Innovatsiya va intergatsiya


IJO D IY F IK R L A S H N IN G P S IX O L O G IK -P E D A G O G IK



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/106
tarix04.10.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#152089
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106
Р. Мавлонова (1)

IJO D IY F IK R L A S H N IN G P S IX O L O G IK -P E D A G O G IK
J A B H A L A R I
XV asr o'rtalarida (kitob chop etish ixtiro qilingan vaqtlarda) 
Yevropada har yili 1000 ga vaqin yangi kitoblar yaratilar edi. XVIII 
asrning boshlarida yangi yaratilgan ilmiy asarlarning soni yuztadan 
ortmas edi. XX asr o'rtalarida 120000 tagacha yangi kitoblar nashr 
qilindi. Bugungi kunda butun dunyoda har yili 60 million bosma 
ilmiy va texnik adabiyotlar nashr qilinadi. Hatto, har bir yangi 
kitob bizni bilimlarimizni t o la m a’noda ko'paytiradi, deb tasdiqlab 
boimasa-da, keskin ortayotgan kitobiy mahsulotning hajmi inson 
bilimlarini muayyan chegarada sezilarli 
o'sishini xarakterlaydi. 
Hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda ta’lim rolining o‘sishi, 
taiim n in g yangilanish sharoitlarida pedagogning an'anaviy vazifalari 
ta’lim berish, tarbiyalash bilan bir qatorda, ta’limni va ijtimoiy- 
madaniy muhitni mazmunan va kechish jarayoni jihatidan oldindan 
bashorat qilish, loyihalashtirish va tashkil etish kabi kasbiy vazifalari 
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda ta’lim o'zgarib 
borayotganligini, ya’ni «taqlid qilish» paradigmasidan «axborot» para- 
digmasiga o'tib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Та’limning 
axborot tizimida erishilayotgan ulkan muvaffaqiyatlar axborot hajmini 
kengaytirish va shunga yarasha o'qitish davrini uzaytirishga b oig an 
ishtivoqni tug'dirdi, bu esa t a iim tizimini takomillashtirish zaruriyatini 
keltirib chiqardi. Shu o iin d a ilmiy axborot sohasida ham o‘zgarishlar 
yuzaga kelmoqda. Bular quyidagilardan iborat:
-- insoniyat tomonidan jamlangan t o ia ilmiy axborot;
- ilmiy axborotning yillik o'sishi.
155


Mavjud mehnat taqsimoti tizimida va unga mos kasbiy ta'lim 
differensiatsiyasida o'quv materialini o'zlashtirish natijasida olingan 
ixtisoslashtirilgan bilimlar o*z ahamiyatini tez yo'qotadi. Mutaxassis o'z 
kasbiy vazifalarini malakali bajara olishi uchun o'z bilimlarini, masalan: 
malaka oshirish, kasbiy qayta tayyorlanish va hokazo yo'I bilan uzluksiz 
yangi lab borishi zarur. Olingan bilimlaixian samarali fovdalanish vaqti 
tez kamavmoqda. Siz bilan shunday voqea sodir boiganmi: ko'p soatlar 
davomida biror masalani hal qilish ustida natijasiz bosh qotirgansiz-u, 
lekin qandaydir bir vaqtga xayolingiz chalg'ishi bilan masalaning 
yechimi miyangizga o'z-o'zidan kelgan. Ay nan shu narsa inkubatsiya 
davri deyiladi. Inkubatsiya anglanilishi qiyin tushuncha. Shu sababli 
Nobel mukofoti laureati psixolog Gerbert Saymonning bu haqda bergan 
tushuntirishini misol tariqasida keltiramiz:
«Biz qandaydir bir masalani hal qilish ustida ishlavotganimizda, 
imkoniyatlari cheklangan qisqa muddatli xotiramizda saqlanayotgan 
nisbatan kam holdagi tushunchalarga tayanamiz. Qachonki birov masala 
ustida bosh qotirishni to'xtatsak, qisqa muddatli yoki operativ xotirada 
saqlanayotgan axborot tez unutiladi. Agar bu axborot kerakli yechimini 
topish uchun mahsulot bermaydigan boisa, undan kulish hatto foydali 
omil bo'lishi mumkin. Buning ishonarli isboti sifatida hammamizga 
yaxshi tanish bo'lgan holatni keltirish mumkin. Qachon biz kishini 
ismini eslashga harakat qilsak va u tilimizni uchida turgan boisa- 
yu, lekin hech eslashni ilojini topmasak, u holda natijasiz o'ylashdan 
to'xtashimiz bilanoq u o'z-o'zidan bizning xotiramizga qalqib chiqadi». 
Kengroq bilimlar to'riga ega b olgan odamlarda faollashtirishni 
tarqalish sohasi ham kattaroq boiadi. Zich kirishgan bilimlar to'rini 
hosil qilishning eng yaxshi usuli -- o’zaro bogiangan bilimlarga ega 
boiishdir. Aniq sohadagi bilimlar alohida ahamiyatga ega. Agar siz 
talabalaringizni ijodiy qobiliyatlarini namoyon qila olishini xohlasangiz, 
ular muayyan sohada bilimlarni egallashlari, siz esa ularni masalani 
hal qilishi uchun zarur axborot olish imkoniyati bilan taininlashingiz 
zarur. Yangi g ‘ova yaratish uchun aynan bilimlarning zich kirishgan 
turi kerak, kam bilimlar yangi g*oya yaratish uchun yetarli b oim a g a n
fikrlarga olib keladi. Kengroq bilimlar to*riga ega boigan odamlarda 
faollashtirishning tarqalish sohasi ham kattaroq boiadi. Zich kirishgan 
bilimlar to'rini hosil qilishning eng yaxshi usuli - o'zaro bogiangan


bilimlarga ega boiishdir. Aniq sohadagi bilimlar alohida ahamiyatga 
ega. Agar siz talabalaringizni fanda ijodiy qobiliyatlarini namoyon qila 
olishini xohlasangiz, ular muayyan sohada bilimlarni egallashlari, siz 
esa ularni masalani hal qilishi uchun zarur axborot olish imkoniyatlari 
bilan ta’minlashingiz zarur. Yangi g'ova yaratish uchun ay nan 
bilimlarning zich kirishgan turi kerak, kam bilimlar yangi g‘oya 
yaratish uchun yetarli bolm agan fikrlarga olib keladi.
Ijodni ham uchta tushunchalar orqali ta riflash mumkin, bular: 
sezgirlik, sinergiya va intuitsiya. Sezgirlik - bu bizning sezgilarimiz- 
dan, bizning «tashqi dunyoga ochiladigan darcha»mizdan foyda- 
lanishdir. Biz ular yordamida sezamiz, hidlaymiz, ta’m tatib ko'ramiz. 
Baribir bizning ko'pchiligimiz odatda e’tibor bermaydigan narsalarni 
ijodiy shaxslar sezadi va eslab qoladi. Bunday insonning belgilaridan 
biri shukL u faqat masalaning yechimigagina emas, balki uning 
qo'yilishiga ham ijodiy yondashadi. Sinergiya - bu birinchi qarashda 
qo'shib bolmaydigan ko;rinadigan narsalarni bir butun hamda foydali 
va ishlaydigan qilib birlashtirishdir. Agar siz bilimlarni turli sohalariga 
tegishli b olgan ikki g'oyani yangi mazmunda muvaffaqiyatli ishlay 
boshlaydigan qilib birlashtira olsangiz, demak, siz sinergiyaga 
ko'rgazmali misolni namoyish qilgan boMasiz. Sinergiyaga misollarni 
vuqorida keltirilgan Kalderning qisqa tarjimayi holidan ham topish 
mumkin. Chunki u simlar bilan ishlashdagi ow
z bilimlar ini vorqin 
ranglar va abstrakt rasm lar bilan uvg'unlashtirib, hayratlantiruvchi 
konstruksiyalar yarata olgan. Ijodning baquvvat harakatlantiruvchi 
kuchi - bu intuitsiyadir. U kutilmagan va rejalashtirilmagan kashfiyotga 
olib keladi,
Intuitsiyaning ijod jarayonida muhim rol o'ynashi shubhasiz, 
lekin, uni maqsadga intilish va mehnatsevarlik bilan mustahkamlash 
zarurligi ham hech qanday shubha tug'dirmasligi kerak. Albatta, 
ilmiy kashfiyotni sof intuitsiv ravishda qilish mumkin, lekin bunday 
baxtli «tasodiflar»ning laboratoriyalarda butun kun-u tun davomida 
bajarilgan mashaqqatli mehnatdan keyin ro'y berish ehtimoli kattaroq. 
Fikrlash jarayonida intuitsiya muhim rol o'ynaydi, lekin intuitsiya 
to'g'ri yechimni ham ko'rsatadi, deb о* у lash va undan umid qilib, faqat 
kutib o'tirish yaramaydi. Intuitsiya ba'zi hollarda pand berishi ham 
mumkin, lekin u emotsiya va sezgilar bilan bir qatorda fikrlashning
157


ajratib boimaydigan qismidir. Mantiq fikrlashning eng muhim elementi 
hisoblanadi. Bu taajjublanarli emas, chunki maktabda asosan reaktiv 
fikrlashga urg'u beriladi. Ushbu holat oliy o'quv vurtida ham davom 
etadi, ya’ni talabadan oldindan rejalashtirilgan sharoitga mos ravishda 
ta’sir qilish talab etiladi. Ko‘z oldingizda turgan narsaga siz qanday 
munosabatda boiasiz? Shunday qilib, masalani hal qilish 'uchun barcha 
axborot t o ia berildi. Boshqotirmaning qismlari sizning qoiingizda. 
Javobni olish uchun siz mantiqiy mulohazani qoilaysiz, Tanqidiy 
fikrlash t o ia bo im a sa ham ko’proq darajada mantiqqa asoslanadi. 
Shuningdek, muzokaralar va ikki tomonning har qanday qarama- 
qarshiliklari ham, Mantiq yordamida biz bir holatdan ikkinchisi tomon 
harakat qilamiz. Tashqaridan axborot kirmaydi, biz ilgariga faqat 
mavjud ma’lumotlar asosida siljiymiz (deduktiv mantiq). Mantiqiy dalil 
kutilayotgan natijaga bo giiq boladi. Agar biz «shunday narsani kutish 
mumkin» degan ibora bilan kifoyalansak, u holda faraz natija b oiib 
hisoblanadi. Olimlar, oddiy maiumotli kishilar ham o'z g'oyalarini 
har doim mantiqiy bavon qilishga harakat qiladilar. Hatto, agar ilmiy 
kashfiyot tasodifiy ravishda qilingan bolsa-da, u baribir mantiqiy bavon 
qilinishi kerak. Aks holda u qabul qilinmaydi. Biz u yoki bu xulosaga 
qanday kelinganligini bilishimiz zarur, ya'ni biz mazkur natijaga olib 
kelgan fikrlashni qanday yold an borganligini kuzatishni xohlaymiz.
Idrok - bu, bizni o'rab turuvchi dunyoni ko'rishimizdir. Odat- 
da qabul qilinuvchi obrazlar tilning so'zlariga yoki matematik sim- 
vollarga aylantiriladi. Kevin biz qandaydir xulosaga kelish uchun 
tilshunoslikda va matematikada mavjud mantiqiy qoidalarni qoilaymiz. 
Donishmandlik ham idrokka asoslangan. Donishmandlik - bu mavjud 
yoki kelajakda paydo boladigan narsalarni qabul qilishdir.
Donishmandlik ularga turli tomondan nigoh tashlashga yordam 
beradi.
Xayol surish (воображение) - bu haqiqiy va haqiqiv b olm agan 
yangi obyektlar obrazlarini yaratish qobiliyatidir. Uning uch darajasi 
mavjud:
1) 
inson tomonidan ilgari qabul qilingan yangi (o'zgartirilgan) 
obyektning obrazini yaratish (masalan: barcha mevalar va sabzavotlar 
o'sadigan daraxt);
158


2) odam o'zi shaxsan idrok qilmagan, lekin u haqda dastlabki 
m aiumotlarga ega boigan obvektning yangi (qurilib bitkazilgan) 
obrazini yaratish (masalan: vaznsizlik, magnit to'foni. shisha, yomgir);
3) butunlay mavjud bo im agan va u haqda boshlangich m a iu - 
motlar ham yo'q b olgan yangi (sintezlangan) obyekt obrazini yaratish 
(misollar: o'zga sayyoradan kelgan mavjudot, gazsimon o'simlik, qattiq 
aks sado, jonli hid, odamning ichida yil fasllarining o'zgarishi).
Ijodiy fikrlashni boshqa har qanday faolivat kabi ijtimoiy ma'no- 
sidan ajralmas holda qarash zarur, bilish jarayoniariga oid adabiyotlarda 
aynan shu narsa ko'pincha e'tibordan ehetda qoldiriladi.
Ijod bilan shug'ullanuvchi odamlar, odatda. tirishqoq, mehnatkash 
boiadilar. Ishtiyoqning bunday turi ichki ishtiyoq deyiladi, chunki u 
individning o'zidan chiqadi. Aksincha, odatda, maktabda va ishda 
taklif qilinadigan ishtiyoq tashqi ishtiyoq deyiladi, u o'zgalardan 
rag'bat (yaxshi baho va pul va’dasi) ko'rinishida chiqadi. Olimlarning 
fikricha, insonni ijodga eng yaxshi tarzda tortish uchun uning atrofida 
ichki ishtiyoqini maksimal darajada kolaruvchi holatni yaratish kerak.
Ijod bu o'z-o'zining ishtiyoqini uyg'otuvchi va o'zini o'zi nazorat 
qilishni talab qiluvchi og'ir aqliy mehnatning natijasidir. U yetarli 
darajada tushunish uchun murakkab va sirli: hech kim «ijod» nimaligini 
va qanday qilib oddiv tashkil etuvchilardan shunday ajoyib narsalar 
yaratilishini aniq aytib bera olmaydi.
Deyarli har bir ijodiy faolivat, maqsadga erishish uchun ilgari 
n om aium bolgan, relevant axborotni aniqlash yollarini o'z orqasidan 
ergashtiradi. Odatda biz ijod tushunchasini san'at va fan bilan bog'- 
laymiz, vaholanki u oddiy havotda ham o'z mablag'larini oyning oxiri- 
gacha yetadigan qilib taqsimlashdan tortib to o'qituvchining o'z vaqtida 
topshirilmagan amaliyot bo'yicha hisobotni yoki kurs ishini qabul 
qilishga qanday majburlashigacha kerak va muhim.
Ijodiy yechimni kuta olish uchun ijodiy shaxslar chindan ham o'z 
ishlariga qiziqqan va g'oyaga sodiq boiishlari shart. Lekin masala 
ustida ishlashga boigan xohishni «shaxsiy majburiyatlar qabul qilish» 
deb atashgan. Bunda ishtiyoq mehnatsevarlik, sarflangan vaqt va 
barcha mumkin bo lg an variantlarni o'rganishga xohish orasidagi yaqin 
bogiiqlik sifatida tushuniladi. Ijodiy fikrlash - yangi yaratuvchan -
159


konstruktiv (ayrim hollarda mantiq chegarasidan chiquvchi) g ‘oyalarni 
intellekt, intuitsiya va ijodiy tasavvur yordamida generatsivalash va 
ro*yobga chiqarish jarayonidir.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin