Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


XULOSA………………………………………………………………….26



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix23.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#121017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi (3)

XULOSA………………………………………………………………….26 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................28 



Kirish 
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni 
isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bug‘ini jamiyatdagi demokratik 
o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikaning jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim 
sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni 
tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim tizimi hisoblanadi. 
Ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘ringa ega. Hozirda har bir maktabda 
ta‘lim–tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun 
har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib 
borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur 
fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha 
aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib 
borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia 
vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun, savoljavoblar 
yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan 
shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldiberdi – hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga 
naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan 
o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki 
masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga 
o‘rgatishi zarur. Eng muhimi, o‘quvchi kitob-daftarida raqam, har xil amallarni 
emas, balki oddiy hayotni, kelajagini ko‘ra olishi kerak. Bu kabi misollarni 
keltirish bilan bir qatorda, pedagog o‘z o‘quvchilarini mustaqil izlanish, tadqiqot 
olib borish, o‘zi ham ana shunday qonuniyatlarni ongli ravishda topishga jalb 
qilishi katta foyda beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikadan 



samarali ta’lim berilishi uchun o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda matematika 
o‘qitish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.
Boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, geometrik bilim, 
ko’nikma, malaka borasida o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. Kichik 
yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga muhtoj. Lekin 
buning amalga oshishi uchun hamma narsadan ham avval yaxshi tayyorlangan 
o’qituvchi kerak. O’qituvchining vazifasi – dars jarayonida turli ta’lim 
texnologiyalaridan foydalangan holda, mavzu mazmunini o’quvchining yosh 
xususiyatlariga mos holda tushuntirib berish. Bundan tashqari, geometrik jihatdan 
savodli o’qituvchi boshlang’ich matematika kursida yangi geometrik mazmun 
kiritish sharoitida juda ham keraklidir. Bu holat, ayniqsa, bugun har qachongidan 
ham muhim. Bola geometrik jihatdan to’g’ri fikrlab, darsda uni ifodalab bera olishi 
shart. Geometrik materialni o’rgatishning asosiy maqsadi geometrik figuralar, 
ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi 
munosabatlar haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la 
tizimini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar haqidagi fazoviy 
tasavvurlar geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va 
bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashning amaliy malakalarini (ko’zda 
chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va 
fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi.
1
O’quvchilar matematika darslarida 
geometrik shakllar bilan tanishib borar ekanlar, ularning mantiqiy tafakkuri ortib 
boradi. Nimagaki, bolalar darsdan so’ng atrofdagi buyumlar, narsalarning shakli 
bilan yanada ko’proq qiziqadilar. Endi ular dars jarayonida ham o’qituvchiga 
qo’shimcha savollar bera boshlaydilar: “ustoz, quyosh, oy, yulduzlarning rangini 
nima deb ataymiz?” “nima uchun yarim aylana deb aytamiz?” kabi. Bunda 
o’qituvchining eng muhim vazifasi o’quvchining savoliga to’g’ri va mantiqli javob 
berishdir. Chunki, savol o’qituvchining darsga qiziqishini ifodalaydigan belgidir. 
Savoliga kerakli javobni olgan o’quvchi uyga borib yana atrofni kuzatadi va o’ziga 
1 Abduraxmonov A. Maktabda geometriya tarixi.- Toshkent: O’qituvchi, -2006. 



mavhum, tushunarsiz bo’lgan shakllarning mohiyatini ustozidan so’rab, bilib 
olishni niyat qilib qo’yadi. Matematika darsida olingan bilimlari texnologiya 
darsida yanada mustahkamlanadi, sababi, xuddi shu geometrik shakllar orqali turli 
narsalar yasaladi (qog’ozdan hayvonlar, qushlar shaklini, plastilindan shakllarning 
o’zini yasash topshiriqlari beriladi). O’quvchilar to’g’ri to’rtburchak va kvadratni 
yanada aniq farqlashni o’rganadilar. Geometrik materialni o‘rgatish vazifalarini 
hisobga olgan holda o‘qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. 
Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan 
demonstratsion, butun sinf uchun mo‘ljallangan modellari, figuralar tasvirlangan 
plakatlar, doskadagi chizmalar, diapozitivlar, diafilmlardan iborat. Bundan 
tashqari, individual ko‘rgazmalar ham kerak bo‘ladi. Bular qog‘oz poloskalar 
ko‘rinishidagi tarqatma materiallar, figuralar modellari, qog‘oz va kartondan 
qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Ayrim 
mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan birgalikda qo‘lda ko‘rgazma-
qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, o’tkir, o’tmas burchak modeli, 
ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlar ham) 
va boshqa narsalardan iborat. Doskada chizmalarni bajarish uchun chizmachilik 
o‘lchash asboblari to’plami, chizg‘ich, chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud 
bo‘lishi kerak. Shunday asboblar har bir o‘quvchida ham bo‘lishi kerak. Birinchi 
sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, to‘g‘ri chiziq, nur, egri chiziq, kesmalarni 
bir-biridan farqlash o’rgatiladi. 1-sinf Matematika darsligi (L. O’rinboyeva va 
boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b.) da 3-bob “Geometrik 
shakllar” deb nomlangan. 20 soatga mo’ljallangan ushbu bob o’qituvchi 
tomonidan mukammal tushuntirilsa, o’quvchi sodda geometrik shakllar bo’yicha 
beriladigan savollarga javob berib, qanday chizish, yasashni ko’rsata oladi
1
.
Mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilar to‘g‘ri va egri chiziqlarning ba‘zi 
xossalari bilan tanishadilar. Masalan. bolalar nuqtadan chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha 
mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri chiziq o‘tkazishlari 
1
ile:///C:/Users/User/Downloads/Jumayev%2 



mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri chiziq o‘tkazish 
mumkin degan xulosaga keladilar. Kesma bilan ham o‘quvchilar amaliy 
tanishadilar.
O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, fanga befarq qaramasligini 
ta’minlash har bir bugungi matematika o‘qituvchisining vazifasi hisoblanadi. 
Matematika fani to‘rt amalning bajarilishini o‘rgatish bilan birga shakllar, ularning 
tuzilishi, farqini va ularning tuzilishini o‘rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. 
Bu geometriya fanining ilk tushinchalari hisoblanadi. Bunda boshlang’ich sinf 
o‘qituvchisining ro‘li nihoyatda kattadir.
Geometriya 3500 yil oldin paydo bo‘lgan. Geometriya yunincha so‘z bo‘lib 
“yerni o‘lchash” degan ma’noni bildiradi (“geo” –yer, “metrio” –
o‘lchayman).Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, 
ayniqsa, Yunoniston olimlari kata hissa qo‘shdilar. Har bir o’qituvchi o’z darsning 
samarali bo’lishini istaydi. O'tgan mavzu yuzasidan o’quvchi tegishli tushuncha va 
bilimga ega bo'ldimi, yo'qmi?-degan savollar o’qituvchi dilida hamisha ko’ndalang 
bo’lib turadi. Bu savollarga ijobiy javob olish ko’p jihatdan o’qituvchining 
samarali faoliyatiga bog’liq. Matematik tushunchalarini o’quvchilarining shaxsiy 
tajribalari asosida shakllantirish o’qitish maqsadlariga qo’yiladigan birinchi shart, 
birinchi talab bo’lib o’qish jarayonini turmush bilan o'quvchilarning amaliy 
faoliyati bilan bog’liq bo’lishi prinsipidan kelib chiqadi.O’qitishning turmush bilan 
bog’lanishi faqat o’qituvchining so’zidagina emas, balki o’quvchilarning 
matematika o’rganish jarayonidagi butun amaliy faoliyatlarida ko’rsatib borilishi 
lozim-bu rivojlantiruvchi ta'limning ikkinchi shartidir. 
1
Yurtboshimiz aytganidek: “Bugun odamlar uygʻonmoqda, jamiyat 
uygʻonmoqda, ...Uchinchi Renessans va Yangi Oʻzbekiston poydevorini qurishda 
taʼlim mazmuni va sifati alohida oʻrin tutadi, uni poydevori mustahkam boʻlish 
uchun taʼlim oluvchilarga nimani va qanday oʻqitishni aniq belgilab, soha 
egalariga berolsak, Yangi Oʻzbekistonning ertangi egalari hayot pillapoyalaridan 
1
http://marifat.uz/marifat/yangi/O-quv-dasturlari-tajriba-sinov-orqali-takomillashadi.htm 



qoqilmasdan, toʻgʻri qadam bosadi, bu esa taʼlim tizimida barcha masʼullarning 
oldida 
turgan 
ulkan 
vazifahisoblanadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin