“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022 13 Innovatsion jarayonni, yangilikni yuqoridan emas, pastdan, o‘zini - o‘zi
rivojlantirish prinsipidan kelib chiqib innovatsion g‘oyani ma’lum guruh
o‘qituvchilar tashabbus ko‘rsatib, ishlay boshlaydilar. Innovatsion g‘oyani amalga
oshirish ishlarini boshqa hamkasblari qo’llab - quvvatlab, ular ham shu yo‘sinda ish
tuta boshlaydilar.
Bunday holatlarda bir guruh o‘qituvchilar ham yangicha ishlash ishtiyoqi bilan
tajriba - sinov ishlarini amalga oshiradilar. Shu asosda maktab o‘quv jarayoniga
yangilikni kiritish ishlari boshlanib ketishiga sabab bo’ladi. Albatta bu holatda ham
yangilikni tatbiq etishda qarama - qarshiliklar bo’lishi mumkin. Bunday holatda
ko‘pchilikning fikrlari g‘olib chiqadi. Va asosda yangilikni zarurligi, o‘z vaqtida
amalga oshirish ta’lim sifatiga erishish garovi ekanligiga ishonch hosil qilinadi.
Yuqorida keltirilgan “yuqoridan” tashabbus asosida yangilikni o‘quv
jarayoniga qo‘llanishini “pastdan” tashabbusga nisbatan qarama - qarshi qo‘yish
mumkin emas. Ammo yangilikni yuqoridan markazlashtirilgan holda kiritilganda
o‘qituvchilarning innovatsion tashabbuskorligi pastroq darajada bo’lishi kuzatiladi.
Shu sababli maktab rahbarlari yangiliklarni pedagogik faoliyatga kiritishni
rejalashtirishda: yangilikni maqsad va vazifalarini, uni o‘quv jarayoniga kiritishning
real imkoniyatlari, ped.jamoa uchun ijodiy muhit yaratish, ta’lim -tarbiyaviy ishlarni
yangicha ishlash modelini, maktabning moddiy - texnik imkoniyatini, tajriba -
sinovni olib borish texnologiyasini boshidan oxirigacha mantiqiy ketma - ketligini
ped.jamoaning o‘zi bilan hamkorlikda ishlab chiqishi kerak. Kelgusida maktab
rivojlanuvchi rejimida ishlashi, sifat samaradorlikni kafolatlashiga ishonch hosil
qilishi kerak. Pedagogik jamoa esa, ijodkor o‘qituvchidan - ijodkor pedagogik jamoa
majmuasiga aylanishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Innovatika fan sifatida yangiliklarni yaratilish qonuniyatlarini, ularni
o‘zlashtirish va tarqatish, tatbiq etish jarayonini o‘rganadi. (V.A.Slastyonin,
P.S.Podbimova)
Avvalo innovatsiyalar novator, bunyodkor, izlanuvchan ijodkor, yil
o‘qituvchilari ko‘rik tanlovlarida ishtirok etgan o‘qituvchilar faoliyatida kuzatiladi.