Innovatsiya va intergatsiya


B O S H L A N G IC H M A K T A B N I



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/106
tarix27.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#198949
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
Р. Мавлонова

B O S H L A N G IC H M A K T A B N I
IN T E G R A T S IY A Q IL ISH
Hozirgi kunda boshlang4ch maktab ta'limini integratsiya qilish 
haqida ko'p gapirilvapti. Bu tushunarli ~ kichik maktab o'quvchisi atro- 
fidagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, 
rus tili, musiqa va boshqa o'quv faniari nomi emas, balki atrofdagi 
olam obyektlarining tovushlar, ranglar. hajmlarning turli-tumanligi 
qiziqarlidir. Bolalarni tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning 
bog'liqligini ko'rishga o'rgatish kerakligini o'qituvchi sezadi. biladi. 
Shunday ekan ta'lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob 
boladim i? Bu masala qanday yechilishi kerak. uning mohiyati nima- 
da? TaMimni integratsiyalash likri xalq ta'limida tabaqalashtirish va 
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar 
kichik maktab taUimini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va 
boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi 
hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirishni taqozo
184


etsa, integratsiyaning asosi qilib turli fanlarni o'rganish obyektlari 
bolgan ba’zi umumiv tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish 
va kengaytirish mumkin. Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi 
boshlangich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur 
asoslarini qo’yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o4z munosabatini 
shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi pred- 
met yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko'rish muhimdir: 
mantiqiv va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy-ommabop 
maqolada, biolog, so'z ustasi, rassom, musiqachi nuqtayi nazaridan va 
boshqalar.
Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonu- 
niyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni 
o'rnatish taMimni integratsivalashga yondashuvning metodik asosidir. 
Bunga turli darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni 
chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshda tushunarli bolgan muhim 
belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib. yaxshi 
shaldlangan tuzilish va o'tkazish tartibiga ega bo'lgan, tarkibiga shu 
o'quv predmetiga tegishli bo4lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har 
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integ­
ratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o4quv predmetlari bilan 
bog'Iiq tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masa- 
lan, «qish», «sovuq». «bo'ron» kabi tushunchalar o'qish, rus tili, 
tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at darslarida ko4rib chiqiladi. 
Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan 
bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. 
Dars ijodiy, erkin boUishi bilan birga. yaxlit, mantiqan ketma-ket, o'ziga 
xos o6tish metodikasiga ega boMadi. Umumiy ta’limning poydevorini 
qo'vadigan boshlang'ich maktabdagi ko4p tushunchalar tabiatshunoslik. 
rus tili. musiqa. tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi 
kunda bir qator o'quv predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar 
orasidagi aloqalarni o'rnatish, psixologik va metodik asos b o lg an 
integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o6tkazish 
lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida 
o'rgatilishi va zarur o4qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak. 
Tekshirish davomida o‘quv predmetlarini integratsiyalash jaravonida
185


faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar: integratsiyalash uchun 
fanlarning ma’qul birlashishi. o'qituvchi va o'quvchi harakatlarining 
mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
mazmun, metod, usullarni tanlashdan iborat. Integratsion pedagogika 
o'quv fanlaridan biri bo’lib. fanlararo bilirnlar (integrativ bilimlar)ni 
chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o'rganiladi. 
U har xil turlar, usullar. uslublar, fanlararo integratsiya obyektlari aso- 
sida tuzilgan. Integratsion pedagogikaning sinflarga bo'linishini turli 
asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida: maktab 
tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida: qo^shiluvchi fan tarmoqlari 
asosida; integratsiya usullari va yollari asosida: o*quv rejasidagi 
o4rni asosida; kursni o‘rganishga sarflangan vaqt asosida: o4]uvchilar 
uchun qiyinlik darajasi asosida va h. k. Shuni e’tiborga olish kerakki, 
bu kurslarning mualliflari. odatcla, o’z oldilariga bir necha maqsad va 
muam-molarni yechish masalasini qo’yishadi. shu sababli kurslar ko4p 
maqsadli, turli vazifali boMadi. Kowp miqdordagi dasturlar va ularni 
tatbiq etishga urinishlarni ко4rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining 
asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga 
boiishim iz mumkin.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin