Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə120/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Madaniy yodgorliklar-o‘tmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyoti, san’ati, me’morlik va hokazo namunalari. Madaniy meros uni yaratgan xalq tarixi bilan izchil va mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Shu xalqning qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha yaratgan va saqlanib kelgan adabiy-ma’naviy yodnomalari, moddiy-madaniy obidalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek xalqining boy adabiy-madaniy merosi yozma tarix boshlangandan keyin axomaniylar (mil.av. 558 – 330), salavkiylar (mil. av. 312–64), O‘rxun-Yenisey tosh bitiklari, turkiy (uyg‘ur) qo‘lyozma yodgorliklar, Turk xoqonligi (552–745), Arab xalifaligi (632–1258) va keyingi davrlar, xususan Amir Temur va temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, uch xonlik, Rossiya istilosi, sho‘rolar tuzumi davrlarida va, nihoyat, mustaqillik yillarida bunyod etilgan og‘zaki, yozma va moddiy yodnoma hamda yodgorliklardan iborat. Bular o‘zbek xalqining urf-odatlari, rasm-rusmlari, bayramlari, xalq ijodi namunalari, adabiyot va fan sohasida yaratilgan manbalar, tasviriy va amaliy san’at hamda musiqa asarlari, qadimgi bitiklar va arxeologik topilmalar, rang-barang me’moriy obidalarni qamrab oladi. Adabiy-madaniy merosni saqlash va urganish ham tarixiy, ham ma’rifiy qimmatga ega. Bular o‘zbek xalqining milliy iftixori hisoblanadi.
Madaniyat markazi-
Madaniyat markazi-
Mag`iz-
Magnitli temirtosh-
Magniy-
Mahalla- Oʻzbekistonda maʼmuriy-hududiy birlik bo`lib, oʻzini-oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadriyatlariga xos boʻlgan usuli. "Mahalla" atamasi arabcha boʻlib, "oʻrin-joy" degan maʼnoni anglatgan. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Adabiyotlarda mahallalarning koʻp ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Masalan,Narshaxiy oʻzining "Buxoro tarixi" asarida Buxoroda bundan 1100 yil ilgari bir qancha mahallalar boʻlganini qayd etib oʻtgan. Alisher Navoiy oʻzining "Hayrat ulabror" asarida mahallani "mahalla shahar ichidagi shaharcha"dir deb taʼriflaydi. Mahalla kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar, tuzumlar oʻzgarishiga qarab mahallaning vazifalari ham oʻzgarib turgan. Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat majburiyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. Mahalla rahbariyati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va mahalla obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin