Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir



Yüklə 321,06 Kb.
səhifə10/34
tarix22.07.2022
ölçüsü321,06 Kb.
#62872
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Innovatsion Yakuniy

28. Biznes g‘oyalarini ijodiy shakllantirish algoritmining mohiyati nimadan iborat?

Biznes g‘oyani shakllantirish - bu potensial iste’molchilarning muhim muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini tizimli ravishda baholash asosida qiymat yaratish g‘oyasini faol shakllantirishning murakkab jarayoni.



  • Iste’molchilar muammosini qidirish

  • Muammoning asosiy mohiyatini baholash (uning ko'lami)

  • Biznes g‘oyani qidirish

  • Biznes g'oya sifatini baholash (yangilik va iqtisodiy samaradorlik)

  • Mahsulot / xizmat formatida echim topish

  • Bozordan minimal ishlashga yaroqli mahsulot, qayta ko'rib chiqish to'g'risida fikr-mulohazalar olish

  • Qarorni amalga oshirish variantlarini qidirish

  • Baholash



29. Biznes-modelning uch asosiy bosqichlarini sanab bering?
Aniqlangan muammo qanchalik fundamental, uning echimi esa qanchalik oson va ishonchli bo‘lsa, biznes g‘oya shunchalik samarali bo‘ladi, ya’ni biznes g‘oyaning qaytimi shunchalik katta va keng quloch yozish darajasi ham yuqori bo‘ladi. Biznes g‘oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatni ta’min etuvchi omillarning yana bir guruhi tadbirkorning imkoniyatlari, resurs va aktivlarining mavjudligi va shuningdek turli xil tavakalchiliklar bilan bog‘liq. Biznes g‘oyani shakllantirish - bu potentsial iste’molchilarning muhim muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini muntazam baholash asosida qiymat yaratish g‘oyasini faol shakllantirishning murakkab jarayonidir.
Biznes g‘oyani biznes - modelga aylantirish jarayoni
Birinchi bosqichda tadbirkorlarning kompetentsiyalari doirasida iste’molchilarning eng muhim muammolarini izlash amalga oshiriladi. So‘ngra, 2- bosqichda, biznes g‘oya kreativ yondashuv asosida shakllantirilib, u 3-bosqichda muayyan biznes-modelgacha “o‘stiriladi” va amaliyotda ikkinchi bosqich doirasida amalga oshiriladi. Albatta, mazkur jarayonlar iterativ tavsifga ega bo‘lgani holda, olingan echimlar qanoatlantirmasa yoki yangi ma’lumotlar kelib tushgan taqdirda jarayonlar boshidan takrorlanadi.



Yüklə 321,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin