Innovatsiya va intergatsiya



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/106
tarix27.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#198949
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Р. Мавлонова

INTEGRATSIYALANGAN
DARSLARNING SAMARADORLIGINI
OSHIRISH OMILLARI
Integrativ dars ancha yaxshi ishlab chiqilgan shakllardan hisob- 
lanadi.
Integrativ darsning asosiy tavsifiv xususiyatlari quvidagilar: o‘rga- 
nilayotgan materialning, nazariy va ishlab chiqarish ta'Iimining sintezi; 
umumta’Iim fanlarining o'zaro sintezi; ikki yoki undan ortiq pedagog 
faoliyatining sintezi va b.; uning pedagogik imkonivatlari aniqlangan: 
bilimlarning ularni amalda qo‘IIash ko'nikmalari bilan birgalikda 
shakllanishi; ko'nikmalarning kommunikativligi. o'qishga bo'lgan 
qiziqishning ortishi, qo'rquvning, o‘ziga ishonchsizlikning yo'qolishi.
O'z mazmuni hamda vazifalariga ko'ra integrativ kun integrativ 
darsga yaqin turadi. Adabiyotiarni tahlil qilish va tajribalarni o'rganish 
asosida o'quv kuni integratsiyasining uchta modelini ajratish mumkin. 
Birinchi modelning mohiyati shundan iboratki, bir kunning o'zida 
umumiy kompleks muammoni hal qilish orqali birlashgan. darslararo 
aloqalari mavjud bo'lgan bir necha dars o'tkaziladi. O'quv kunining 
bunday tashkil qilinishi o'quvchilar bilimining sintezlanishiga, turli 
fan o‘qituvchilari harakatining o'quvchilar bilimini shakllantirishdagi 
birlashuviga yordam beradi. Bu esa, o'z navbatida. o'qituvchilarning 
darslarga tayyorgarlik ko'rish jarayonida hamkorlik qilishlari natijasida 
ta’minlanadi. Integrallashgan dars modelining o'ziga xos xususiyati 
shundaki, o'qish davomida nazariva va amaliyot birga qo'shib o'qitiladi. 
Bunda birinchi navbatda 6 soatlik bitta mashg‘ulot davomida maxsus 
texnologiya va ishlab chiqarish ta'Iimining birgalikda qo'shib olib 
borilishi haqida so‘z VLiritilmoqda. Bunday ta’lim shaklining boshqacha 
nomi Binar darsdir. O'quv jarayoni integratsiyasining uchinchi modeli 
«sho‘ng'ish» («konsentratsiya») deb ataladi. Bunga ko‘ra, bir o'quv 
kunida bittadan uchtagacha fan o’qitiladi. Bu esa bitta fan bo'yicha 
qatorasiga bir necha dars o'tilishi hisobiga erishiladi.
Mutaxassislar tomonidan integrativ darsdan fovdalanishning quyi- 
dagi ijobiy natijalari ajratiladi:
1. 
0 ‘quvchilarning o'rganilayotgan materialning nisbatan tugal- 
langan yaxlit qismi chuqur va mustahkam o'zlashtirishlari ta'minlanadi.
192


2. O'quvchilarni faolivatning turli-tuman ko'rinish va shakllariga 
jalb qilish, faoliyatni tashkil etishning frontal, guruh va individual 
shakllarini maqbul tarzda birga qo'shib olib borish uchun qulay shart- 
sharoitlar yaratiladi.
3. Pedagog va o'quvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng 
imkoniyatlar yaratiladi, ow
quv jarayonida hamkorlik, o'zaro yordam, 
ta’limning insonparvarlashuvi namoyon bo’ladi.
4. Pedagog ta’limni tashkil etishning, komplekslashtirishning 
turli-tuman shakllaridan, ularni o'quv kuni doirasida, o'quv jarayoni­
da o'quvchilar faolligini ta’minlaydigan va qo'llab-quvvatlab turadigan 
shakllarga (masalan, guruhlarda dars-suhbat-ma’ruza-mustaqil ish) 
integratsiva qilish imkoniga ega boiadi.
5. 0 ‘quvchilarni majburlab o‘qitish yo'qoladi.
6. TaMimni haqiqiy differensiatsiyalash, o'quvchilarning yosh, aqliy, 
jismoniy xususivatlarini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yuzaga 
keladi.
7. O'quv kunining kaleydoskopga o4xshagan xususiyati yo'qoladi, 
buning natijasida esa o'quvchilar va pedagoglar uchun darslarga tayyor- 
garlik ko'rish miqciori kamayadi.
Integrativ seminar quyidagilar mavjud bo'lgan taqdirdagina amalga 
oshirilishi mumkin:
a) ikkita yoki undan ortiq fanlar bo'yicha materiallarning sintezi;
b) unda turli bilim sohalari mutaxassislarining ishtirok qilishi;
d) o'quvchilardan (talabalardan) turli, ba’zan tashqi jihatdan bir- 
birini inkor qiladigan hodisalar (jaravonlar, ta’limotlar, konsepsiyalan 
pozitsiyalar va b.) o'rtasidagi umumiy nuqtalarni topishni talab qila­
digan munozara predmetlarini tanlash.
Ko'rsatilgan shart-sharoitlar jamlangan yoki alohida ko'rinishda 
namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, pedagogika va psixologiya bo'yi- 
cha; pedagogika, psixologiya va fiziologiya bo‘yicha; fizika va kimyo 
bo'yicha; filosofiya. fizika va biologiya bo'yicha seminarlarning o'tka- 
zilishi birinchi shartning bajarilishiga misol bo'lib xizmat qilishi 
mumkin. Bunday seminarlar turli bilim sohalari bo'yicha m a’lumotlar 
aks etgan integrativ fanlarni o'qitish jarayonida amalga oshirilishi m um ­
kin. Xususan. bu psixopedagogika, ta’lim falsafasi va tarixi, psixologlar 
uchun pedagogika bo'yicha biz ishlab chiqqan kurslarga tegishlidir.
193


Turli ilmiy sohalar bo'yicha mutaxassislar ishtirokida ham semi­
nar! ar o'tkazish mumkin. Masalan, kasbiv ta'lim metodikasi bo‘yicha 
seminarlarda ba’zi vaziyatlarda metodika o'qituvchisidan tashqari 
umumiy pedagogika kafedrasi vakilining bo'lishiga ham 

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin