Palapon- Palto- Panja- Parda- Paretka baliq- Parranda- Pashmak- Pashsha-(Toshkent shevasida), chivinlar (boshqa shevalarda) — 2 qanotli hasharotlar guruhi. Pashshaning gavdasi nisbatan yoʻgʻon, qanotlari keng , ogʻiz organlari yalovchi tipda bo`ladi. Qurtlarining oyogʻi va boshi boʻlmaydi. Gʻumbagi bochkasimon. Pashshalar yirtqich (qoʻtirlar), parazit (taxinlar, qon soʻruvchi pashshalar, soʻnalar, boʻkalar), oʻsimlikxoʻr (Gessen pashshasi), turli suyuq organik moddalar (chin pashshasi) bilan oziqlanadi. Pashshalar tabiatda koʻpchilik qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotxoʻr sut emizuvchilar uchun asosiy oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha pashshalar parazitlik qilishi va kasallik tarqatishi tufayli odam va hayvonlarga katta ziyon yetkazadi.
Past tog`- Pasttekislik-okean sathidan 200 m gacha baland bo`lgan quruqliklar. Pasttekisliklarning yer yuzasi ko`pincha yassi yoki past-baland tekisliklardan iborat. Pasttekisliklar tektonik cho`kish natijasida hosil bo`ladi. Tekisliklarning asta pasayishi va dengiz sayozligining ko`tarilishi oqibatida ham Pasttekisliklar vujudga keladi. Baʼzi Pasttekisliklar okean sathidan past joylashgan (Kaspiy bo`yi, Janubiy Kaspiy va boshqalar).
Pat- qush terisidagi shoxsimon moddali tuzilma. Kontur, ipsimon, parsimon, par va qilsimon pat turlari boʻladi. Kontur pat qalam uchi, oʻzak, oʻq va unga joylashgan yelpigʻichdan iborat. Kontur pat qush qanoti va dumida boʻladi. Ular tanasini qoplab turadi. Ipsimon pat uzun, nozik va yumshoq oʻqdan hamda uning uchida joylashgan siyrak soqolchalardan tuzilgan. Odatda, ipsimon patlar kontur pat ostida joylashadi. Parsimon pat par bilan birga tanani sovishdan saqdaydi. Qilsimon patda esa oʻzak rivojlangan, lekin soqolchalar boʻlmaydi. Qilsimon va ipsimon pat tuygʻu vazifasini bajarishi taxmin qilinadi. Pat ning yoyilib, rangining yoʻqolishi tullashga sabab boʻladi.
Paxta chanog`i- Paxta- chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mahsulot — tola (uzunligi 20 mm dan uzun) ajratib olinadi. Paxta toʻqimachilik, yogʻ-moy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Paxta asosan tropik va suptropik iqlimda yetishtiriladi. Yovvoyi paxta navlari xilma-xilligi ayniqsa Meksika, Avstraliya va Afrikada yuqori. Paxta tolasidan ip eshiladi, gazlama tayyorlanadi. Paxta matolar qadimdan maʼlum: Meksika va Pokistonda eramizdan avvalgi 5000-yillarga oid paxta gazlamalar topilgan. Bugungi kunda dunyo boʻylab yiliga 25 million tonnagacha paxta yetishtiriladi, paxta uchun sugʻoriladigan yerlarning 2,5%i ajratilgan. Xitoy paxta yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.