2. Ijtimoiy va indiviual ong
3. Ijtimoiy ong shakllari.
Asosiy tushunchalar: ongni diniy tushuntirish, ong tarixi, ong va miya, ruhiyat, ijtimoiy psixologiya, odatiy ong.
Ong nima? inson azal-azaldan o`zigagina xos bo`lgan ongning nima ekanligito`g`risida uylab, baxslashib keladi. Bu baxslarning bir jixati, ong tabiat maxso`limi yoki inson ongi iloxiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jixati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon usha-ushami? degan muammo bilan bog`liq.
«O`zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Sugrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o`zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo`l ochishi mumkin, degan G`oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o`zini tashqi olamdan ajratib, aloxida bir mu’jiza va tadqiqot mavzui sifatida o`rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni uylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psihologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo`lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko`rinishlari o`rtasidagi munosabat kabi masalalarni o`rganish bilan aynan falsafa shug`ullanadi.
Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo`lganligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan.
Ongni diniy tushunish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan mu’jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko`pgina dinlarda inson ongi buyuk iloxiy aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon bo`lish shakli tarzida tavsiflanadi. Inson tanasidagi rux bizning istak va fikrlarimizning tashuvchisidir. Jon ulishi bilan ong ham uladi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bo`lsa-da, ular hamon o`zining ko`plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog`liqdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati ekanligini tan olishi tabiiy.