I N T E G R A ! S IY A N IN G HOZ1RG1 Z A M O N
M i A M M O L A R I
Boshlangich maktab taMim-tarbiyasini integratsiyalash muammosi
nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Keyingi
paytda boshlang'ich ta’limni integratsiyalash masalasiga bir qancha
yondashishlar bo'ldi: darsni ikki fan o'qituvchisi olib borishi yoki ikki
fanni bir darsga birlashtirib. uni bir o'qituvchi tomonidan o'tilishidan to
integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang'ich ta’lim mazmunini
tubdan o'zgartirishgacha. Bunga maktab ham. didaktika va metodika
ham tayyor emas.
Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo’yicha bilimlar tashkil
etuvchi integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo'lib
turibdi. Bular boshqa turdagi bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani
o’z zimmasiga oladi. Bundav yondashish anchadan beri m a lu m va
diet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda so“z faqat sinflarda
178
emas, balki umumiy ta’limning o'rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham
bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda.
Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish
uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g'ova va
tushunchalarni kiritish kcfzda tutilgan.
Keyingi pavtda maktab ta'limini integratsiyalash to‘g4risida ko'p
so'z yuritilmoqda. Oiimlar va amalivotchi o'qituvchilar bolalarda
qanday qilib dunyo to‘g'risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli
fanlar bo'yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni
tuzish to'g'risida bosh qotirishyapti. Bir-biriga yaqin bo6lgan fanlarni
birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bolmoqda: Masalan,
matematika va konstruksiyalash, tasviriv san’at va badiiy mehnat. Bu
kurslarning samaradorligini xorijlik pedagoglarning ko'p yillik ishlari
natijalari bo'yicha baholash mumkin. Zero, integratsiyalangan kurslar
chet el maktablari uchun odatiy holga aylangan.
Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko‘rsatdiki4 tabiat va
jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos boluvchi integ
ratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o'quv dasturlariga
kiritilgan. Bu ekologik yo‘nalishga ega bo‘lgan integratsiyalangan
fanlar jahon hamjamiyatida o'quvchilarda atrof-muhitga javobgarlikni
shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to'g'risida xabar beradi.
Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo'llaniladi.
Birinchisi, bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. Shu masaladagi
]988-yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba yakunlariga
bag'ishlangan tadqiqot - foydali manba ko'pgina xorijiy mamlakatlar
boshlang'ich maktablarining o'ziga xos xususiyati integratsiyalangan
kurslar bo'yicha ta’lim bo4ib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo
bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suhbat-
lashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas. hayvonlar,
o’simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilan oiimlar foydalanadigan
til bilan tanishtirishdir. Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng
boMgan muloqot san’atining boshlang'ich savodini egallashda yordam
berish muhimdir. Bu savod o'zida odamlar bilan muloqotdan tortib
(tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o^z-o'zi bilan
muloqotdan to atrof-muhitdagi hodisalar bilan muloqotni qamrab oldi.
179
Kursning maqsadi -
o'zi
ishlayotgan о lam haqida, narsa va hodisalar
orasidagi bogliqlik, o'zaro yordam xususida va eng asosiysi. insonning
ichki (ma'naviy) va ijtimoiy dunyosi, olarnda hukm suruvchi qonunlar
(tabiiy, ilmiy. tarixiy. axloqiy) haqida keng tushuncha berish. Asosiy
urg'u faqat ma'lum bilimlarni egallashga emas, balki tasvirli fikrlashni
rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko'rinishi tovushlar,
tasvirlar. ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o‘zini
o’rganuvchi, tekshiruvchi o'ringa qo4 adi. Bunda kurs ta’limi kichik
maktab o'quvchilarining parallel ravishda asosiy fanlarni oVrganishlari
hamda o‘rta maktab ta’limida qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Kursning tuzilishi q and ay? Kursning integrativligi uning tuzilishiga
xos xususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo'lgan bir mavzu
liar chorakning asosiy mavzusida o'z nvojini topadi. Shunday qilib,
kurs asosiga qo‘yilgan g ’oyalar (fikrlarning) ning gorizontal harakati
am alga oshiriladi. Xuddi shu yoM bilan vertikal harakat ham amalga
oshiriladi (sinfdan sinfga). bunda har bir mavzu bolaning o'sishiga
qarab murakkablashib boradi. Integrativlik insonning olam bilan o'zaro
aloqalarida aks etuvchi mavzularga kiritilgan: bola idrokida noma’lum
boigan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar. yer kurrasi, kattabo"shliqlar
va vaqt qadri), yaqin olam bilan (mikroolam. uy oldidagi hayvonlar va
0
‘simlik dunyosi, ona-Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati);
insonlar olami bilan (tuiii mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya
markazlari. insonning inson va jamiy at bilan munosabatlari. insonning
ichki dunyosi); madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va oiimlar
ijodi. ma'naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarning ishlari). Shu
olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlari, tillarning o'ziga
xos xususiyatlarini ochish - kurs tizimining asosiy mantiqidir. Kurs
oddiylikdan murakkablikka, bilishdan ilmga, tartibsizlikdan uyg‘un-
likka va ijodga boigan harakatni taklif qiladi. Bola dunyo yaralishining
«gishtchalari» bilan tanishadi, olamning boshlanishiga, insonning
yerda pavdo bo'lishiga murojaat qiladi. So'zlar. sonlar siri, yashil barg,
qadimiy afsonalar jumboqlarmi ochish yuzasidan fikrlavdi. 0 4quvchi
makon va zamon ЬоЧ lab sayohatga otlanadi. Shunday qilib, bola har
kuni ochishi kerak b o igan olamning go'zalligi va turli-tumanligini
his qiladi. Murakkab dunyoqarashlar, ilrniy, badiiy g'oyaiar bola
180
tushimishi uchim qulay, tasvirli mavzularda o'z aksini topgan, ular
yil tmmdarijasini tuzishga imkon beradi, Bir tartibga solingan tizim
shu kursning o'ziga xos xususiyatidir. Bunday o‘yinlarga yondashish
6—10 yoshdan boshlanadi. Bu o‘yinlar murakkab bilim orttirishga,
badiiy; axloqiy masalalarni ha! qilishga yordam beradi. Yil va chorak
mundarijasiga turli ertak qahramonlari («Zumrad va Qimmat», «To6g‘ri
va egri», «BoYi bilan tulki», «Tulki bilan turna», «Kichik shahzoda»,
«Karlson», «Dyumovochka» va boshqalar)ning kirltilishi ham shu maq-
sadga xizmat qiladi. Ular mavzudan mavzuga yetaklab, yangi narsa-
larni bilib olishga yordam beradi. Kursda shaxsga moslangan yo'na-
lishga ega faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ah am iv at
beriladigan qilib ishni tashkil etish nazarda tutiladi. Bund a uning
shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko'rsatiladi, qiziqishlari hisobga
olinadi. Shu maqsadda «O'z yulduzingni yoq», «Guldastada sening
guling», «Sen sevgan kitob» kabi o'yinlardan foydalanish mumkin.
O 'yin davomida diqqat-e’tibor birgina bolaga qaratiladi (masalan,
tug‘ilgan kun munosabati bilan osmonda vangi yoritilgan yulduz uning
nomi bilan ataladi yoki katta guldasta bayram egasiga yoqadigan gul
bilan boyiydi). Sevimli kitob esa sinf kutubxonasini toMdirish bilan
birga egasining imzosiga ega boiadi.
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarnmg qiziqish va qobiliyat-
lariga moslashish ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo
qiladi. Bilim olish, badiiy-hayotiy masalalarni hal qilish o^ziga xoslikni,
uddaburonlikni, epchillikni rag*batlantirishni nazarda tutyapti. Shu
mimosabat bilan bolalarning she'r va hikoyalar yozish, yangi raqs o'ylab
topish, shirin taom pishirish, biron asbob yoki o4simliklardan shakllar
yaratish kabi mustaqil ijodiyotning turli yoMlari bilan rag'batlantirib
borish taqozo etiladi.
Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamivat beriladi.
Mashg‘ulotlar bolalarda ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini, material lar
sifatini (fakturasini) ushlab koYib, ajrata bilish qobiliyatini, sezish
tuyg'ularini (hid va ta’mni ajrata olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga
yordam beradi.
«Ovchilar», «Hay von lar», «Izquvarlar» o‘yinini
o'ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo'lish, masalalarni
mantiqan hal eta bilishnigina emas, insonga berilgan barcha his-
181
tuyg‘ular ham muhim ekanligini ko^rsatib beradi. Ularni rivojlantirish
o‘ta nozik tuyg'ularning shakllanish yo'lidir. Bunga yorqin tasvirlarga,
san'at asarlari. tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish
mumkin. Bolalarda salbiy, xunuk, yomon narsalarga ham emotsional
munosabatni rivojlantirish lozim. Bunga ertaklar o'qish, turli sahna
ko'rinishlari qo'yish yordam beradi. Bolaning his-tuyg‘ulari uning
jismoniv rivojlanishi bilan bo g iiq harakat qilishga, o4z holatini
badan harakatlari, imo-ishoralar. raqs orqali ko'rsatib berishga im-
kon beruvchi mashqlarni kiritish lozim. Kursni tashkil qilish va
ish shakllari haftasiga ikki soatga mo'ljallangan. Hafta oxirida ikki
soatlik dars o'qish maqsadga muvofiq. Bunda bolalar. bir tomondan,
asosiy darslardan ancha dam olishadi. ikkinchi tomondan, keyingi
hafta darslariga tayyoiianishadi. Sunday ikki soatlik darsni «Ijod
soati». «Xayol (orzu) darsi» deb nomlash mumkin. Dars o'tishdagi
asosiy shart - sinfda zarur. mos muhitni yaratish: polga gilam solish,
Dostları ilə paylaş: |