Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir



Yüklə 321,06 Kb.
səhifə12/34
tarix22.07.2022
ölçüsü321,06 Kb.
#62872
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Innovatsion Yakuniy

32. Biznes-rejalarni tuzishdagi ikki asosiy yo‘nalish to‘g‘risida tushuncha bering?

Innovatsion loyihaning biznes-rejasi - bu mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan harakatlarning bosqichma-bosqich yo‘riqnomasi, harakatlar dasturini ifoda etuvchi hujjatdir. Biznes-modelining tahlili biznes-reja tuzishning asosini tashkil etadi. Biznesni rejalashtirish jarayoni uni tashkil etishning asosiy jihatlari va holatlarini tizimlashtirish va tartibga solishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Hujjatning aniq bir tuzilmaga ega bo‘lishi har qanday kishiga batafsil o‘rganishga vaqt sarflamasdan biznes-rejada ko‘zda tutilgan holatlar borasida yaqqol tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Odatda, biznes-rejalar uzoq va ko‘p bosqichli professional tekshiruvlardan o‘tadi, unda ekspertlar biznes-rejalarning mazmunini sinchkovlik bilan o‘rganibgina qolmasdan, ularni o‘zaro taqqoslashlariga ham to‘g‘ri keladi.


Shuning uchun biznes-rejani ishlab chiqishda hujjatning rasmiy tuzilmasiga rioya qilish va har bir bo‘limni to‘ldirish bo‘yicha umum e’tirof etilgan talablarni bajarish muhimdir. Ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq ravishda biznes- rejaning ikkita asosiy yo‘nalishi mavjud:

  1. ichki foydalanish uchun tuzilgan va bozor ehtiyojlariga va zarur resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq yaqin va uzoq kelajak uchun biznesni rivojlantirish strategiyasini ifodalovchi biznes-rejalar. Bunday holda, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyligini, maqsadli natijalarga erishishning haqqoniylik darajasini baholashdan iborat bo‘ladi;

  2. potentsial investorlarni yoki kredit resurslarini jalb qilish maqsadida tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan biznes-rejalar.



33. Biznes-reja asosida hal etiladigan asosiy vazifalarni yoritib bering?

Biznes-reja asosida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:



  • kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini, ularni amalga oshirish strategiyasi va taktikasini shakllantirish;

  • faoliyatning muayyan yo‘nalishlarini, istiqbolli sotuv bozorlarini va ushbu bozorlarda kompaniyaning o‘rnini aniqlash; kompaniyaning marketing strategiyasini belgilash;

  • mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni baholash;

  • kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha talablarga muvofiqligini baholash;

  • moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudligi va etarliligini aniqlash va loyihaning potentsial rentabellik darajasini aniqlash;

    • xatarlarni tahlil qilish.

Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi odatda quyidagi qismlardan tashkil topadi:

  1. Rezyume (loyihaning qisqacha tavsifi).

  2. Loyiha tashabbuskori ( alohida shaxs + jamoa + korxona)

  3. Mahsulot tavsifi.

  4. Bozorni tahlil qilish.

  5. Marketing rejasi.

  6. Ishlab chiqarish rejasi.

  7. Tashkiliy reja.

8 Moliyaviy reja va samaradorlik tahlili.

  1. Investitsiya rejasi.

  2. Xatarlarni tahlil qilish.

34. Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi. Biznes-reja bo‘limlarini tavsiflang?


Biznes-reja tuzilishi:


1) Sarlavha sahifasi;


2) Izohlash;


3) Maxfiylik to’g’risidagi memorandum;


Keyin uning asosiy bo’limlari.


1) Rezyume;


2) Tashkilot faoliyati tarixi (tarmoq tavsifi);


3) Tashkilotning biznes ob’ektining xususiyatlari;


4) Tashkilotning ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish;


5) Marketing rejasi;


6) Ishlab chiqarish rejasi;


7) Tashkiliy reja:


8) Moliyaviy reja;


9) Xavfni baholash va sug’urta qilish;


10) Arizalar


35. Intellektual mulk deganda nimani tushunasiz. O‘z fikrlaringizni misollar yordamida tushuntirib bering?
Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi.
36. Intellektual huquq nima? Uning asosiy xususiyatlarini sanab bering?

Intellektual mulk huquqi — intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi obyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.


37. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida intellektual mulk huquqining qanday obbyektlari ko‘rsatib o‘tilgan.


O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (164−modda) mulk huquqini shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan mol−mulkka o‘z hohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi sifatida belgilaydi.


Intellektual mulk obyektlari shaxsning mulki bo‘lishi mumkin (O‘zR FK 169−moddasi). Quyidagilar ularga taalluqlidir:
1) intellektual faoliyat natijalari:
ilmiy, adabiy va san’at asarlari;
eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari;
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
firma nomlari;
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); tovar kelib chiqqan joy nomlari;
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar»(O‘zR Fuqarolik kodeksining 1031−moddasi).
Tarixan intellektual mulk ikki asosiy toifani ichiga oladi. Bular mualliflik huquqi va sanoat mulki
38. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Agentlikning asosiy vazifalari:


-intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish;

-intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi holatini kompleks tahlil qilish, ushbu sohasini rivojlantirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;


-intellektual mulk sohasidagi huquqni qo'llash amaliyotini izchil va bir xilda ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;


-intellektual mulk masalalari bo'yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni o'zaro muhofaza qilish haqidagi xalqaro shartnomalarni tuzish orqali yo'lga qo'yish va mustahkamlash;


-intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o'tkazishda ishtirok etish;


-jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish.


39. Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat?


Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, ixtirolar, yangi kashfiyotlar hamda ularni patentlash, litsenziyalash va sertifikatsiyalashning o’rni salmoqlidir. Chunki, dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin bunyod etilgan ixtiro bu mulk hisoblanib, undan barcha xalqlar foydalanishi mumkin. Bu masala o’z navbatida patent olish va uni sotish orqali tartibga solinadi.


Ekzogen innovatsiyalarni ilmiy va notijorat institutlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasini misol sifatida keltirish orqali yoritadigan bo’lsak, innovatsiyalarning bu turi ba‘zan yangi mahsulot va yangi jarayonga sababchi bo’lishi mumkinligi aniqlangan. Solounni iqtisodiy o’sish modelida barcha texnologik rivojlanishlar ekzogen innovatsiya sifatida qaralgan bo’lsada, pirovardida sanoatda va butun bir mamlakat uchun ishlab chiqarish imkoniyatlarini keskin o’zgartirdi.
40. Intellektual mulk obbyekti qiymatini hisoblashning qanday usullari mavjud?

Intellektual mulk obyektini baholash Mol-mulkni baholash


milliy standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash
hisoboti bilan rasmiylashtiriladi. Intellektual mulk obyektining qiymati uch yondashuv bilan, ya‘ni
daromadli, xarajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.
Daromadli yondashuv – bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga
asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usul intellektual
mulk obyektidan foydalanishdan daromad olish ehtimollari mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Intellektual mulk obyektlarini baholashning xarajatli yondashuvi – bu mulkning eskirganligini
inobatga olgan holda baholash obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan sarf-
xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo‘llash
baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni bo‘lganda amalga oshiriladi
Qiyosiy yondashuv – bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to‘g‘risidagi
ma‘lumotlarga ega bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash
obyektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo‘llash baholash obyektlarining
o‘xshash narxlari haqidagi ishonchli va to‘liq ma‘lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan
bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

41. Innovatsion kompaniyaning intellektual mulkini boshqarish deyilganda nima tushuniladi?


Tashkilotda intellektual kapitalni rivojlantirish jiddiy masaladir, bu batafsil ko'rib chiqishni, muayyan yondashuvlarni va xodimlarni rag'batlantirish tizimini talab qiladi.


Tashkilotning intellektual mulkini boshqarish jarayoni uzluksiz, tashkilot xodimlari yaxshi rag'batlantirilishi va tashkilotdagi munosabatlar sheriklik munosabatlari bo'lishi kerak, bunga ma'lum darajada xodimlarning kompaniyaning kapitallashuvida ishtirok etishi va aktsiyalardan dividendlarni taqsimlashi orqali erishiladi.
42. Litsenziyalash va patentlash to‘g‘risida batafsil tushuncha bering?

Patentlash - O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim


fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar majmui.
Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’ektiga beriladigan va muayyan hududda muayyan vaqt oralig’ida amal qiladigan muhofaza hujjatidir.
Listenziya bu patent egasining boshqa shaxslar bilan alohida huquqlarining bir qismini sotish (berish) bo’yicha tuzgan huquqiy bitimi (shartnomasi) dir.

43. Qaysi omillar innovatsion biznesda inson resurslarining samaradorligini belgilab beradi?


Innovatsion biznesda inson resurslari tashkilotning boshqa resurslaridan ajratib turadigan bir qator xususiyatlarga ega:





  • odamlar hissiy jihatdan moyil bo'lib, ba'zida korxona ishidagi muayyan o'zgarishlarga oldindan aytib bo'lmaydigan tarzda munosabatda bo'lishadi;

  • inson aql-zakovatga ega bo'lganligi sababli, u doimo o'z bilim va ko'nikmalarini takomillashtirib boradi, bu esa rahbariyat tomonidan doimiy ravishda qo'llab-quvvatlanishi kerak;

  • xodimlar o'z faoliyat turini ongli ravishda tanlaydilar.

  • Xodimlarni boshqarishda hurmat tamoyiliga amal qilish kerak. Bu borada yetakchi xorijiy firmalarning tajribasini ham o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Korxonada inson resurslaridan samarali foydalanish uchun menejerlar o'z faoliyatlarida bir qator tavsiyalarga amal qilishlari kerak:





  • xodimlar uchun eng yaxshi motivatsiya yuqori rahbariyatning martaba o'sishining yaqqol namoyishi bo'ladi (xodimlar o'z oldiga aniq maqsadlar qo'yishi va ularga erishish haqiqatidan xabardor bo'lishi kerak);

  • eng muhim jihatlardan biri - bu ish haqi (hatto eng qiyin va inqirozli davrlarda ham xodimlar kelishilgan miqdorni olishlari, tashkilot uchun ularning qiymatini bilishlari kerak);

  • xodimlar o'z korxonasi to'g'risidagi keng qamrovli ma'lumotlarni, shuningdek, foyda olish mexanizmini (xodimlarning bilimlari ularning vazifalarining tor doirasi bilan cheklanmasligi kerak) puxta bilishlari kerak;

  • xodimlarning har biri bilan muloqotda hurmatga amal qilish kerak, chunki ularning har biri boshqa tashkilotga ketish imkoniyatiga ega.

44. Innovatsion kompaniya korporativ madaniyatining xususiyatlari nimalardan iborat?

Korporativ madaniyat- xodimlarni jalb qilish va rag'batlantirishning eng samarali vositalaridan biri. Inson birinchi darajadagi ("sof moddiy") ehtiyojlarini qondirishi bilanoq, u boshqa turdagi ehtiyojlarga ega bo'ladi: jamoada munosib mavqega erishish, tan olish, o'zini o'zi anglash va hokazo. Va bu erda korporativ madaniyat birinchi o'ringa chiqadi, uning muhim vazifalaridan biri jamoaning har bir a'zosini qo'llab-quvvatlash, ularning individualligi va iste'dodini ochib berishdir.
Korporativ madaniyatning xususiyatlari ko'pincha faoliyat sohasi bilan belgilanadi. Masalan, moliya sohasida bu aniqroq, qat'iyroq, xodimlarning xatti-harakatlari aniq belgilangan, muloqot uslubi ko'proq rasmiy. Savdo sohasidagi korporativ madaniyat ko'pincha juda xilma-xil, o'ziga xosdir; qoida tariqasida, u kamroq aniq, xulq-atvorda, muloqotda ko'proq o'zgarishlarga imkon beradi, muloqot uslubi esa kamroq rasmiy, ko'proq demokratik;

45. Innovatsion kompaniyaning korporativ madaniyati uchun qaysi qadriyatlar xos?


Korporativ madaniyat tabiiy va yo'naltirilgan omillar ta'sirida shakllanadi. Birinchisiga korxona faoliyat ko‘rsatayotgan tashqi muhit, jumladan, ijtimoiy normalar, bozor va iqtisodiy vaziyat, korxonaning jamiyatdagi o‘rni kiradi. Ikkinchisi rahbariyat va oddiy xodimlarning korporativ madaniyatni shakllantirishga qaratilgan maqsadli harakatlarini o'z ichiga oladi.
Korxonaning korporativ madaniyatini shakllantirishga ta'sir qiluvchi asosiy omillar:
Rahbarning shaxsiyati;
Biznes sohasi, texnologiya xususiyatlari;
Atrof-muhit normalari va talablari;
Korxonaning rivojlanish bosqichi.

46. Innovatsion biznesning o‘ziga xosligi kompaniyaning missiyasi va shiorini shakllantirishda qay tarzda namoyon bo‘ladi?


Aytganimizdek, missiya tushunchasi sohada biznesni rivojlantirishning jahon strategik ko'rinishi hisoblanadi. Bir qarashda, bu tushuncha juda qattiq va efemiyal ko'rinishi mumkin. Ammo bu unday emas. Missiya tashkilotda aniq rol va ahamiyatga ega, bu aniq funktsiyalarni bajarishga xizmat qiladi. To'g'ri belgilangan missiyangiz sizga kompaniyaning ishining qattiq doirasini belgilashga imkon beradi, korporativ madaniyat va ruhni rivojlantirishga hissa qo'shadi, ustuvorliklarni to'g'ri tartibga solishga va rivojlanish strategiyasini aniqlashga yordam beradi. 
Tashkilot missiyasini shakllantirish quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: 1. Kompaniyaning asosiy xizmatlari yoki mahsulotlari, asosiy bozorlar va asosiy texnologiyalar (kompaniya mahsulotlari (qoniqarli ehtiyojlar), maqsadli bozor) nuqtai nazaridan. 2. Belgilangan firmalarning ishlash printsiplari tashqi muhit (Muhim texnologiyalar, bozorni qamrab olish usuli, moliyalashtirishni moliyalashtirishning strategik printsiplari). 3. Tashkilot madaniyatini aniqlash, masalan, kompaniya ichidagi ish muhiti (e'lon qilingan qadriyatlar va e'tiqod). Missiyani shakllantirish tamoyillari: 1. Beton biznesni aniqlang. 2. Missiyaning ifodasi aniq, ilhomlantiruvchi va rag'batlantiradi. 3. Mavjud vaziyatning missiyasi xabari (atrof-muhitni o'zgartirganda missiya etarli darajada o'lchanishi kerak).
47. O‘z innovatsion biznesini yo‘lga qo‘yuvchi tadbirkor qanday vakolatlarga ega bo‘lishi lozim?

Yüklə 321,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin