Ikki ustundagi ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish bo‘yicha savollar.
1
Karimjon juda hayron:
Muz nega yiqitadi?
To‘yg‘anish-ku, mazza-ya,
Yiqilish qo‘rqitadi.
Qit’aning deyarli hamma joyi muz bilan qoplangan.
2
Pingvinning yashash joyi –
Antarktida. Qushlar oilasiga mansub. Umuman ucha olmaydi. Tuxum qo‘yadi.Chuqur sho‘ng‘iy oladigan
qush hisoblanadi. Mayda baliqlar bilan oziqlanadi.
Sohil bo‘ylarida ajoyib qushlar, pingvinlar yashaydi. Qirg‘oq yaqinida kitlar, kashalotlar, delfinlar, tyulenlarning bir necha turi, dengiz fili va dengiz qoplonlari suzib yuradi.
3
Yer sharining suv bilan qoplanishi faqat okeanlar hissasiga
to‘g‘ri keladi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, Antarktidadagi barcha muz erib ketsa, dunyo okeanlarining suvi 62 metrga ko‘tariladi.
4-topshiriq. Baholash va mulohaza yuritish Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarni mulohaza qilishga, matn mavzusi bilan bog‘liq voqealar borasida o‘ylab ko‘rishga undaydigan savollardan foydalaniladi.
1. Antarktidaga birinchi bo‘lib, 1899-yilda Norvegiyalik Karsten Borxgrevink qadam qo‘yganga qadar Antarktida qit’asi haqida ma’lumotlar qanday manbalar orqali o‘rganilgan? ___________________________________________________
2. Antarktida sayyoramizning eng kam o‘rganilgan qismi hisoblanishining sabablarini tushuntiring. ______________________________________________
3. “Jajji pingvin Loloning sarguzashtlari” multfilmidagi tasvirlarni “Antarktida” matnidagi tasvirlar bilan solishtiring. Tasvirlardagi o‘xshash va farqli tomonlar haqida mulohazalaringizni ayting. _______________________________
Halollik “O‘tgan zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uning kambag‘al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni u dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi. Dehqon yerning bir chekkasini kambag‘al oshnasiga sotibdi.
Yerni olgan odam bir qalin og‘aynisidan qo‘sh ho‘kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay haydayveribdi. Qaytib o‘sha yerga kelganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. Kambag‘al dehqon: “Ilgari bu yerda daraxt bo‘lgan, uning to‘nkasi qolib ketgan, shekilli”, deb o‘ylabdi.
U ketmon olib kelib, omoch tishiga qadalgan narsani kovlay boshlabdi. Nihoyat, u yerdan xumcha chiqibdi. Uni ochib qarasa, ichi to‘la tilla emish.
Dehqon yerning qolgan qismini ham haydab, urug‘ sepibdi. So‘ng ho‘kizlarni egasiga topshiribdi. Xumchadagi tillani ko‘tarib, to‘g‘ri yer sotgan dehqon oshnasining uyiga boribdi. U oshnasiga:
Sizdan olgan yerimni haydayotgan edim, mana shu xumchani topib oldim, ichidan tilla chiqdi. Uni o‘zingizga olib keldim, - debdi.
Dehqon kambag‘alga:
Men sizga yerni sotganman. Demak, u yerda nimaiki bo‘lsa, sizniki bo‘ladi. Men yer tagida nima borligini bilmaganman. Sizga xudo beribdi. Bola-chaqangiz bilan maza qilib yashang, - deb xumchani olmabdi.
Kambag‘al dehqon esa: “Bu boshqa kishining noni. Uni olsam, o‘g‘ri, jinoyatchi bo‘lib qolaman”, deb o‘ylab, xumchani yana boy dehqonga uzatibdi. Ikkalasi hech kelisha olmabdi.
Nihoyat, bir donishmandning oldiga boradigan, undan so‘rab, bu ishni hal qiladigan bo‘lishibdi ...
Donishmand “Qishloqdagi yetim-yesir va beva-bechoralarga bo‘lib beringlar”, deb maslahat beribdi.
Bunga dehqon ham, kambag‘al ham rozi bo‘libdi.
Shunday qilib, ular tillani qishloqdagi beva-be-choralarga, kambag‘al, yetim-yesirlarga tarqatishibdi.
Kambag‘al dehqon esa o‘z mehnati bilan halol kun ko‘rib, murod-u maqsadiga yetibdi.
Dastlab, matnni o‘rganish uchun kirish suhbati o‘tkazildi. O‘quvchilarga sharqona odob-axloq qoidalari haqida ma’lumot berildi. Hadis namunalari o‘qib berildi. Halollik deb nimaga aytilishi borasida ma’lumotlar berildi.
Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib berildi. Keyin qayta hikoy qilindi. Bir o‘quvchiga ham o‘qitildi. Sinfdagi o‘quvchilarning ba’zilari qo‘shilib o‘qishdi.
O‘qituvchi matnni tahlil qilish uchun matn ostidagi savollardan foydalanib suhbat darsi o‘tkazildi. Suhbatda quyidagi savollardan foydalanildi:
1. Boy dehqonga nima uchun o‘z yerini sotibdi?
2. Kambag‘al dehqon va uning oshnasi nima uchun donishmand huzuriga borishibdi? Donishmand ularga qanday maslahat beribdi?
3. Siz nima deb o‘ylaysiz, kambag‘al dehqon to‘g‘ri ish qildimi?
O‘quvchilar savollarga javob berishgach, o‘qituvchi ichda o‘qish uchun ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Navbatdagi darsda oldingi mavzuni mustahkamlash uchun uy vazifasi so‘ralganda, o‘quvchilarning barchasi tayyor ekanlilarini aytishdi. O‘qituvchi o‘quvchilardan “Halollik” hikoyasini aytib berishni so‘radi.
Birinchi o‘quvchi matn mazmunini aytib berdi. Biroq o‘quvchi matnni qayta hikoyalash asosida, ayniqsa, yodlab olingan holatda gapirib berdi. Keyingi o‘quvchi ham shunday usulda gapirib berdi. Deyarli barcha o‘quvchilar matnni yodlab olish usulida o‘rganishgan edilar. Ular matn mazmunini tushunishga emas, shunchaki voqealarni aytib berishga o‘rganishgan edilar.
Tajriba o‘tkazish ishlarini o‘quvchilarning qanday xatoga yo‘l qo‘yishayotganligini aniqlash ishidan boshladik:
1. Darslik juda sayoz ishlab chiqilgan.
2. Matn tahlili uchun berilishi lozim bo‘lgan savollar juda oz (3 ta) ularning ham murakkablik darajasi past.
3. Matnni mustahkamlash uchun berilgan savollar o‘quvchini o‘ylantrish, fikrlashga yo‘naltirilmaydi.
4. Matnni mustahkamlovchi qo‘shimcha topshiriqlar yo‘q.
5. O‘qutuvchi darsni eski usulda tashkillashtiryapti.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlashtirib olingach, xatolarimizni tuzatish ustida ishlashga kirishdik.
Birinchi navbatda matnni o‘zlashtirish uchun yangicha yondashhuv yangi metod va usullar zarurligini aniqladik.
Sinfdagi zerikarli dars muhitining birinchi sabablaridan biri bu – o‘quvchilarning diqqati pastligi, darsga befarqligi va dangasaligidir. Bunday vaziyatda asosiy mas’uliyat o‘qituvchining bo‘ynida bo‘ladi. Qanday qilib bo‘lsa ham o‘quvchilarni darsga e’tiborini qarata olish kerak.
“Halollik” matni bo‘yicha quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Haqiqiy boylik deganda nimani tushunasiz?
2. Sizningcha, dehqon to‘g‘ri yo‘l tutdimi?
3. Kambag‘al dehqon: “Ilgari bu yerda daraxt bo‘lgan, uning to‘nkasi qolib ketgan, shekilli”, deb o‘ylashini qanday izohlaysiz?
4. Nega ko‘pchilik odamlar pul uchun taqiqlangan ishlarni qilishga majbur bo‘lishadi?
5. Sizningcha, dehqon nima sababdan tillani tezda olib bormasdan, ishini bitkazib, ho‘kizlarni egasiga berib, keyin olib boradi?
6. Dehqonning o‘rnida bo‘lganingizda siz ham shunday yo‘l tutarmidingiz?
7. Barcha odamlar dehqon va boyga o‘xshashi uchun nimalar qilish lozim deb o‘ylaysiz?
Navbatdagi darsda savollarni o‘quvchilarga berdik. Suhbat juda qizg‘in bo‘ldi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi savollarga javob topishga urinishdi. O‘quvchilardan xato javob berganlarga ham tanbeh bermasdan javoblarini qabul qildik. Shundan keyin barcha o‘quvchilar tortinmasdan gapiradigan bo‘lishdi.
Bir haftadan keyin vaqt topib yana shu mavzu “Halollik” matni yuzasidan suhbat o‘tkazganimizda ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini ayta olishdi. O‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasaini sinovdan o‘tkazish uchun PIRLS talablari bo‘yicha sinov o‘tkazdik: