Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/67
tarix25.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#194726
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
TARIX dastur

JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI 
 
“Sivilizatsiya” tushunchasi. Uning ta’rifi va o‘ziga xos sifatlari. Dastlabki 
sivilizatsiyalarning shakllanishi
Qadimgi dunyodagi madaniy taraqqiyot haqida tushuncha “Sivilizatsiya” terminining XVIII-XIX 
asrda Yevropa ilmiga kirib borishi. L.Morgan sistemasida sivilizatsiya. Hozirgi zamon fanida 
“sivilizatsiya” tushunchasi. M.Veber, O. Shpengler, A.Toynbi, F.Brodel, K. Yaspers, P.Sorokin, 
S.Xantington nazariyalari. Sivilizatsiyaning bosqichli nazariyalari. Inson jamiyati taraqqiyoti 
muammosiga sintetik yondashuv yo‘llarini izlash. Sivilizatsiya va madaniyat. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi 
yagona madaniyat, o‘ziga xoslik, xilma-xillikning o‘zaro bog‘liqligi. 
Dastlabki sivilizatsiyalarning sotsial-iqtisodiy belgilari: yozuv, shaharlar, hashamatli arxitektura. 
Uzoq o‘tmishdagi insoniyatning soni va joylashishi. Neolitik inqilobning shart-sharoitlari. Yaqin 
sharqdagi dehqonchilik madaniyati manbai. Ierixon madaniyati. Kichik Osiyo markazi. Cheyyunyu va 
Chatal - Xuyuk. Jarmo va zagros madaniyatining umumiyligi. Shimoliy Mesopotomiyada (ikki daryo 
oralig‘i) ilk dehqonchilik majmui. Janubiy Turkmanistondagi Joytun madaniyati. Janubiy - Sharqiy Osiyo 
va Ganga vodiysida ilk dehqonchilik muammosi. Madaniyatning yangi tarixiy turi va uning madaniy 
standarti. Yangi turmush tarzi va ma’naviy taraqqiyot. Madaniyat sohasidagi sifatiy siljish va birinchi 
madaniy inqilobning muammolari.
 
Ikki daryo oralig‘ining (Mesopotomiya) qadimgi sivilizatsiyasi 
Qadimgi Mesopotomiyaning aholisi. Birinchi dehqonchilik xududlarining o‘zlashtirilishi. Shumer 
muammosi. Semit qabilalari. Miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Shumer. Akkad va Ur hukmronligi 
davrida Mesopotomiya. Miloddan avvalgi 11-ming yillikda Bobil. Miloddan avvalgi III-II ming 
yilliklarda Ossuriya. Miloddan avvalgi XII-VII asrlarda Bobil va Ossuriya davlati. Ossuriyaning 
yemirilishi va yangi Bobil davlati. Iqtisod va sotsial institutlar. Qadimgi Mesopotomiya madaniyati. 
Mixxat. Qadimgi Mesopotomiya adabiyoti. Maktablar. Kutubxonalar. Matematika. Astronomiya. 
Mesopotomiya sivilizatsiyasining siyosiy nazariyasi va amaliyoti, harbiy ish, huquq sohasidagi merosi. 
Din va afsonalar. Ikki daryo oralig‘i san’ati. Ossuriya san’ati. Yangi Bobil san’ati. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin