24. Innovatsion jarayon, g‘oyalarni murakkab zanjirini ifodalab bering?
Innovatsion faoliyat bitta mantiqiy zanjirga birlashtirilgan bir qator tadbirlardan tashkil topadi. Bu zanjirning har bir bo’g’ini (innovatsion davraning) har bir bosqichi riyojlanishning o’zining mantiqiga bo’ysunadi, o’zining qonuniyatlari va xususiyatlariga ega. Ilmiy izlanishlar, tajriba – konstruktorlik va tеxnologik ishlamalar, invеstitsion – moliyaviy, markеting tadbirlari, ishlab chiqarish quvvatlari va tashkiliy tuzilmalar birga birlashgan holda bitta asosiy maqsad – yangilikni yaratishga bo’ysunadi. Markеting tadqiqotlari bag’rida vujudga kеlgan tovarlar, talab va tеxnologiyalarning yashash davralari qisqa vaqt ichida iqtisodiy ob'еktlar, jarayonlar va tizimlarni o’rganishda ustuvor holatni egallaganlar. Misol uchun, tashkilotlar, sanoat ishlab chiqarishi sohalari, tеxnik buyumlar, qurilish konstruktsiyalari, mashinalar va mеxanizmlar yashash davralari kontsеptsiyasi ancha riyojlanganlar.Innovatsion faoliyatni o’rganish uchun yangi tovar, yangi tеxnika va tеxnologiyalar, hamda ochiq tizimlar sifatidagi innovatsion tashkilotlarning yashash davralari eng katta ahamiyatga ega.
25. Innovatsion faoliyatga ta‘sir etuvchi asosiy omillarni ko’rsatib bering?
Korxonaning innovasion salohiyatiga ta’sir etuvchi omillar
boshqarilmaydigan;
bilvosita boshqariladigan;
bevosita boshqariladigan.
Boshqarilmaydigan omillar (yoki berilgan) - bular, korxona innovasion salohiyatiga, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga ta’sir o`tkazmaydigan omillar.
Bilvosita boshqariladigan omillar - bular, korxona innovasion salohiyatiga ta’siri natijalari boshqaruv qarorlarining qanday qabul qilinishi, tashqi omillar ta’siri bilan bog`liq bo`lgan omillar. Korxona innovasion salohiyati rivojlanishiga bilvosita boshqariladigan omillarning ta’siri innovasion loyihalarga ta’sir o`tkazuvchi moliya institutlarining qabul qiladigan boshqaruv qarorlarini, innovasiyalar sohasida davlat siyosatining innovasiyalarni targ`ib etishda manfaatdorlar sanoat tizimlari bilan bog`liq (bank sohasi, davlat investorlar va boshq.).
Bevosita boshqariladigan omillar sirasiga, korxona innovasion salohiyatiga ta’sir ko`rsatish natijalariga boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi bilan butunlay bog`liq bo`lgan omillar.
Korxonaning innovasion salohiyatiga uning sohaga tegishliligi alohida ta’sir o`tkazadi. U aytarli darajada xususiy, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishga sharoit yaratadi. Boshqa shu kabi sharoitlarda ham aynan qaysi sohaga tegishlilik omili investisiyalarni o`ziga jalb qilish ko`lamini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |