13
Fizik usul Kimyoviy usul
Yupqa qatlamli xromatografiya usuli yordamida moddalarni sifatini tahlil qilish uchun
standart namunalar yoki moddalarning Rf qiymati qo'llaniladi. Namunada bo'lishi
mo’mkin bo'lgan begona moddalarning nusxalari, ya'ni guvoh moddalar dori
moddalaridagi begona birikmalarni aniqlash uchun ishlatiladi.
Yupqa qatlamli xromatografiya usuli yordamida moddaning miqdoriy tahlilini
o'tkazishda aniqlanishi kerak bo'lgan modda plastinkaga kerakli miqdorda tomiziladi.
Plastinka xromatografiya qilinadi, dog'larning o’rni belgilanadi va erituvchi yordamida
sorbent eritilib tarkibidagi moddalarning miqdori kimyoviy yoki fizik (SF, FEK)
usullari bilan aniqlanadi.
Ba'zan moddalarning miqdorini xromatografiyalashda hosil bo'lgan dog'lar
yuzasini aniqlash orqali ham aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: