Iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlarining shakllanishi tarixi O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li. Iqtisodiyotning sifat belgilari, huquqiy
asoslarini yaratilishi. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.
Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o‘zgarishlar. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va O‘zbekistonda unga qarshi qo‘llanilayotgan chora
tadbirlar. Osiyo Taraqqiyot banki va uning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan kengashi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari.
O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti Ma’naviy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglashni tiklanishi. Milliy istiqlol mafkurasi,
ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati. Milliy urf-
odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi. Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari. Yangi
jamiyat qurishda ta’lim va tarbiya, madaniy hayot. Yoshlarni Vatanni sevish ruhida tarbiyalash
va uning ulug‘vor ahamiyati.
Ta’lim tizimidagi islohatlar:
« Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
» ning qabul qilinishi.
Tarix – xalq ma’naviyatining asosi. Qarshi shahrining 2700, Samarqand shahrining 2750,
Toshkent shahrining 2200 yillik tantanalari. An’anaviy Sharq taronalari xalqaro musiqiy
festivali: o‘zbek mumtoz musiqa san’atining jahon san’atidagi o‘rni. Milliy sport turlarining
rivojlantirilishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi va uning
ahamiyati.
Birinchi Prezident I.A.Karimovning
« Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
» asari va
uning yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyati. 2010-yilning
« Barkamol avlod yili
» deb e’lon qilinishi va
« Barkamol avlod yili
» Davlat dasturining qabul
qilinishi. Ta’limdagi islohotlar. O‘zbekistonda xalqaro festivallarning o‘tkazilishi.