Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 533 International Conference So„nggi yillarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari hayotimizga dadil
kirib kelmoqda. Kompyuter bugungi kunda axborotlarni olish va qayta ishlashning
muhim vositasi bolib, uning tezkorligi tasavvurni lol qoldiradi. Shuning uchun ham
bu vositalarning o„quv jarayoniga joriy etilishini hozirgi davrda tabiiy hol deb
qarash joiz boladi. Didaktik darslik bo„yicha qollanilayotgan kompyuter
jarayonlarini ma‟lum tizimga solishiga urinib ko„raylik. Multimediya
texnologiyalar tufayli o„quvchilarda qiziqish va manfaatdorlik tug„diradi. Fikrlash
faoliyatini faollashtirib, o„tilgan materialni samarali o„zlashtirish imkonini beradi.
Amalda namoyish etilishi qiyin bo‟lgan jarayonlarni modellashtirish va ko„rsata
olish imkonini beradi. Materialni o„rganish sur‟ati bilan bir qatorda uni tushunish,
anglash o„qitishni yakka-yakka (individual) shaklda o„tkazish imkonini beradi.
Matematika darslarida o„quvchilarni fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsadida
kompyuterdan foydalanish masalasiga to„xtalib o„tamiz. O„qituvchi o„z
mashg„uloti davomida o„quvchilarga ma‟lum hajmdagi mashg„ulotlarni beribgina
qolmay, ularda turli vositalardan, jumladan, kompyuterdan foydalanib, mustaqil
ravishda boshqa ma‟lumotlarni izlab topishga ishtiyoq tug„dirishni shakllantirishga
erishishi lozim. O„quvchilarning mustaqil ravishda bilishga harakati yaxshi tashkil
etilgan bo„Isa, mashg„ulot shuncha samarali va sifatli o„tadi. Kompyuter
o„quvchilarni mustaqil ish olib borish imkoniyatini oshiradi, o„qituvchi esa o„tilgan
materialni o„zlashtirish jarayonini turli shakllarda nazorat qilishi mumkin.
“Matematika fanini o„qitishda innovatsion yondashuvlar” - matematika fani
o„qituvchilari malakasini oshirish kursining o„quv dasturi asosida tuzilgan bo„lib, u
matematika fani o„qituvchilariga ta‟limda zamonaviy yondashuvlar va
innovatsiyalarning mazmun va mohiyatini ochib beradi. Fanlarni o„rganish uchun
kerak bo„ladigan ba‟zi mobil ilovalardan namunalarini ko„rib chiqamiz.
“Matematik topqirlik” og„zaki hisob-kitob qobiliyatini o„stirish ilovasi. Ilova tez
hisoblash uchun mavjud algoritmlarni aks ettiradi. Har bir o„quvchi ularni
o„rganishi mumkin, so„ngra nazariy bilimlarni amaliy mashqlarda mustahkamlashi,
shu tariqa og„zaki hisoblash amaliy tajribalarini boyitishi mumkin. Bu ilovani
yaratuvchilari og„zaki hisobda tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar bilan raqobat
qilish imkonini ham hisobga olishgan [1;2]. Мatematika fanini o„qitishda
noan‟anaviy ta‟lim yondashuvlari - agar biror tizimni yangilashga qaratilgan
faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo„lib, faqatgina tizimdagi
ayrim elementlarni o„zgartirishga xizmat qilsa u innovatsiya (yangilanish) deb
yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma‟lum kontseptual yondashuv asosida amalga
oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan
o„zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Boshqacha