Innovatsiya va intergatsiya


B IL IM L A R N IN G S H A K L L A N IS H ID A



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/106
tarix04.10.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#152089
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Р. Мавлонова (1)

B IL IM L A R N IN G S H A K L L A N IS H ID A
F IK R L A S H N IN G О R N I
O'qitishga an’anaviv yondashuvda «tayyor» bilimlarni uzatib 
berish modeli asosiy o'rin egallagan. Bilim insondan insonga suvni 
bir idishdan ikkinchi idishga quygandek uzatiladi. Shiddat bilan 
o'zgaruvchi hozirgi zamon jamiyatida esa bunday yondashuvni qo'llab 
bo'lmaydi. O'zgarishlarga moslashuvchan bo'lish uchun asosiy va 
hayotiy zarur talab sifatida o'qishga qobiliyat xizmat qiladi. Ya’ni, 
bunda o'qishga tayangan. ta’lim jarayonining markaziga talabani qo'ya- 
digan ta’lim modeli namoyon boMadi. Ushbu modelda bilim dinamik 
ko'rinishga, mazmun nuqtayi nazaridan o'zgaruvchanlik xususiyatiga 
ega tushunchadir. Biz barchamiz noldan boshlashimiz va g'ildirakni 
qavtadan ixtiro qilishimiz kerak, deb o'ylash, turgan gapki, haddan
150


tashqari sodda o'ylashdir. Biz yangi bilimlarni yaratish uchun ilgari 
kimdir yaratgan bilimlarga tayanamiz. Psixologiya akademik fan 
sifatida paydo bo'lgan 100 yildan ortiq muddat davomida fikrlash 
jarayonini o'rganish bilan shug'ullanganiga qaramay, kognitiv psixo­
logiya, ya'ni psixologiyaning fikrlash tabiati va bilimlarni o'rganish 
sohasi keyingi 20 yil davomida ilmiy psixologiyada haqiqatan ham hal 
qiluvchi o'rin tutmoqda. Uning namoyandalari masalalarni hal qilishda, 
mulohaza yuritishda va qarorlar qabul qilishda foydalaniladigan 
texnika va strategiyalarni o'rganish vazifasini o'z oldilariga asosiy 
maqsad qilib qo'yadilar. Bundan tashqari, bu qobiliyatlarni intellektga 
qanday bogiiqligi masalasi ham ularni qiziqtiradi. Fikrlash jarayoniga 
bunday jiddiy 
qiziqish. 
psixologiyaning 
«kognitiv jarayonlarga 
o'rgatish» deb nom olgan yangi sohaning paydo bo'lishiga olib keldi. 
Uning vazifasi - insonlarga o'z fikrlash qobiliyatlarini yaxshilashga 
yordam berish uchun inson fikrlashi jarayonlari va mexanizmlari haqi­
dagi biz to'plagan bilimlarni qo'llash imkonlarini topishdan iborat. 
Bu sohada to'plangan bilimlar, xaritalarni o'qishni harbiy malaka- 
lardan tortib, to qulay va tushunishga oson bo'lgan kompy uter dastur- 
larini ishlab chiqishgacha bo'lgan jarayonda, amaliy masalalarni hal 
qilishda qo'llana boshlandi. Zamonaviy tadqiqotlar ta’kidlashicha, 
fikrlash aqliy qobiliyatlarga bogiiq emas va murakkab muammolarni 
hal qilish zarurati ta’sirida rivojlanmaydi. Intellekt bilan fikrlash orasi­
dagi bog’liqlik mashina bilan uning haydovchisi orasidagi bog'liqlikka 
o'xshash: yuqori quvvatli mashinani uquvsizlik bilan. kamtarona 
avtomobilni. esa mohirlik bilan boshqarish mumkin. Quvvat mashina- 
ning salohiyati boiganidek. intellekt aqlning salohiyatidir. Lekin 
mashinaning 
harakatlari 
boshqaruvchining 
mohirligiga 
bogiiq. 
Fikrlashni ketma-ket bosqichlar seriyasi sifatida amalga oshiriluvchi 
axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonidan iborat, deb tasavvur 
qilish mumkin. XX asr boshlarida psixologlar fikrlash inson ongida 
qator obrazlarni kombinatsiyalash voii bilan ro'y beradi, deb tushunar 
edilar. Keyinchalik boshqa psixologlar fikrlash - bu so'zlari ovoz 
chiqarib aytilmaydigan, o'z-cVzi bilan gaplashishga o'xshash «ichki 
nutq», degan gipotezani ilgari surdilar. Biz ko'p hollarda nimalar 
bo'layotganligini butunlay yoki devarli anglamaymiz. Albert Eynshtevn 
o'zining o'ta murakkab masalalarni hal qilish qobiliyatlarini, ko'pincha,


har doim tasavvur yordamiga murojaat qilishdan. deb bilar edi. Shaxsiy 
tasavvurdan foydalanishning vorqin misoli sifatida kimyogar Kekule 
bilan ro'y bergan hodisani keltirish mumkin. Hozirgi vaqtda keng 
tarqalgan, inson fikrlashini tushunishga voiialtirilgan yondashuv 
fikrlash jarayonlarini kompyuterlarning ishlash prinsiplariga o'xshash 
tarzda modellashtirishdan iborat. Psixologlar va ularning yondashuvlari 
ma'qul b o ig an boshqa olimlar (muhandislar, tilshunoslar. tibbivot 
sohasi mutaxassislari) foydalangan voilardan biri. qandaydir masalani 
yechishda hisoblash mashinasida b o iib o'tadigan jaravonlar va 
operatsiyalar inson fikrlashini imitatsiya qiluvchi holatlarni yaratishdan 
iborat. Odamlarni qanday fikrlayotganligini bilish uchun ular qandaydir 
bir masalani yechayotganlarida xayoliga kelgan barcha narsalarni ovoz 
chiqarib aytishni so'rash kerak. Bunda tajriba o'tkazuvchilar «ovoz 
chiqarib fikrlash bayonnomasi»ni tuzadilar. Bavonnoma sinaluvchining 
masalani hal qilish ustida ishlayotgan vaqtida nimalar qilayotganligini 
bildiruvchi o'z og'zidan so‘zma-so'z olingan yozuvdan iborat boiadi. 
Fikrlash bavonnomasi fikrlash jarayonlarini tushunish uchun ham, 
ularni takomillashtirish uchun ham foydali b o ia r ekan. Matematikani 
o'qitish sohasida ko'zga k o iin g a n Tomas Gudning aniqlashicha, 
o'quvchilar matematikani o'rganishda materialni yaxshi o'zlashtirishlari 
uchun o'qituvchilar biror bir masala ustida ular bilan birga ishlayotganda 
yechish jarayonini ovoz chiqarib gapirib o'tkazishlari zarur. Pedagog- 
lar ovoz chiqarib fikr yuritavotganida «axborotni qavta ishlash struk- 
turasini va fikrlash usulini...» namoyish qiladilar, «...va bunda 
o'quvchilar yashiringan boglanishlarni yaxshi tushunishlari mumkin». 
Fikrlashni yaxshilash yollaridan biri - mutaxassislarning fikrlash 
bayonnomalarini tahlil qilish va keyin ularga o'xshab o'zlarining 
fikrlash jarayonlarini modellashtirishdan iborat.
Tadqiqotlar aniqlashicha. modellashtirishning bu usullari yangi 
o'rganuvchilarning fikrlash jarayonlarini rivojlantirish uchun juda 
foydali hisoblanadi. Shuningdek. shaxsiy fikrlash yozuvlarini o'rganish, 
o'zining bo'sh joviarini, masalan, axborotni qandaydir bir turlari 
bilan ishlashga qobiliyat yetishmasligi yoki boshqa kamchiliklarni 
ko'rish uchun ham foydali. Ovoz chiqarib fikrlashni amalda qoilab, 
«odamlar aniq tizim bo'yicha - oldinga ham ketib qolmav va asossiz 
bashorat bilan ham shug'ullanmay ishlashga o'rganadilar. Fikrlashni


verballashtirish jarayoni fikr yurituvchiga u tanlagan strategiyani 
baholashga va muloqot qilish malakalarini rivojlantirishga imkon beradi. 
Bu uslubiyotlar fan lar bo'vicha kurslarni o'zlashtirishda ham foydali, 
chunki ular o'quvchilar e'tiborini o'zlarining fikriy tushunchalariga va 
oYganayotgan faniga jalb qiladi. Fikrlash jarayoniga bo'lgan an’anaviy 
nuqtayi nazarga asosan tanqidiy fikrlash, munozara, tahlil va mantiqqa 
e’tibor qaratiladi. Bu jabhalar juda katta ahamiyatga ega, lekin ularning 
barchasi fikrlash jarayonining bir qismidan iborat.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin