Poydevor-(fundament) (lotincha fundamentum - asos degan ma`noni bildiradi) - imorat va inshootning ost qismi. Ularning og`irligi poydevor orqali tabiiy yoki sunʼiy zaminga tushadi. Poydevor turlari qurilish maydonining shart-sharoitlariga, quriladigan imorat yoki inshootning vazifasiga, tushadigan ogʻirlikka qarab tanlanadi. Poydevorlar sayoz yoki chuqur joylashgan boʻladi. Sayoz poydevorlar shakl jihatdan lentasimon (devorlar tagiga uzluksiz lenta tarzida quriladi), alohida ustun yoki plita, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, aylanasimon (alohida ustun va tirgaklar tagiga quriladi) boʻladi. Tuzilishi jihatdan yaxlit (inshoot yoki uning alohida qismi tagiga quyiladi) va yigʻma (yostiqsimon boʻlaklar) xillarga boʻlinadi. Poydevor tosh, beton, temir-beton, pishiq gʻisht va namga chidamli mustahkam boshqa materiallardan quriladi. Vaqtinchalik qurilgan baʼzi imoratlarning poydevori yog`ochdan boʻlishi mumkin. Chuqur poydevorlar koʻpriklar va chuqur yer osti inshootlarini kurishda foydalaniladi. Qurilishda poydevorga katta ahamiyat beriladi, chunki imorat yoki inshootning mustahkamligi, uzoq davrga chidashi, koʻrkamligi koʻp jihatdan poydevorga bogʻliq.
Poytaxt-davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy markazi. Poytaxt, odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, poytaxt alohida boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi. Koʻpchilik mamlakatlarda poytaxt qayerda boʻlishi konstitutsiya matnida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatiladi. Chunonchi, Oʻzbekiston Respubli-kasi Konstitutsiyasining 6-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti — “Toshkent shahri" deyilgan.
Prangos- Prezident qarorgohi- Probirka- Pufanak- Pushtu tugmachagul- Qadimiy shahar- Qalampir- bir yillik dorivor sabzavot o`simligi. Poyasi tik o`sadi, ildizi ham yerning ostiga tik qarab o`sadi. Mevasi seruru`g` bo`lib, turli shakllarda bo`ladi. Mevasining rangi ko`pincha qizil, ta`mi o`tlir, achchiq, o`rtacha achchiq va chuchuk bo`ladi. Vitaminga boyligi bilan sabzavotlar orasida birinchi qatorida turadi. Achchiq qalampirning mevasi qizil va mayda bo`ladi. Chuchuk qalampirning mevasi yirik bo`ladi. Yarim achchiq qalampir qizil rangda bo`lib, uchli, uzun, qayrilgan bo`ladi.
Qaldirg`och-chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush bo'lib, ularning bir necha o'nlab turlari bor. Qanotlari uzun va tor, oyoqlari kalta, deyarli yura olmaydi, yerga faqat ini uchun material to'plashga tushadi. Yer yuzasining Arktika va Antarktidadan boshqa hamma qismida tarqalgan. O'zbekistonda shahar va qishloqlarda qishloq qaldirg'ochi ko'p uchraydi. Ular uchib yuradigan hasharotlarni havoda tutib yeydi. Hasharotlar esa faqat issiq havodagina uchadi, demak qaldirg'ochlar qishda och qolishi mumkin. Shu sababli ular qishda Afrika hamda Janubiy Osiyoga uchib ketadilar. Qaldirg'ochlar mart oyida uchib keladi va aprel-may oylarida in quradilar. Qaldirg'och inini, ko'pincha, yarim doira shaklida jun va xas-xashak aralash loydan yasaydi. Yiliga 1 - 2 marta 4 - 6 ta tuxum qo'yadi. Tuxumini 14 - 16 kunda ochib chiqadi. Qaldirg'ochlar avgust oyining oxirlarida oila bo'lib, issiq mamlakatlarga uchib ketadi.