Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə156/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Oq boshli qoqio`t-
Oq gulsapsar-
Oq gulxayri-(Althaea nudiflora) gulxayridoshlar oilasiga mansub, tik poyali,bo`yi 70-200 sm keladigan ko`p yillik o`simlik. Uning barglari 5-7 bo`lakli , chetlari tishsimon qirqilgan. Gullari yirik, to`pgul hosil qiladi.mevasi25-30 ta urug`dan tashkil topganurug`I 3-4 mm uzunlikda bo`lib,buyraksimon shaklda. Oq gulxayri iyun-avgust oylarida gullab, iyul-sentabr oylarida meva beradi.u tog` etaklarida, toshli, shag`alli qiyaliklarida uchraydi. Poyasidan turli xil arqonlar, iplar va boshqa matolar tayyorlanadi.
Oq parpi- Tyanshan va Pomir-Oloy tizmasidagi son va areal jihatidan qisqarib borayotgan o`simlik. Bo`yi 1,5 m ga yetadidigan ko`pyillik, tugunak ildizpoyali o`t. Ildizpoyasi tugunaklarning yonma-yon qo`shilishidan hosil bo`lgan. Poyalari oddiy bo`lib, tik o`sadi. Poyasining yuqori qismidagi bargalari bandsiz, qolganalri bandli, yaprog`I asosigacha yirik tishli bo`laklarga ajratilgan. Gullari poyaning yuqori qismida o`rnashgan, yirik shingil hosil qiladi. O`zbekistonning Piskom, Chotqol, Farg`ona, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalarida va Tojikiston, Qirg`iziston hududida ham o`sadi. Oq parpi tog`larning o`rta va yuqori qismlaridagi nam yerlarda va buloqlarning atroflarida o`sadi. Urug`idan ko`payadi. Xalq tabobatida dorivor o`simlik sifatida qadrlanadi. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Oq saksovul- (Haloxiylon persicum) shoʻradoshlar oilasiga mansub yirik buta. Balandligi 2,5–6 m. Ildizi 10–11 m chuqurlikka boradi. Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Iroq, Saudiya Arabistoni, Gʻarbiy Xitoyning choʻl va sahrolarida oʻsadi. Oq saksovul qumliklarni mustahkamlash uchun ekilad. Oqsaksovulni ko`kigida mollar yaxshi yemaydi. Uni kuz va qishda yumshagan shoxlarini yaxshi yeydi. Undan sifatli yoqilg`I sifatida keng foydalaniladi.
Oq sharbat-
Oq shirach-(Eremurus lactiflorus) g`arbiy Tyanshandagi kamayib borayotgan o`simlik. Bo`yining uzunligi 35-100 sm oralig`ida bo`lib, ko`p yillik o`simlik. Ildizpoyasi qisqa. Barglari keng, eni 13-25 mm, silliq bo`ladi. Shingili siyrak, ko`p gulli bo`lib, oq rangda, uzunligi 15-30 sm. Mevasi esa ko`sakday, yumaloq, 3 ta burmali silliq, eni 20-30 mm bo`ladi. Oq shirach may-iyun oylarida gullab, iyun-avgust oylarida mevasi yetiladi. Oq shirach Ugom, Piskom, Chotqol tizmalarida, Qorjontog`da tarqalgan. Bu o`simlik Qirg`iziston va Qozog`istonda ham o`sadi. U tog`larning o`rta qismidagi toshli va shag`alli yon bag`irlarida o`sadi. Urug`idan va vegetative yo`l bilan ko`payadi. Aholi tomonidan ko`p miqdorda terib olinishi tufayli soni kamayib bormoqda. Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin