Lazorevka chittagi-(Parus cyanus) oppoq rangli kichkinagina qush. U uzoqdan ham ko`zga tashlanib turadi.u doim qalin butalar orasida bo`lib, yashirin hayot kechiradi. Ochiq joylarga kamdan-kam chiqadi.
Lektr lampa- Ligulariya- Ligustrum-(Ligustrum vulgare) zaytundoshlar oilasiga kiruvchi, bo`yi 2-5 m ga yetadigan buta. Barglari oddiy, qarama-qarshi, qisqa bandli, yaltiroq, cho`ziq yoki nashtarsimon bo`ladi. May-iyun oylarida oq yoki sarg`ish bo`lib gullaydi. Mevasi avgust-sentabr oyida pishadi. Rangi qora yoki to`q ko`k bo`ladi. Ligustrum O`zbekistonda yashil devor sifatida yoki undan turli hayvonlar shaklini yasab, chiroyli manzara hosil qilish uchun ekiladi. U qalamchasidan ko`karadi.
Likopcha- Linoleum- Lochin-(Falco peregrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq turi maʼlum. Modasi yirik bo`lib, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha bo`ladi. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, Oʻrta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Sahro lochini oʻtroq yashaydi. Tundra lochini faqat qishlash uchun uchib keladi. Uyasini tomlik va jarli joylarga quradi. Aprel—mayda 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Bolalari mustaqil uchadigan boʻlguncha otaonasining qaramogʻida boʻladi. Qushlar va boshqa bilan oziqlanadi. Sahro lochini va tundra lochini qushlarni ovlashga oʻrgatiladi. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Lok- Lola-(Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin, jumladan, Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. Lolalar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida lolaning yovvoyi 25 turi o`sadi. Lolaning qizil lola (Tulipa greigii) va targ`il lola (Tulipa fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa lolalardan farq qiladi. Qizil rang lolaning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha bo`ladi. Barglari 2—3 ta, choʻziq. Lola, asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sentabr-oktabr oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.
Lolaqizg`aldoq-(Papaver pavoninum Schrenk) koʻknordoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Boʻyi 10—40 sm. Poyasi dagʻal tuklar bilan qoplangan, tub barglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Barg plastinkasi ikki karra patsimon qirqilgan. Gullari yirik, gultojbarglari qizil, tubida yoysimon qora dogʻi bor. Mevasi dagʻal tuklar bilan qoplangan, dumaloq koʻsak. Lolaqizg`aldoq aprelda gullaydi, mayning oxirida mevalaydi, iyunda quriydi. Lolaqizg`aldoq choʻllar, adirlar, bogʻlar, yoʻl yoqalari va bahorgi ekinlar orasida koʻp uchraydi. Gultojbarglarining suvi xalq tabobatida oftob urgan bolalarga ichiriladi, shuningdek, ogʻrigan koʻzni yuvish uchun ishlatiladi. Lolaqizg`aldoqni mollar yemaydi, pichanga aralashsa (ayniqsa, gullaganda) chorva mollarini zaharlashi mumkin.