Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 534 International Conference qilib aytganda, innovatsiya (inglizcha “innovatsion” – yangilik kiritish) deb
muayyan tizimning ichki tuzilishini o„zgartirishga qaratilgan faoliyatga aytiladi.
Matematika fanini o„qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo„yicha o„quv-
uslubiy majmua ta‟lim oluvchida yangi g„oya, me‟yor, qoidalarni yaratish, o„zga
shaxslar tomonidan yaratilgan ilg„or g„oyalar, me‟yor, qoidalarni tabiiy qabul
qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta‟limga
innovatsion ta‟lim deyiladi. Innovatsion ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan
texnologiyalar innovatsion ta‟lim texnologiyalari yoki ta‟lim innovatsiyalari deb
nomlanadi. Ta‟lim innovatsiyalari – ta‟lim sohasi yoki o„quv jarayonida mavjud
muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo„llanilib, avvalgidan
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalardan
iborat deb aytish mumkin. Bugungi kunda ta‟lim tizimi oldida turgan ta‟lim-
tarbiya samaradorligini oshirish jahon ta‟lim standartlari darajasida bilim berish
hamda ta‟lim innovatsiyalarni joriy etish orqali har tomonlama yetuk ijodkor
ma‟naviy boy, kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol
g„oyasi ruhida tarbiyalangan, o„z mustaqil fikriga ega barkamol shaxsni kamolga
yetkazish kabi vazifalarni hal etishda ta‟lim muassasalarining pedagogik jamoasi
xususan har bir fan o„qituvchisi o„z pedagogik faoliyatini tubdan o„zgartirishi
lozim. Respublikamiz miqyosida umumta‟lim maktablariga katta e‟tibor qaratilgan
bo„lib, maktablarimizni jahon standartlariga mos holda jihozlar bilan ta‟minlash
ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda uzluksiz ta‟lim tizimi bo„g„inidagi
ta‟lim muassasalari, shu jumladan, umumiy o„rta ta‟lim maktablari o„qituvchilari
oldida yangi muammolar, ya‟ni o„qitilayotgan fanning o„zlashtirish sifatini
oshirish vazifasi turibdi. Bu borada matematika fanini o„qitishda ham turlicha
metodlar qo„llanilmoqda, bundan ko„zlangan asosiy maqsad matematika fanini
o„qitishni taqdim o„zlashtirishdan iboratdir. Matematika fanini o„qitishda, undagi
mavzularni tushuntirishda va ko„rgazmalilikni tashkil etishda zamonaviy axborot
texnologiyalari vositalaridan ham foydalanish mumkin. Axborot texnologiyalari
vositalaridan biri multimedia muhitida har xil animatsiyalar, dasturlar orqali
matematikani o„qitishni tashkil qilish mumkin. Qo„yilgan talablar bo„yicha axborot
texnologiyalarining multimedia vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish
pedagog o„qituvchilaming yumushini osoniashtirib, o„quv jarayonini boshqarish,
uning samaradorligini yanada ko„tarishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ta‟lim
muassasasi rahbariyatiga talaba, guruh, mutaxassisliklar bo„yicha test natijalarini
ko„rib borish va ulaming o„zlashtirish natijalariga baho berish, o„qituvchilaming
ma‟ruza matnlari va boshqa mustaqil ishlariga mo„ljallangan materiallarining
tayyorlash sifatiga baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini