Aktiv saylov huquqi ya'ni saylash huquqi bevosita demokratiyaning bir ko‘rinishi boiib, u har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o‘z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bu xuquqqa qonunda belgilangan ma'lum yoshga etgan, muomalaga layoqatli mamlakat fuqarolari ega boiadilar.
Passiv saylov huquqi, ya'ni saylanish huquqiga ham ma'lum yoshga etgan, muomalaga layoqatli fuqarolar ega boiadilar. Turli davlatlarda ma'lum davlat organlariga saylanish uchun belgilangan yosh chegarasi turlicha boiishi mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida ko‘rsatilishicha: “Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini 0‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yigilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”16.
Fuqarolaming o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, yigilishlar va namoyishlar yoii bilan amalga oshirish huquqlarini 0‘zbekiston Respublikasi tan oladi va kafolatlaydi.
Miting bu - siyosiy masalalar muhokamasi uchun yig‘ilgan jamoa yigilishidir.
Yig‘ilish bu - yopiq imoratda yoki biror xonada o‘tkaziladigan, ma'lum bir masalalami muhokama qilish va qaror qabul qilish uchun yig‘ilgan shaxslaming majlisidir. Majlis shaklidagi yig‘ilishlar majlis tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilar sonini chegaralash uchun tanlanishi mumkin, lekin bu yig‘ilishlaming asosiy mohiyatini belgilamaydi.
Namoyish - bu ijtimoiy siyosiy norozilikning ochiq ko‘rinishi bo‘lib, namoyishchilaming u yoki bu masalalar bo‘yicha ommaviy tarzdagi ochiq munosabatlardir. Namoyish asosan miting bilan boshlanadi va tamom bo‘ladi17.
Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolaming ishtirok etish huquqlariga bevosita aloqador bo‘lgan muhim huquqlardan biri, bu fuqarolaming o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqidir (0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasi).
Bu huquq fuqarolarga yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlarda ijtimoiy uyushgan faoliyat olib borishning turli shakllariga birlashish, u yoki bu vazifalami bajarish uchun kuchlarini umumlashtirish imkonini beradi.
“Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bobda fuqarolaming huquq va erkinliklarini iqtisodiy kafolatlash davlatda amal qilib turgan iqtisodiy tizim orqali namoyon bo‘ladi. Har bir mamlakatda shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari uning jamiyatda erkin yashashini ta'minlash maqsadida mustahkamlanadi. Bu bevosita shaxslaming moddiy manfaatlarini himoyalash va ulami ta'minlash bilan bogiiqdir. Davlat ulami amalga oshirishga ko‘maklashadi, sharoit yaratadi.
“Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari” deb nomlangan X bobda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlariga tushuncha, ulaming turlari va kafolatlaming huquqiy asoslari ko‘rsatilgan. Kafolatning asosiy vazifasi sifatida fuqarolami huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan
to‘siqlami bartaraf etish bilan bogiiq bo‘lgan majburiyatlaming bajarilishi ta'kidlanadi.
Konstitutsiyamizning XI bobi 47-52 moddalarida fuqarolaming burchlari o‘z aksini topgan. Shu jumladan 0‘zbekistonda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari, fuqaroligi boimagan shaxslaming burchlari Konstitutsiyamizning 23- moddasiga muvofiq “0‘zbekiston Respublikasi xududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boimagan shaxslarning huquq va erkinliklari halqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va halqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlami ado etadilar. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlami bajaradi”18deb Konstitutsiyamizning 47-moddasida mustaxkamlangan.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilaming huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, 0‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni toiash, Vatanni himoya qilish kabi burchlarini ado etishga majburdirlar.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlarning prinsipial qoidalarini o‘zida mujassam etgan holda, Konstitutsiyamiz inson huquq va manfaatlari, uning erkinliklari davlat manfaatlaridan ustunligini mustahkamladi, odamlarimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratishni o‘zining tub maqsadi etib belgiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini e'lon qildi”19.
Xulosa Mustaqil 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilab berilgan huquq va erkinliklarining toiiq amalga oshirilishi, burch va majburiyatlami bajarilishiga erishishimiz oldimizga qo‘ygan inson huquq va erkinliklari - oliy qadriyat tamoyilining amaliy ifodasini ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Ma'lumki, huquq va burch xuddi tabiat va jamiyat kabi uzviy bog‘liqdir.O‘zbeksiton Respublikasi fuqarolarining o‘z burchlari va majburiyatlariga sodiqligi, ulaming ona Vatanni himoya qilish, qadimiy tariximiz va ma'naviy madaniy ulug‘ ajdodlarimizning merosini, atrof tabiiy muhitni avaylab asrashdek ma'suliyatlarda namoyon boiadi.
Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy asoslari, mamlakatda o‘matilgan huquqiy tartibot, ijtimoiy munosabatlaming butun tizimi ifoda etiladi. Shu sababli ularga har bir fuqaror qa'tiy rioya etishi shart. Bu qoidalami har qanday ko‘rinishda buzish davlat, jamiyat va fiiqarolaming manfaatlariga putur etkazadi. Odatda soliqlami davlataing qon tomirlarga o‘hshatiladi. Insoniyatning yashashi uchun “qon tomirlari” naqadar muhim ekanligi, soliqlami ham mustaqil davlatimiz iqtisodiy va ijtiomiy rivojlanishini barqarorligini ta'minlashdagi muhim vazifasi shunchalik muhim ekanligini mustaqil fikrlashni, har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishimiz va ulami avaylab asrash zaminida tarixiy adolatni qaror toptirish uchun asos boiib xizmat qilishi,0‘zbekiston Qurolli kuchlarining maqsadi urush va qurolli majorolami qaytarish hamda oldini olish, 0‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini, hamda aholining tinch hayotini himoya qilishdan iborat ekanligi va ulami o‘z vaqtida vijdonan bajarish uchun har bir fuqaroming o‘ta ma'suliyatli majburiyatlari ekanligini unutmasligi lozim.