Inson kapitalini rivojlanishiga doir mulohazalar aripov Oybek Abdullaevich



Yüklə 82,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü82,13 Kb.
#194005
1   2   3   4   5   6   7
inson-kapitalini-rivojlanishiga-doir-mulohazalar

“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 3 
16 
sifatini yomonlashtirish, eng asosiysi, sog’liqni saqlash va ta’lim xizmatlarini 
ko’rsatishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Ushbu ta’sirlar ko’plab odamlarning 
hayoti davomida o’z ta’sirini ko’rsatishi va ularning samaradorligini pasaytirishi 
mumkin. Shunga qaramay, odamlarga sarmoya kiritish ko’pincha e’tibordan chetda 
qoladi. Shu bilan birga, ayni paytda, inson kapitalining tez o’zgarishiga, masalan, 
Singapur, Koreya Respublikasi va Irlandiya kabi mamlakatlarda, shuningdek, 
dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarning ulkan va ajoyib muvaffaqiyatlarga 
erishishiga ko’plab misollar keltirish mumkin. 
Shunday qilib, raqobatbardoshlik, iqtisodiy o’sish va iqtisodiy samaradorlikning 
tamal toshi zavodlar, konlar, tabiiy resurslar va uskunalar emas, balki inson 
kapitalining o’zidir. Inson kapitali ham boshqa mamlakatlardan kelib tushish hisobiga 
shakllanadi yoki davlatdan chiqib ketishi tufayli kamayib boradi, Bunday holat 
hozirgacha ham O’zbekistonda, ham boshqa MDH mamlakatlarida kuzatilmoqda. 
2020 yilning mart oyidagi Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonning 
inson kapitali indeksi 62% ni tashkil etadi. Jahon banki tomonidan taqdim etilgan 
hisobot bo’yicha mamlakatda birinchi marta inson kapitali indeksi (IKI) o’g’il 
bolalarga qaraganda qizlarda yuqori bo’ldi [5]. 
O’zbekistonda 
ilmiy-texnikaviy 
va 
innovatsion 
faoliyatning 
faol 
bo’lmayotganligining asosiy sabablari inson kapitaliga etarlicha e’tibor 
berilmayotganligidir. O’zbekistonda so’nggi 20-30 yil ichida unga investitsiyalarning 
ko’payib borayotganligi bilan ahamiyatlidir. Chunki bundan o’n yil avvalgi davrlarda 
O’zbekiston inson kapitalining barcha tarkibiy qismlarining sifati pasayib ketgan edi: 
birinchi navbatda, ta’lim va fan, shuningdek, tibbiyot, fuqarolar va biznes xavfsizligi. 
Biroq, 2017 yildan boshlab Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etilganligi va 
2022 yilga kelib Taraqqiyot strategiyasidagi belgilangan vazifalar birinchi navbatda, 
innovatsion iqtisodiyot uchun ishonchli poydevor qurish imkoniyatlarini kengaytirdi. 
Xulosa qilib shuni ta’qidlash mumkinki, zamonaviy iqtisodiyotning barqaror 
rivojlanishi bevosita inson kapitaliga bog’liq, shuning uchun ham alohida hududlar 
darajasida va umuman davlat darajasida inson resurslarini rivojlantirish sohasida 
izchil siyosat va inson kapitaliga muvozanatli investitsiyalar zarur. 

Yüklə 82,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin