkoniyatlari sezilarli darajadi kamaytirildi. A.Binening maqtovga sazovar jihatlaridan biri shuki, u har bir yosh davri uchun shunday testlar seriyasini tuzishi kerakki, toki uning yechilishi faqat shu davrga ta’lluqli bo‘lsin deya yosh davrlari hususiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tish zarurati haqida fikrlar bildirdi.
F.Degan g‘oyadan kelib chiqqan holda u test topshiriqlarni nazariy asoslash shart emas deb hisobladi, natijada ayrim shubhalar tug‘ilishga imkon yaratadi] Asrimizning boshlarida esa intellektni tadqiq qilish yuzasidan Bine va Simon ta’limotlari jahon olimlari orasida keng quloch yoydi natijada bir qancha mamlakatlarda ularning tarafdorlari ham fikrlari vujudga kela boshladi. Bine va Simonlardan keyin bir qator boshqacha shaklga ega bo‘lgan testlar va ularning muayyan tizimlarining ko‘p sonli madefikatsiyalari yuzaga keladi. Ular orasida Amerikalik olim L.Termin tamonidan ishlab chiqilgan madefikatsiyasi alohida ahamiyatga moneligi bilan ajralib turar edi. U o‘z tadqiqotlarida Platonning aqliy qobiliyatlarini genetik jihatdan shartlanganligi to‘g‘risida nazariyasiga ko‘proq murojaat qiladi.
V.D.Shadrikov intellektga ma’naviyat bilan ma’naviy qobiliyatlarning birgalikdagi komponent tarzida qaraydi. Bunga muvofiq bu funksiya o‘rab turgan voqelikni oddiy baholash emas, balki insonning ma’naviy jihatlari bilan solishtirishi va shaxsning ichki o‘zgarishlarini belgilovchi sotsial muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvini muvofiqlashtiradi.
Gilford o‘zining kubik yordamida tafakkur o‘lchamlaridan operatsiyalar bilish funksiyasi, xotira, divirgent va konvergint tafakkur, baholash, mazmun: obrazli, belgili, semantik, xulqiy, natija: elementlar, darajalar, aloqa, munosabat, tizim, sistema, o‘zgartirish, islohat: qo‘llash, tadbiq qilish kelib chiqqan holda 120 ta o‘ziga qobiliyat turlarini ajratib berishga harakat qiladi.
Bugungi kunda MTT trbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ham mavjud bo‘lib bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o‘qitish, intellektual faoliyatlilikni ifodalovchi turli rolli o‘yinlar, treninglar, bahs munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Intellektual qobiliyatini shaklantirishda ayniqsa treninglarning o‘rni beqiyosdir. Sababi trening o‘tkazish jarayonida tarbiyalanuvchilarning intellektual qobiliyati o‘sadi, nutqi ravon bo‘ladi, tafakkuri rivojlanadi, muloqotga tez kirisha oladigan bo‘ladi. Shu sababli treninglarni verbal va noverbal ko‘rinishda tashkil etish mumkin.
Treningni noverbal (so‘zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hakozolar) ko‘rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko‘z ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi tarbiyalanuvchilarga xayrixoh bo‘lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qilishi (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qochishi, shuningdek, guruhga o‘zi ko‘rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo‘ladi. qatnashuvchilarning bosh qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga, xohishi borligiga e’tibor berishi kerak bo‘ladi.
Treningni verbal ko‘rinishda tashkil etilsa, tarbiyachi savollarni shunday tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar yordam beradi: "Siz bu haqda nima deysiz", "Nimaga", "Qanday... ", "Agar..." va qokazolar. Agar qatnashuvchi "Ha", "yo‘q" deb javob bersa, "Nimaga shunday gapiryapsiz" deb so‘rash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari boshqa qatnashuvchilardan ham so‘rash kerak tasdiqlangan fikrlarga qo‘shiladimi?
Tarbiyachi trening o‘tkazish jarayonida o‘z ovozining ohangiga e’tibor berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo‘ladi. qatnashuvchilarni ko‘proq gapirishga undash kerak. Ularda mazkur texnologiya Tarbiyachi o‘zining va qatnashuvchilarning so‘zga chiqishi vaqtini hisoblashi lozim bo‘ladi. Hamma savollarga faqat o‘zi javob bermasligi, qatnashuvchilar bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini unutmasligi lozim. Bahs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg‘ulot qatnashchisining muhokama qilinayotgan muammoni mohiyatini to‘g‘ri tushunayotganini aniqlab, keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur baxsga mos kelsa, qatnashuvchilar fikrlarini mustahkamlab "Bu menga o‘tgan yilgi voqeani eslatadi" – deyishi mumkin.
Yaxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud.
1. Izyumenka. (Bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos ajoyib tomoni.) qatnashuvchilarning treninga qiziqishini uyg’otish uchun qisqa baxs boshlang, savollar bering, provokatsion ta’kidlashlarini ilgari suring yoki qandaydir faoliyat turini faraz qiling. Trening qatnashchilarining avvalgi bilimlari va ularning qatiy tajribalarini bohlashga harakat qiling. Trening nima uchun ahamiyatli ekanligi sabablarini tushuntiring.
2.Tarbiyalanuvchilar uchun ta’kidlash. Tarbiyalanuvchilarga ulardan nima kutilayotganini tushuntiring. Tarbiyalanuvchilar uchun natijalar quyidagi savolga javob berishi kerak: "Bu treningdan keyin qatnashuvchilar nimalarni bilishini va qilishini xohlamayman".
3. Trenerning hissasi. Trening uchun kerakli boshlang‘ich ma’lumot va yetarli bilimlar (matn, ma’ruza, hujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun mashg‘ulot mazmunini namoyish qiling.
4. Interfaol. Bu - trening yuragi. Interfaol uslubiyotda foydalanadigan ish tartibini mazmuni va mohiyati. Interfaol uslub - bu jamoaviy muhokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va intelektual faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqing. Ayniqsa, guruhda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib boring. Tushuntirishini tekshiring va tushuntirishlar bering.
Treningni to‘liq yakunlashga vaqt yetishi uchun uning har bir qismini diqqat bilan tashkil qiling. Treningni o‘tkazish savollari bu yerda muhim aqamiyatga ega (guruhni o‘lchovi, guruhga shaxsiy yordam, tushunishini tekshirish). Aynan shu narsalar treningni o‘tishiga yordam beradi. Trener mashqlarni bajarish jarayonida qatnashuvchilarni topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib boradi.
5. Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashuvchilar o‘zlari yodlagan, o‘rgangan yo‘nalishlari bo‘yicha xulosa qiladilar, olingan ma’lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, bolalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar.
Bu - treningni baholash qismi sanaladi. "Qatnashuvchilar nimani o‘rgandilar". Trening davomida o‘rganganlari yoki ko‘rsatganlari natijalar bilan mos kelishini tekshiring.
"Muammoli bola" treningini o‘tkazish texnologiyasi.
Treningni maqsadi:
- Qatnashuvchilarga muammoli bolalar bilan o‘zaro til topishishning hamda ular bilan bo‘ladigan turli vaziyatlarda to‘g’ri yechimni topishlarga yordamlashish.
– Muammoning mohiyatini aniqlashda malakani shakllantirish.
– Tirbiyaning ba’zi usullari bilan tanishtirish, bolalar bilan ishlashda ushbu uslublarni tog’ri tanlashni o‘rgatish.
– Muammoli bolalarning paydo bo‘lish sabablari va yetakchi tarbiyachilarning ushbu muammoni yechishdagi xatti-harakatlarini to‘g’ri aniqlashni o‘rgatish.
Demak, yangi texnologiyalar hozirgi davr ta’lim tizimini yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqish mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylanadi. Ayniqsa, MTT tarbiyalanuvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malaklarni hosil qilishda, kasbiy sifat va salohiyatni shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish va turli o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish maqsadga muvofiq sanaladi.
N.E.Vasyukova va O.I.Chexonina fikricha “kombinatsion mashg‘ulot bir necha faoliyat turi yoki didaktik vazifalarning biriktirish asosiga quriladi, ammo mashg‘ulotlar o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik ta’minlanmaydi, masalan, loy ishidan keyin harakatli o‘yin o‘tkaziladi. Mujassam mashg‘ulotda turli faoliyat va ular o‘rtasida o‘xshash aloqalar bajariladi (masalan: yong‘in xavfsizligi qoidalari mavzusida suhbat o‘tkazilsa, rasm orqali ifodalanadi yoki o‘yin o‘tkaziladi). Bunda bitta faoliyat turi ustunlik qiladi, ikkinchisi uni to‘ldiradi, hissiy muhit yaratiladi. Integratsion mashg‘ulot tarbiyalanuvchilarga atrof olam haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi, ular yashayotgan joyidagi hodisalar va narsa-buyumlarning o‘zaro bog‘liqligini anglaydi. Integratsion mashg‘ulot tarbiyalanuvchilarda ijodiy faollikni rivojlantiradi. Bu esa tarbiyachidan “Ilk qadam” dasturidan to‘liq foydalanish, turli sohalardan ma’lumotlar olish, madaniyat, san’at, atrof-muhit va hayotiy voqea-hodisalardan namunalar keltirishini taqozo qiladi.. Maktabgacha ta’limda integratsion jarayon uch ko‘rinishda amalga oshiriladi: ichki mashg‘ulotlararo; tizimlararo; yuqori va past darajadagi integratsiya.
Integratsion mashg‘ulotlarning pedagogik imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
- bolalarning bilim va ko‘nikmalarini yaxlitlikda shakllantirish;
- bolalarning kommunikativ ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
- bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
- bolalardagi psixologik zo‘riqish, qo‘rquv va ishonchsizlikni bartaraf etish.
Integratsion mashg‘ulotlarning muhim jihati shuki, tarbiyalanuvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiya oshadi, bilishga qiziqish shakllanadi, butun olamga yaxlit va voqea-hodisalarga har tomonlama qarashga intilish paydo bo‘ladi. O‘quv-tarbiya jarayonini kuchaytirish va samarali tashkil etishga asos bo‘ladi, eng muhimi, bolalardagi zo‘riqish va toliqishni bartaraf etadi.
Yangi munosabatlarning o‘ziga xos jihati an’anaviy ta’lim shaklidan tubdan farq qilib, tarbiyalanuvchilarni aqliy qobiliyati, intelektual salohiyatini tarbiyalanuvchilarning mustaqilligi, yoki ta’qiqlamasdan balki belgilangan maqsadga yo‘naltirish, o‘quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, ularni faoliyatga ongli ravishda qo‘llash, biror - bir faoliyatini buyruq orqali amalga oshirish emas, balki, samarali tashkil etish maqsadida o‘quvchilarni fan asosidagi bilimlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ijodkorlik qobiliyatini o‘stirshga imkon yaratadi va talabalarni ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq bunday pedagogik holat yoki munosabat mazkur jarayonni pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishni va ularni keng qo‘llashni taqazo etadi.
MTTda ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish ta’limning yangi usullari va shakllarini amaliyotga qo‘llash va shu orqali intelektual qobiliyati shakllangan, ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchini va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish ularning oila va qalbiga mustaqillik va milliy istiqlol g’oyasini singdirish, zamonaviy bilim ko‘nikma va malakalari bilan qurolangani nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni bajarilishi va muvoffaqiyatli hal etishishi, avvalo ta’lim tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalaridan keng qo‘lashda foydalanishni taqozo etmoqda.
Yangi munosabatlarda o‘ziga xos jihatlari an’anaviy ta’lim shaklidan tubdan farq qilib tarbiyalanuvchilarni intellektual qobiliyati, mustaqilligi, bilimlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini ortirish imkoniyatlarni chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq bunday pedagogik holat yoki munosabat mazkur jarayoni innovatsion texnologiyalar orqali tashkil etishni va ulardan keng qo‘llashni taqozo etadi.
Xulosa. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri "shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi"dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
-Pedagogik texnologiya (PT)-shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillik davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, tarbiyachi faoliyati yangilanadi, tarbiyalanuvchining intelektual qobiliyati, uning tafakkuri, dunyoqarashi mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvi shakllanib boradi.
Barron va Volshava tajribalar shu narsalarni ko‘rsatadiki murakkab chizmalar va rasmlar yaratilishi shaxsning ijobiy xususiyatlari bilan uning intellektual imkoniyatlari o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Nuqtaning tezligi surati hukmning beixtiyorligi va mustaqilligi qiziqishlarining kengligi va oqilligi kabilar.
Olimlardan J.Kettell, D.Golland, M.Makkennon, S.Madli, kabilarning intellektni o‘lchab beruvchi, mezon vazifasini o‘tovchi testlarini boshqarishda sinaluvchilarning shaxsiy fikr hamda mulohazalarni o‘rganish hech qachon foydadan holi emasdir. Koliforniya ta’lim muassasasida olib borilgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, yetarlicha ijodkor bo‘lgan insonlar sezilarli darajada intellektual ustunlikka ega bo‘lishlari shart emas, chunki ularning intellektual darajasi o‘z – o‘zidan yetarlicha yuqoridir. Ijodkor shaxsning ritmik hususiyatlari mohiyatlari shundaki, u bolaning rostgo‘yligi tasavvur qilish, ko‘rsatkichi ajablanishi taajublanishi bilan etuk amaliy turmushlar tajribisiga ega bo‘lgan tajriba ishidagi kishining bilish mahoratini o‘ziga birlashtira olishga qodir bo‘lishi.