“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 3
13
INSON KAPITALINI RIVOJLANIShIGA DOIR MULOHAZALAR
Aripov Oybek Abdullaevich
i.f.d., prof. Namangan muhandislik-qurilish instituti,
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
https://doi.org/10.5281/zenodo.7595042
Annotatsiya:
Maqolada inson kapitali va uni rivojlanishiga doir nazariy
mulohazalar yuritilgan. Inson kapitali tufayli inson salohiyatining oshib borishi
tadqiq etilgan. Bugungi kunda iqtisodiyotning rivojlanishiga inson kapitalining katta
ta’siri ochib berilgan.
Tayanch so’zlar:
inson kapitali, inson salohiyati, milliy iqtisodiyot, raqamli
iqtisodiyot, ishlab chiqarish omillari.
Abstract:
The article presents theoretical considerations about human capital
and its development. The increase in human potential due to human capital has been
studied. At present, a great influence of human capital on the development of the
economy has been revealed..
Keywords:
human capital, human potential, national economy, digital economy,
factors of production.
Inson kapitali – bu inson va umuman jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish
uchun ishlatiladigan bilim, ko’nikma va malakalar yo’g’indisidir. Bu atama birinchi
marta 1958 yilda amerikalik iqtisodchi Jeykob Minser tomonidan qo’llanilgan,
so’ngra 1961 yilda Teodor Shults va 1964 yildan boshlab Gari Bekker inson
kapitaliga investitsiyalar samaradorligini asoslab, ushbu g’oyalarni inson xatti-
harakatlariga iqtisodiy yondashuvni shakllantirgan holda ishlab chiqdilar.
Masalan, G.Bekker fikricha, “inson kapitali” – bu tug’ma qobiliyatlar va olingan
bilim, ko’nikma va motivatsiyalar to’plami bo’lib, ulardan (korxona yoki jamiyatning
shaxsi darajasida) to’g’ri foydalanish natijasida daromadni oshirishga erishiladi [3].
“Inson kapitali” har bir aniq shaxs tomonidan shakllantiriladi va u tirik inson
shaxsiyatidan ajralmasdir.
Ko’rinib turibdiki, dastlab, inson kapitali deganda, faqat insonga va uning
mehnat qobiliyatiga xos bo’lgan – ta’lim va kasbiy mahoratni oshiradigan sarmoyalar
yig’indisi tushunilgan. Hozirgi davrga kelib esa, inson kapitali tushunchasiga e’tibor
yanada kuchaydi va ushbu kontseptsiyani rivojlantirishga jiddiy urg’u berilmoqda.
Inson kapitali barcha faoliyat turlarida mehnat sifati va unumdorligini oshirishga
yordam beradi. Bilimli va tajribali mutaxassislar mehnat unumdorligi va
samaradorligini belgilaydi. Mehnat samaradorligida esa bilim, sifatli mehnat,
mutaxassislarning malakasi, tajribasi hal qiluvchi o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |