3 - eshitish markazi bosh miya po'stlog'i chekka qismining pastki sohalarida;
4 - ta'm bilish markazi bosh miya po'stlog'I chekka qismining yuqpri va o'rta sohasida;
5 - barmoq terisidagi paypaslash markazlari bosh miya po'stlog'I tepa qismining o'rta sohasida.
Ko‘rish analizatori (ko‘rish organi)ning ahamiyati. Ko‘rish organi —ko‘z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o‘simlik va hayvonot olamini o‘rganadi; rassomlik, me’morlik, haykaltaroshlik san’atlarining mahsulotlaridan bahramand bo‘ladi, tabiat go‘zalliklaridan zavqlanadi.

Ko‘rish odamning mehnat faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ko‘rish orqali inson o‘qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o‘rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko‘rish orqali odamning ichki dunyosi, uning tevarak-atrof, tabiat, san’at haqidagi tushunchasi, fikrlash qobiliyati, aql-idroki, ongi rivojlanadi.
Tasvirning ko’z orqali miyaga yetib borish sxemasi
5.To‘r parda 1.Shox parda 4.Shishasimon tana 6.Sariq dog‘ 3.Gavhar 2.Qorachiq 8.Ko‘rish zonasi 9.Tasvir hosil bo‘lishi 7.Ko‘rish nervi
Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z bosh suyagining chuqurchasida—ko‘z kosasida joylashgan. Ko‘z ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi va yordamchi qismlar: ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan tuzilgan. Ko‘z soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi—fibroz, o‘rta—qon tomir va ichki—to‘rsimon pardalardan tashkil topgan. Ichki qismiga ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. Fibroz pardaning oldingi qismida shox parda bo‘ladi. Ko‘z soqqasining ichki — to‘rsimon pardasi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, chunki uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib, tayoqcha va kolbacha shaklidadir.

Ko‘zning funksiyasi. Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, ikki qismdan: ko‘zning optik tizimi va retseptor qismidan iborat.