Inson huquqlari. Umum insoniy demokiratik tabiat



Yüklə 28,09 Kb.
səhifə2/6
tarix20.12.2022
ölçüsü28,09 Kb.
#76744
1   2   3   4   5   6
O\'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI

Uchinchi bosqich XX asming ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelib, bu bosqichda Inson huquqlarining "yangi avlodi" to‘g‘risidagi qonunchilik rivojlanadi. Bu huquqlar qatoriga:
8. tinch yashash huquqi;
9. sof va toza atrof-muhitga ega boiish huquqi;
10. axborot olish huquqi kabilar kiradi.
Bu bosqichda Inson huquqlari to‘g‘risida hozirgi kunda amal qilayotgan xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi.
Ikkinchi jahon urushiga qadar davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, asosan, davlat miqyosida hal etilgan. Totalitar tuzumlaming emirilishi oqibatida jahon jamoatchiligining e’tiborini inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi o‘ziga qaratdi. Bular BMTning Ustavida (1945 yil), “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da (1948 yil), 1966 yildagi “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktlarda o‘z ifodasini topgan. Bu xalqaro hujjatlarda insonning global manfaatlarini himoya qilish masalalari huquqiy jihatdan keng yoritilgan. Inson huquqlarining xalqaro himoyasini hozirda BMT va uning tegishli maxsus tashkilotlar amalga oshirmoqda.
Inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining xalqaro-huquqiy kafolatlari, shuningdek, yuqoridagi hujjatlardan tashqari quyidagi xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan:
- 1948 yilgi “Genosid jinoyatini oldini olish va uni sodir etganlami jazolash
to‘g‘risida”gi Konvensiya;
11. 1965 yildagi “Irqiy kamsitishlaming barcha shaklini bekor qilish to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiya;
12. 1949 yildagi “Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Jeneva Konvensiyasi va 1977 yildagi I va II qo‘shimcha protokollar.
13. 1952 yildagi “Ayollaming siyosiy huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya;
14. 1979 yildagi “Ayollarga nisbatan kamsitishning har qanday shaklini bekor qilish to‘g‘risida”gi Konvensiya;
15. 1989 yildagi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya;
16. 1961 yildagi “Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risida”gi Konvensiya;
17. 1954 yildagi “Apartridlaming maqomi to‘g‘risida”gi Konvensiya;
18. 1951 yilgi “Qochoqlar maqomi to‘g‘risida”gi Konvensiya va 1966 yildagi Protokol;
19. 1957 yilgi “Turmushga chiqqan ayolning fuqaroligi to‘g‘risida”gi Konvensiya va boshqa hujjatlar.
Xalqaro huquqning muhim tamoyillaridan biri bu -inson huquqlarini hurmat qilish tamoyili hisoblanadi. Inson huquqlarini hurmat qilish tamoyilining mazmunini tegishli davlat yurisdiksiyasida bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan bu huquqlami biron-bir kamsitishlarsiz hurmat qilish va unga rioya etish bo‘yicha davlatning majburiyatlari tashkil qiladi.
Inson huquqlarini hurmat qilish tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri sifatida 1945 yilda BMT Ustavining qabul qilinishi bilan qaror topdi Ustavning 1-moddasi (3-bandi)da BMT maqsadlaridan biri “inson huquqlari va asosiy erkinliklarini barcha uchun irqidan, jinsidan, tili va dinidan qat'iy nazar, istisnosiz hurmat qilish” borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish hisoblanadi” deb ko‘rsatilgan.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarining mazmuni 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, 1966 yilda qabul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi va “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi
xalqaro Pakt va boshqa ko'plab inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan xalqaro standartlar mazmuniga mos keladi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha mavjud me'yorlami bajarish barcha davlat idoralari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolaming majburiyati hisoblanadi. Unda jamiyat keng qatlamlarining inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi bilimlarga ega boiishi, dunyo amaliyoti bilan tanishishi hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: “Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar asosida mamlakatimizda to‘laqonli, samarali amal qiladigan qonunchilik va huquqiy baza yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, Asosiy Qonunimiz huquqiy davlat qurish yo‘liga o‘tishimizning poydevorini qurib berdi”.
Konstitutsiyamizning ikkinchi boiimi muhim institut - inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu boiimdagi V bob “Umumiy qoidalar”, VI bob “Fuqarolik”, VII bob “Shaxsiy huquq va erkinliklar”, VIII bob “Siyosiy huquqlar”, IX bob “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar”, X bob “Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari”, XI bob “Fuqarolaming burchlari” deb nomlanadi hamda o zida tegishli qoidalami ifodalaydi.
Konstitutsiyamizning V bobi ushbu bolimga oid umumiy qoidalami mustahkamlagan bo‘lib, unda demokratik rivojlanish yo‘lini tanlab olgan davlatimizning inson huquqlari masalasiga doir siyosatining asosiy qoidalari mustahkamlangan. Ushbu boiimning mazmuni va mohiyati Konstitutsiyamizning 13-moddasida mustahkamlangan inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, degan yuksak insonparvarlik prinsipiga asoslanadi.
Ma'lum bir davlat hududida yashab turgan inson uchun, qaysi davlatga mansubligi muhim ahamiyatga ega. Har bir insonning huquqiy maqomi uning qaerda yashayotganligi, qaysi davlat fuqarosi ekanligi kabi holatlarga bog‘liq holda shakllanadi. Shu bois ham 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi
boiimi “Inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanib, unda “inson” va “fuqaro” maqomi alohida ta'riflanadi. 0‘zbekiston Konstitutsiyasining huquq va erkinliklarga bag‘ishlangan normalari, agarda inson huquqlarini mustahkamlayotgan bo‘lsa, odatda «har kim», «hech kim», «har bir shaxs» kabi iboralardan foydalanilgan. Agar 0‘zbekiston fuqarosi huquqlari va majburiyatlari mustahkamlanayotgan boisa, “0‘zbekiston fuqarolari” degan atamadan foydalanilgan.
0‘zbekiston Konstitutsiyasi insoniyatning uzoq davom etgan erkinlik va tenglik uchun kurashi jarayonida shakllangan umuminsoniy siyosiy- huquqiy qadriyatlarga bo‘lgan e'tiqodi va sodiqligini namoyish etib, inson va fuqaro huquq va erkinliklarini tizimli ravishda mustahkamlaydi.
Shaxsiy huquq va erkinliklaming aksariyati insoniyat pay do bo‘lgandan beri amalda bo‘lib kelayotgan tabiiy huquqlardir. Shaxsiy huquq va erkinliklar deganda shaxslaming faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan va hayoti davomida ajralmas bo‘lib hisoblangan huquq va erkinliklar tushuniladi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo lim, yettinchi bobida inson va fuqarolaming shaxsiy huquq va erkinliklari huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar alohida tizimni tashkil etadi. Ushbu tizimga quyidagi huquq va erkinliklar kiradi:
Yashash huquqi (24-modda);
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda);
Aybsizlik prezumpsiyasi (26-modda);
Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi (27-modda);
Turar joy daxlsizligi huquqi (27-modda);
Shaxslami bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi (28-modda);
Fikr, so‘z va e'tiqod erkinligi (29-modda);
Fuqarolami huquq va manfaatlariga daxldor boigan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi (30-modda);
Vij don erkinligi (31 -modda).
Bir qator xalqaro hujjatlarda, jumladan, 1948 yilda qabul qilingan Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi mustahkamlangan3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida esa “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu huquq qonun bilan himoyalanadi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan insonni yashashdan mahrum qila olmaydi” deyilgan4. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham inson va fuqarolaming yashash huquqlariga oid ushbu xalqaro andozalar o‘zining toia aksini topgan.
Shaxsning yashash huquqi - bu insonning tug‘ilishi bilan vujudga keladigan, faqat o‘zining biologik mavjudligini ta'minlovchi hamda davlat tomonidan muhofaza etiladigan huquqidir.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida yashash huquqining mustahakamlanishi davlat tomonidan uni qo‘riqlash va himoya qilishning kuchli mexanizmini yaratishni talab qiladi. Bu boradagi tadbirlar nafaqat jinoyatchilikni oldini olish yoki jinoyatga qarshi kurashish natijasidagi huquqni himoya qilish faoliyatini, balki ijtimoiy sohada ham inson hayotining ta'minlanishini o‘z ichiga oladi.
Insonning tabiiy huquqi, yashash huquqini himoya qilish davlat hamda barcha jamoat tuzilmalari faol harakatlarining keng doirasini, har bir inson turmushining xavfsiz ijtimoiy va tabiiy muhitini, turmush sharoitini o‘z ichiga oladi5. Konstitutsiyada mustahkamlanib, kafolatlangan inson va fuqarolaming yashash huquqi joriy qonunlarda rivojlantiriladi va amaliyotda davlat organlarining tashkiliy faoliyati orqali ta'minlanadi.
Shaxsning erkinligi jamiyatdagi axloq me'yorlari doirasidan chiqmasligi va
qonun asosida bolishi kerak, ya'ni shaxs har qanday harakatni qonun va qonun hujjatlarida man etilmagan va huquqiy ko‘rsatmalarga zid kelmagan taqdirda, amalga oshirish mumkin.
Xo‘sh, huquq va erkinliklaming chegarasi bormi? Ushbu masalaga Konstitutsiyaning 20-moddasida oydinlik kiritilgan, unga ko‘ra “Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslaming, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart”6 Bunda birinchi navbatda inson manfaatlari ustuvor boiganligini ko‘ramiz. Bundan tashqari mamlakatimizning har bir fuqarosi butun umri davomida davlat himoyasida ekanliklarini yaxshi anglamoqlari kerak.
Shaxsiy erkinlik daxlsizdir. Shaxs daxlsizligini davlat va uning hokimiyat tuzilmalari tomonidan ta'minlanadigan shaxs erkinligining kafolati sifatida tushunish lozim. Bugun “inson, uning hayoti, erki, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa huquq hamda erkinliklari muqaddas boiib, davlat himoyasidadir. 0‘zbekiston davlati ham fuqarolaming manfaatlari va erkinliklarini respublika hududida va uning tashqarisida himoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi”7.
Aybsizlik prezumpsiyasi (aybi isbot qilinguncha shaxsni aybsiz deb faraz qilish) 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 14-moddasida hamda 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida bay on qilingani kabi, jinoiy ishlarda har qanday ayblanuvchi uning aybi qonunda ko‘zda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha aybsiz, deb hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 5-moddasidagi “Hech kim
azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, insonlikka isnod keltiradigan yoki qadr- qimmatini xo‘rlaydigan muomala va jazoga mustahiq boimasligi kerak”8 degan qoida Konstitutsiyamizning 26-moddasida o‘z aksini topgan. Deklaratsiyaning 22- moddasida insonning qadr-qimmatini kamsitishga yoi qo‘ymaydigan ijtimoiy- iqtisodiy sharoitni yaratish zarurligi ko‘zda tutilgan. Insonning qadr-qimmatini kamsitish, qiynash va boshqa shafqatsiz usulda inson bilan muomalada bo‘lishni taqiqlash Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning 7- moddasida ko‘rsatilgan9.
Shaxsiy hayot daxlsizligi - bu shaxsning tug‘ilishi bilan vujudga keladigan va hech kimning aralashishiga yoi qo‘yilmaydigan insonning hayotiy turmush tarzidir.
Konstitutsiya moddalarining mustahkamlanishi va rivojlantirilishi fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va boshqa huquq sohalariga doir huquqiy me'yorlarda o‘z aksini topgan. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq advokat advokatlik sirini saqlashi shart10. Advokatga, advokatura xodimlari va mansabdor shaxslarga advokatlik siri predmetini tashkil etadigan ma'lumotlami oshkor etish va ushbu ma'lumotlardan o‘zlarining va uchinchi shaxsning manfaatlari yoiida foydalanish man etiladi.
0‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 6- moddasiga binoan, notariusga, notarial harakatlami bajaradigan mansabdor shaxslarga ulaming xizmat vazifasini bajarishlari orqali ma'lum boigan notarial harakatlar mazmunidagi ma'lumotlami, hattoki, o‘z mehnat shartnomalari bekor boiganidan so‘ng ham oshkor qilish man etiladi11.
Bajarilgan notarial harakatlar haqidagi ma'lumot faqat unga yoki uning nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan notarial harakatlami bajargan shaxslarga
berilishi mumkin.
Konstitutsiyaga muvoftq hech kirn 0‘zbekiston Respublikasida shaxslaming turar joyiga qonunda ko‘rsatilmagan hollarda ulaming ruxsatisiz kirishga, tintuv o‘tkazish yoki uni ko‘zdan kechirishga yo‘1 qo‘yilmaydi. Faqat prokuroming ruxsati bilan jinoyatga aloqadorligi mavjud deb gumon qilinayotgan turar joyda yuqoridagi hatti-harakatlami amalga oshirish mumkin.
Fuqarolaming shaxsiy aloqa vositalaridan foydalanishlarida daxlsizlik huquqining ma'nosi shundaki, qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari hech kimning shaxsiy irodasiga zid holda uning yozishmalari, telefon so‘zlashuvlari, telegraf ma'lumotlari bilan tanishishga haqqi yo‘q. Fuqarolaming shaxsiy hayotini qo‘riqlash maqsadida ma'lum xat yozishmalari, telefon so‘zlashuvlari, telegraf ma'lumotlari bilan tanishish mumkin. Shaxsiy axborotnoma bilan tanishish tegishli vakolatga ega tor doiradagi shaxslar tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan mezon va tartiblar asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 28,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin