2.2.Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik
materiallardan foydalanish metodikasi
Geometrik material boshlang'ich sinflar uchun mustaqil bo'lim sifatida o'quv
dasturiga kiritilmaydi. O'quv jarayonida geometriya elementlarini o'rganish bilan
bevosita bog'lab olib boriladi.
Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o'rgatish
davomida geometrik shakllardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning
barchasi o'quvchilarning geometrik taassurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.
Geometrik materiallarni o'rganish:
-
geometrik
shakllar
haqidagi
tasovvurlar
zaxirasini
to'plashga
(kengaytirishga);
- fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish, tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur
etish ko'nikmalarini shakllantirishga;
- muhim amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga;
- bolalarni keyinchalik geometriyani o'rganishga tayyorlashga xizmat qiladi.
Biz yuqorida boshlang’ich sinflarda qaysi geometrik tushuncha va figuralar
bilan o’quvchilarni tanishtirishimizni va ular bu mavzular yuzasidan qanday bilim,
ko'nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerakligiga to’xtalib o’tdik. Navbatdagi
bo’limda ushbu geometrik mavzular bo’yicha qanday amaliy ishlar olib borish
mumkinligiga to’xtalib o’tamiz, I, IV sinf matematika darsliklaridan misollar
keltiramiz.
Nuqta,to'g’ri va
egri
chiziqlar,
to'g’ri
chiziq
kesmasi.
Nuqta bilan o’quvchilar I sinfda, o'qitishning birinchi qadamlaridanoq
tanishadilar. Raqamlar yozishga tayyorgarlik ko’ra turib, o'quvchilar o’qituvchi
ko'rsatganidek, quyidagi amaliy topshiriqni bajaradilar: nuqtani katakning o’ratsiga
qo'ying (katakning pastki chap burchagiga,katak tomonlaridan birining o’rtasiga va
h.k.); qo'yilgan nuqtalarni namuna bo’yicha birlashtiring.
20
Masalan: Nuqtani katakning o’rtasiga, katakning o’ng burchagiga, katak
pastki tomonining o’rtasiga qo’ying va ushbu nuqtalarni ketma – ketlik bilan
birlashtiring.To’g’ri chiziq bilan tanishgandan so’ng, o’quvchilar nuqtani to’g’ri
chiziqqa qo'yishni berilgan 1,2,3, ta nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni nuqtani
to’g’ri chiziqqa nisbatan vaziyatini aniqlashga ham aynan shu amaliy ish yordam
beradi. 1 – sinfda Nuqta. Chiziqlar. Kesma. Siniq chiziq mavzusini (83-bet.
Matematika) o’rganish jarayonida chiziqlar to’g’ri va siniq chiziqlarga bo’linishini
aytib o’tiladi va rasmda ko’rsatilganidek nuqtalar qo’yiladi va shu nuqtalardan
to’g’ri chiziq o’tkazishni aytib o’tadi. Bir to’g’ri chiziqda yotgan nuqtadan o’tgan
chiziq to’g’ri chiziqni, bir to’g’ri chiziqda yotmagan nuqtalardan o’tgan chiziq
siniq chiziq ekanligini farqlab oladi va quyidagi amaliy ishlarni bajaradi..
Ko’pburchaklarni yasab, ularning elementlari bilan tanishayotganda o’quvchilar
ko’pburchakning uchlari nuqtalar chizishni bilib oladilar.
Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularni
uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug'ullanadi. Geometriya material
dasturda mustaqil bo'lim sifatida o'qitish jarayonida ajratib ko'rsatilmaydi.
Geometrik mazmunli masalalarni imkon bo'lgan vaqtda, kursning boshqa
masalalari bilan yaqin aloqada doima qarab chiqiladi. Biroq dasturdagi tushuntirish
xatida ko'rsatilganidek, geometrik masalalarni bayon qilishda bu materialni kurs
materialiga kiritish maqsadlariga bo'ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya
qilish kerak. Bu maqsadlar dastavval bolalarning fazoviy tasavvurlarini o'stirishda,
ularda turlicha geometrik figura haqida tasavvur qilishdan iborat. Bolalar bu
figuralarning har biri alohida turganda ham, tanish figura boshqa figuraning
qismini tashkil etganda ham ularni taniy olishlari, berilgan bir necha figuradan
boshqa figura yasashni o'rganishlari kerak. Chizmachilik sinf doskasida bajarish
uchun doskaning bir qismi kataklangan bo’lishi kerak.
Darsni tashkil etish. Yangi materialni o’rganish uchun mo’ljallangan amaliy
ishlarga 10-12 minut (3-4-sinflarda esa darsning ko’proq qismini ham) mashq va
tekshirish ishlariga esa 8-10 minut ajratish maqsadga muvofiqdir. Ishni
boshlashdan oldin o’qituvchi bolalarga topshiriqni aytib beradi, suhbat o’tkazadi,
21
bunda chizma yoki modelni namoyish etadi. O’quvchilar o’qituvchining gapini
diqqat bilan tinglaydilar va qilinadigan ishning hamma jihatlarini tushunib olishga
harakat qilib, suhbatda ishtirok etadilar.O’quvchilar ishni bajarayotganlarida
o’qituvchi qiynalayotgan o’quvchilarga yordam berishi kerak.
Darsni tashkil ertish bo’yicha F.A.Orexov tavsiyalarini keltiramiz:
o'quvchilarning ishini kuzatib turish darsning ajralmas qismidir. O'qituvchi
tomonidan o’quvchilarning butun dars davomidagi harakatlarini kuzatish natijasida
jurnalga baho qo’yiladi.
O’quvchilarning kuchli va bo’sh tomonlarini ko’rsatish bilan o’qituvchi
ularning faoliyatini rag’batlantiradi. Kuchli o’quvchilar asosiy ishni
bajarganlaridan so’ng ularga qo'shimcha, bir oz qiyinroq ishni tavsiya qiladi.
Tirishqoqligi, ishni muddatidan ilgari va sifatli bajarganligi uchun bolalarni
rag’batlantirish katta ahamiyatga ega.Ayrim ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng bir
oz bo’sh vaqt berilishi foydali, bu orqada qolgan o’quvchilarning o’rtoqlariga yetib
olishlariga imkon beradi. Tanaffuslarni sekin-asta qisqartirib borib, butun sinf
o’quvchilarining bir me’yorda va yetarlicha tez ishlashlariga erishish mumkin.
Tanaffuslardan o’z-o’zini tekshirish, ishlarni o’zaro tekshirish va o’quvchilarning
o’zaro yordamlari uchun foydalanish mumkin.
|