Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə160/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Oromgoh-
Orqa miya-
Osh tuzi-
Oshlovchi totim (sirka daraxti)- Hisor tizmasi va G`arbiy Tyanshandagi noyob o`simlik. Balandligi 3-4 m, ba`zan 6-10 m ham bol`adi. Noqulay sharoitda o`sganda buta shaklida ham bo`ladi. Bir yillik novdakari kulrang-qo`ng`ir, ko`p yillik poyalari esa jigarrang bo`ladi. Barglarining uzunligi 30 sm gacha yetadi. Gullari yashil-oqish, poyaning uchida cho`ziq urchuqsimon, to`pgul hosil qiladi. Mevasi yirik, tig`iz, yumaloq, to`-qizil rangli, nordon ta`mli bo`ladi. Danagi esa oval shaklida bo`lib, qattiq. Oshlovchi totem tog`ning baland quruq shag`alli va tog` yonbag`irlarida o`sadi. yorug`sevar o`simlik. Urug`idan va bachkisidan ko`payadi. O`tin sifatida ko`plab ishlatilishi va chorva mollarining yosh nihollarini oyoqosti qilishi natijaida soni keskin qisqarib ketgan.O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Oshqozon-
Oshqozon va ichak kasalliklari-
Osmon jismi-
Osmon- samo, fazo, koinot ham deb ataladi. Osmon, osmon gumbazi — Yer ustida gumbaz shaklida ko`rinib turadigan fazo (samo, falak, ko`k). Osmon bulutsiz kunlari kunduzi havo rang, kechalari qora bo`lib ko`rinadi. Kunduzi osmonda Quyoshni, ba`zan Oyni va kamdan-kam hollarda ba`zi osmon jismlari (masalan, Zuhra yulduzi, ya`ni Venera)ni, kechalari esa bir vaqtning o`zida 3000 tacha yulduz, sayyoralar, Oy, tumanliklarni, ba`zan kometa, meteor va boshqa osmon jismlarini ko`rish mumkin. Osmon cheksiz, uning oxirini ko`rish mumkin emas.
Ot- hayvonlar ichida eng aqlli hayvondir. Otlar odamning tashqi ko’rinishidan kayfiyatini bilishar ekan. Vafodorlikda itlardan keyingi o’rinda otlar turadi, otlar egalari olamdan o’tsalar ko’p o’tmay ot ham hech nima yemay nobud bo’lganlariga juda ko’p guvoh bo’lganlar. Ot minish sog’lik uchun foydali ayniqsa erkaklar uchun. Kishi ot minganida tananing barcha azosi, hattoki barmoqning uchigacha harakatlanadi, bu esa qon aylanishini yaxshilaydi.Otlar miloddan avvalgi 3-ming yillikdan maʼlum edi. Ot koʻp asrlar mobaynida asosiy transport vositasi, qishloq xoʻjaligining asosiy ish hayvoni edi. Otning boʻyi 2,5 m gacha, balandligi 50 sm dan 185 sm gacha, vazni 60 kg dan 1500 kg gacha boradi. Ular boshqa qishloq xoʻjaligi hayvonlaridan tez yugurishga yaxshi moslashgani, katta tortish kuchiga egaligi bilan ajralib turadi. Terisining junlari nisbatan kalta (1- 4 sm), toʻgʻri, jingalakligi kam uchraydi, peshonasining gajagi, yoli va dumi qillardan iborat. Bahorda va kuzda tullaydi. Ular qoʻlga tez o`rganadi, ishda, sportda, sirkda ulardan foydalanish qulay. Otlar 25, baʼzan 40 va undan ortiq yil yashaydi. Otlar otxonada, otxona - yaylovda (bahordan kuz-gacha) va yaylovda (yil boʻyi) boqiladi. Sutidan qimiz tayyorlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari qadimdan otlarni goʻsht olinadigan hayvon sifatida ham boqadi. Otxonada otlar suli, arpa, javdar, makkajoʻxori doni, kunjara, don-dukkaklilar pichani, sershira ozuqa (sabzi, lavlagi, kartoshka, silos), aralash yem-xashak bilan, yezda oʻtloqda boqiladi. Ot ozuqa-siga har kuni osh tuzi qoʻshib beriladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin