Inson ko’rish analizatorlari anatomiyasi va fiziologiyasi. Inson ko’rish analizatorlari potologiyasi



Yüklə 20,07 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü20,07 Kb.
#195403
1   2   3   4   5   6   7
Ko\'z analizatorlari. 102. Komilova S.Sh

— ko‘zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu’lasidan, changdan va shunga o‘xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko‘zni qo‘l barmoqlari bilan ishqalash yaramaydi. Ko‘z qichishsa, toza bint yoki ro‘molcha bilan avaylab ustidan silash mumkin;

  • — ko‘zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu’lasidan, changdan va shunga o‘xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko‘zni qo‘l barmoqlari bilan ishqalash yaramaydi. Ko‘z qichishsa, toza bint yoki ro‘molcha bilan avaylab ustidan silash mumkin;
  • — zararli odat bo‘lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik ko‘zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi;
  • —bolalar ko‘zining har xil ranglarga sezuvchanligini oshirish uchun ularga yoshligidan har xil rangdagi o‘yinchoqlarni, rasmlarni ko‘rsatib, ularning rangini aniqlashga o‘rgatib borish kerak;
  • —ko‘zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, suzish kabi sport turlari bilan shug‘ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ko’z potologiyasi

  • Ko’z bilan bog’liq kasalliklar bir necha turlarga bo’linadi:
  • Qovoq kasalliklari;
  • Ko’z yosh a’zolari kasalliklari;
  • Konyuktiva kasalliklari;
  • Sklera kasalliklari;
  • Shox parda kasalliklari;
  • Ko’z gavxari kasalliklari;
  • Shishasimon tana kasalliklari;
  • To’r parda kasalliklari;
  • Optik asab kasalliklari;
  • Refrektsiya buzilishlari (Ametropiya)

Shulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz

KO‘Z KASALLIKLARI


Shapko‘rlik tayoqchasimon hujayralarda rodopsin yoki A vitamin yetishmasligi – glaukomaga sabab bo‘ladi. Keksalikda ko‘z pardasining qon bilan ta’minlanishi buziladi. Bu o‘zgarishlar ko‘z gavharining xiralashuvi – kataraktasiga sabab bo‘ladi.

Glaukoma

  • Glaukoma – ko‘zi ojizlik, nogironlikka olib keluvchi og‘ir, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasallik hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 100 milliondan ortiq inson glaukoma bilan xastalangan, shundan 40 millionga yaqini ko‘zi ojiz bemorlardir. Yana shuncha bemorlar hali o‘zida bu xastalik borligini bilmasdan, ko‘zi ojizlik rivojlanib borayotganligi ma'lum. Faqat o‘z vaqtida aniqlab, to‘g‘ri davolangan holda ko‘zi ojizlikning oldini olish mumkin. Shularni hisobga olgan holda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti glaukomani ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim kasalliklar ro‘yxatiga kiritgan. Har yili mart oyining ikkinchi haftasi dunyoda «Jahon glaukoma haftaligi» tashkillashtiriladi.
  • Glaukoma – ko‘z ichki bosimi oshishi natijasida ko‘ruv nervi atrofiyasi rivojlanishi va ko‘zi ojizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan surunkali kasallik. Glaukoma kasalligi boshida belgilarsiz kechib, dastlab bemorni hech narsa bezovta qilmaydi. Erta davrlarda uni aniqlash qiyin, kechki davrda, ko‘ruv nervi atrofiyasi rivojlangandan so‘ng bemor ko‘rishi xiralashishini, og‘riqni his qiladi va shifokorga murojaat qiladi. Glaukoma kasalligi erta aniqlanib, o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansagina ko‘zi ojizlikning oldini olish mumkin. Aks holda, glaukoma tufayli rivojlangan ko‘ruv nervi atrofiyasi va ko‘zi ojizlikni hozirgi kunda davolash imkoni mavjud emas.

Yüklə 20,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin