Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə121/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Mahalliy belgi-
Mahsulot-iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy mahsulot koʻrinishiga ega. Xizmat koʻrsatish sohasida yaratiladigan va moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan mahsulotlar, odatda, moddiy-ashyo shakliga ega boʻlmaydi. Oʻziga xos xususiyati shundaki, uning foydali samarasini xizmatni yaratish, koʻrsatish jarayonlaridan ajratib boʻlmaydi. Masalan, vrachlar, oʻqituvchilar xizmatlari.
Majnuntol- toldoshlar oilasiga mansub bo`lgan daraxt.majnuntolning bo`yi 8–10 m gacha bo`ladi. Poyasi tik, novdalari tuksiz, yaltiroq, uzun va ingichka, egilib o`sadi. Bir yillik novdalari esa mayin tuk bilan qoplangan bo`ladi.Bargi oddiy, nashtarsimon poyada ketma-ket joylashadi. Majnuntol mart—aprelda gullaydi, urug`i tukli bo`ladi. Majnuntol manzarali daraxt sifatida ko`p o`stiriladi. Novdalaridan savatlar, shisha idishlarning g`iloflari, har xil mebel anjomlari va boshqalar to`qiladi. Majnuntol qogoz ishlab chiqarish va teri oshlashda ham ishlatiladi.
Makkajo`xori- bir yillik donli o`simlik. Makkajo`xori eng serhosil o`simliklardan biri. Makkajo`xorining vatani Amerika. Donidan spirt, un, yorma tayyorlanadi. Makkajo`xori yaxshi oziq-ovqat hisoblanadi. Ayniqsa chorva mollari va qushlar uchun yuqori sifatli ozuqadir. Makkajo`xori qurg`oqchilikka chidamli bo`lib, yurtimizning barcha hududida o`sadi. Ma`lum bir dalada makkajo`xoridan keyin ekilgan bug`doy va boshoq o`simliklar yaxshi hosil beradi.
Makkajo`xori uni-
Malibu-„General Motors“ tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil. Yuksak harakatlanish xarakteristikasi, zamonaviy xavfsizlik tizimi va betakror interyeri bilan alohida ajralib turuvchi „Malibu“da yangi dizaynerlik ishlanmalari qo‘llanilgan: ikki sektsiyali Chevrolet radiator panjaralari, kuchli ksenon faralar, shuningdek, svetodiodli bejirim orqa faralar shular jumlasidandir. Avtomobil 2,4 litr hajmli, to‘rt silindrli 169 va 263 ot kuchi quvvatiga ega mexanik va avtomat uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu modelda rul boshqaruvining yaxshilangani avtomobilning haydovchi harakatiga nisbatan tez va aniq reaksiyasini taʼminlaydi, izolatsiya qilingan oldingi rama shovqin va vibratsiyaning salonga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. „Malibu“ kuzovi konstruksiyasi mustahkam ishlangani avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Avtomobil yangi audio va navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan. „Malibu“ oltita xavfsizlik yostiqchasi, bosh va bo‘yin qismlarni himoya qiluvchi xavfsizlik pardalari bilan taʼminlagan. GM Uzbekistan qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan Chevrolet Malibu avtomobili yuksak harakatlanish xarakteristikasi, zamonaviy xavfsizlik tizimi va betakror interyeri bilan alohida ajralib turuvchi Malibuda yangi dizaynerlik ishlanmalari qoʻllanilgan.
Malina- xo'jag'at, buldurg`un deb ham nomlanadi. Malina ko`p yillik chala buta bo`lib, rezavor meva hisoblanadi. Malinaning 120 ta yovvoyi turi bor. Malinaning madaniy navlari oddiy yoki qizil, dag`al tukli bo`ladi. O`rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa kabi mamlakatlarida o`stiriladi. Ildizi ko`p yillik, poyasi esa ikki yillik. Butasining balandligi 1 — 1,5 m, barglari toq patsimon, murakkab, ketma-ket joylashgan bo`ladi. Mevasi qizil, ba`zan sariq bo`ladi. Malina O`zbekistonda may oxiri — iyun boshidan pisha boshlaydi, ayrim navlari esa navlari avgustning ikkinchi yarmida ikkinchi marta meva tugadi. Mevasi juda foydali bo`lib, asosan, yangiligida yeyiladi, konserva sanoatida qiyom, jem, sharbatlartayyorlanadi. Quritilgan mevasi (damlamasi) tibbiyotda terlatuvchi dori sifatida, sharbati suyuq dorilar ta`mini yaxshilashda ishlatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin