Innovatsiya va intergatsiya


IJO D IY Q O B IL IY A T L A R N I R IV O J L A N T IR IS H



Yüklə 46,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/106
tarix16.12.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#183506
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Р. Мавлонова

IJO D IY Q O B IL IY A T L A R N I R IV O J L A N T IR IS H
Pedagogika tarixini bir xil natija bilan orqaga va oldinga varaq- 
lash m umkin - to'g'risini aytganda, hammavaqt yangi g'oya sifatida 
bir xil pedagogik g'oyalar bayon qilinadi. Bolaning o'z-o'zini ijodiy 
rivojlantirishi zarurligi, mustaqil fikrlashL uning individual qiziqish- 
larini hisobga olish zarurligi va boshqalar haqidagi g'oyalar har xil 
variantlarda takrorlanadi. Lekin, shu bilan birga, tarbiya va ta'lim 
ko'pincha shaxsning o'z-o'zini rivojlantirish tabiiy jarayoniga to'sqinlik 
qiladi, uning ijodiy boshlanishini oldindan «tayvorlangan ramkalarga» 
kuch bilan kiritishga va o'quv rejalarini oson yo'ldan olib borishga 
harakat qiladilar. Tasavvur va fantazi>aga bizning maktablarimizda 
e'tibor berilmaydi, diqqat va yodda saqlashga ko'proq e'tibor berilishiga 
hayron bo'lmasa ham bo'ladi. Diqqat bilan tinglash va tirishib esda 
saqlash qobiliyati shu kungacha namuna bo'ladigan o'quvchining farqli 
xususiyati hisoblanadi.
Ijod?
Uzoq vaqt davomida shakllangan tasavvur va fantaziyani ta'rif- 
lashdan boshlanadi. Ularning har biri alohida ahamiyatga ega: tasavvur 
inson tajribasida bo'lgan narsani shunchaki qaytarish emas, balki o'z
144


fantaziyasi orqali aqliy ijod mahsuli yaratishdan iborat, fantaziya esa 
xayolan biron-bir g'oyani tasavvur etishdan iborat. Bu ikkita fikrdan 
shunday xulosa kelib chiqadikl fantaziya birinchi darajali, tasavvur esa 
ikkinchi darajali bo lib qoladi.
Bu ikkita tushuncha butunlay bolingan holatda qoldi va odamlarni 
shoirlarga (rassomlarga), ijodiy fantaziyaga qobiliyatli va qobiliyati 
o'rtacha mexanikka owxshagan. tasavvuri amaliy vazifa doirasidan 
chiqmaydigan odamlarga boiishga bahona b o la boshladi. Natijada 
pedagogikada fanlarni ko'proq ijodiy-gumanitar (adabiyot, tarix va 
boshqalarga) va kamroq ijodiy (tabiiy va aniq) fanlarga bolish paydo 
boidi. Bugungi kunda falsafa ham, psixologiya ham tasavvur bilan 
fantaziya o‘rtasidagi farqni aniqlamaydi. Bu ikkita so'zni sinonim 
sifatida ishlatish xato b olmaydi.
L.S. Vigotskiyning «San'at psixologiyasi» va Jon Dyuining kitoblari- 
da tasavvurning roli haqida quyidagicha tushuncha beriladi.
L.S. Vigotskiy o'ziga xos boigan jo'shqinlik va ishonchlilik bilan 
o'z asarlarida tasavvurning ikkinchililigi haqidagi afsonani yo'qotdi: 
«Tasavvur qilishga ijodiy qobiliyat hammada - olimda ham, injenerda 
ham bor, u ilmiy kashfiyot uchun xuddi san’at asarini yaratishdek 
muhim, u kundalik hayotda ham kerak.
Ijodiy tasavvurning kurtaklari bolalar ow
yinlarida namoyon boMadi! 
0 6yin - bu shunchaki boshdan kechirilgan hodisalar haqidagi xotiralar 
emas, balki ularning ijodiy qaytadan ish lab o'zlashtiriiganidir, u 
jaravonda bola opining qiziqishlari va talablariga javob beradigan 
yangi reallikni yaratish uchun ushbu tajribalarni birlashtiradi. Buning 
uchun bola ijodiy intilishlarga boy boMgan sharoitda o'sishi kerak». 
Shu fikrni Dyui asosli ravishda kengavtiradi: «Tasavvurning o'ziga 
xos funksiyasi butun borliqni oddiy idrok qilishda kow
rib bolmaycligan 
holda ko'ra bilish qobiliyatidadir. Tasavvur bizdan uzoqdagi, hozir yo'q 
bo ig an narsani aniq ko^rishni o'zining maqsadi qilib qo'yadi». Soiigra 
Dyui davom etadi «...tasavvurning kuchidan nafaqat tarix, adabiyot, 
jug'rofiya, tabiiy fanlar darslarida, balki geometriya va arifmetika 
darslarida ham foydalanish kerak, chunki ular ham faqat tasavvur 
yordamida tushunib boladigan ko*p narsalarga ega». L.S. Vigotskiy va 
J. Dyui fikrlaricha, faqat tasavvur va ijodiy fantaziya orqaligina bola 
to la tajribaga, rivojlanishga ega bolishi mumkin. Aynan tasavvur va 
fantaziyadan ijodiy faoliyat boshlanadi.
145


Ijod - fikrlashnmg original usulining sinonimL yaiii odatdagi, 
qabul qilingan chegaralarni buzish qobiliyatidir. Ijodiy aql - bu aktiv, 
sinchkov, boshqalar muammolarni ko'rmagan joylarda ularni topa 
oladigan aql dir. Ijodkor shaxs o'zgarib turadigan vazivatda o'zini suvda 
yurgan baliqday his qiladi. boshqalarga xafv bordek tuyulgan joy da u 
hech kimga bog'liq bo’lmagan holda. mustaqil ravishda qarorlar qabul 
qilish qobiliyatiga ega. Unday odam o'zini hech qanday dogmatlar 
va turg'un qoidalarga o'ralib qolishga y o i qo’ymasdan narsalar va 
tushunchalardan yangicha foydalanadi. Bu xususiyatlarning hammasi 
ijod qilish jarayonida namoyon boladi, Bu jarayon esa hammavaqt. 
hatto «jiddiy matematika» haqida gap ketganda ham qiziqarlidir. 
XX asr ijod fenomeni. unga xos xususiyatlarni, ijodning boshlanishi 
obyektiv qonuniyatlarga asoslanganligmi tekshirishga boy asr boidi.
J. Gilfordning ishlari nashr qilinishi fikrlashning ikki turi o'rtasidagi 
prinsipial farqni aniqlashga imkon yaratdL Chiziqli mashina q a tiy
mantiqqa asoslangan taklif qilingan variantlardan birdan-bir to'g'ri 
xulosani izlashga yx/naltirilgan.
Qo'shimcha fikrlash ichki tuyg'uga mos keladigan qarorlarning 
iloji borieha keng qamrovini yaratishga yo'naltirilgan. Ijodkorlik 
qobiliyatining quyidagi asosiy jihatlarini ajratgan:
- muammolarni aniqlab qo'ya bilish qobiliyati:
- juda ko'p g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati;
- o'zgaruvchanlik - har xil g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati;
- o‘ziga xoslik - ta’sir qiiuvchilarga (qolipdan tashqari) javob berish, 
bevosita bogManmagan fikrlarni o'ylab chiqish, odatdagidan boshqacha 
javoblar top ish qobiliyati:
- muammolarni hal qilish qobiliyati. va’ni semantikaga oid o'zga- 
ruvchanlikni namoyon qilgan holda, obvektda yangi belgilarini ko'rish, 
analiz va sintez qilish. yangi fovdalanish vo iini topish qobiliyati. 
Gilfordning ilmiy tekshirishlaridan kelib chiqqan holda ijodkorlik 
qobiliyati bilan o’qishni o'zlashtirish o’rtasidagi bogliqlik juda ozligi 
aniqlangan, «ideal a’lochi» va «ijodkor odamning» shaxsiy xususiyatlari 
esa bir-biridan jiddiy farq qiladi.
Ijodkorlik qobiliyatiga ega bo'lgan shaxsga xos bo'lgan xususiyatlar:
~~ ko'z qarashlarining o'ziga xosligi;
- chegaradan chiqishga harakat qilish. «chegarani buzish»;
146


- noaniq vaziyatlarga bardoshlilik;
- predmetga oid faoliyatda konstruktiv (amaliy) faollik;
- mustaqil ishlash imkoniyati va ijtimoiy muhitning ta’siriga 
bardosh beradigan iroda va kuch;
- har qanday yangi va g‘ayrioddiy narsalarni qoiqm asdan, yaxshi 
qabul qilishlik;
- go‘zallikka ta’sirchanlik.
Bolalarni ijodiy tasavvur mexanizmlariga qanday o'rgatish kerak?
Ba’zi katta odamlar «xursandchilik» va «yengiltaklik» aynan bir xil 
deb o'ylashadi. Aslini olganda, hazil va qiziqchilik ~ jiddiy muammo- 
ning o'zi va bola ongi o‘rtasidagi eng yaqin masofadir. Tasavvur va 
matematika, fantaziya va fan bir-biriga raqib va dushman emas, balki 
ittifoqdoshlardir. Agar shunday b olsa va biz haqiqatan ham bolalarni 
ijod zavqiga erishtirmoqchi boMsak, u holda uchta asosiy maqsadga 
diqqat-eTiborni qaratishimiz kerak:
- Bolalarni ochilmagan sir va jumboqlarni o'z kuehlari bilan ochish 
mumkinligiga ishontirish;
- bu sirlarni topish va ochishga imkon beruvchi ijodiy tasavvurning 
asosiy yoTlarini o'rgatish:
- idrok qilish, diqqat-e’tiborni, xotirank his-tuyg‘u va fikrlashni 
rivojiantirish uchun ijodiy tasavvur mexanizmlaridan foydalanish.
Xatolar ustida ijodiy ishlash yoilari.
1-bosqich. O'qituvchi doskaga ikki ustunda so'zlarni yozadi: 
juftlarni paydo qilish uchun xatosi bor so'zlar va xatosi yo:q so'zlar.
2-bosqich. O kqituvchi o'quvchilar yordamida kulgili yoki fantastik 
hikoya tuzadi, u yerda ushbu so'zlar ertak qahramonlari sifatida 
ishtirok etadi: katta va kichik akalar, vuvingan va yuvinmagan odamlar 
va hokazo.
3-bosqich. 2 bosqichning variantini ifodalaydi.

Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin