Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə169/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qalqontumshuq ilon- (Ancistrodon halys pall) O`zbekistonda uchraydigan yagona shaqildoq ilon. Asosan Shimoliy va Janubiy Amerikada yashaydi. Tanasining uzunligi 70 sm gacha, dumi qisqa 4-8 sm bo`ladi. Ustida to`q rangli dog`lari bor. Tanasining yonida mayda va to`q rangli dog`lardan iborat yo`llari bor. Qalqontumshuq iyul-avgust oylarida 160-190 mm li 1-20 ta bola tug`adi. Ular sekin o`sadi. Qalqontumshuqning chaqishi juda og`itadi. Bunda odam shishib ketadi, issig`I ko`tariladi, ba`zan qorason kasalligi kuzatiladi. 109-15 kundan keyin tuzala boshlaydi.
Qamchiq dovoni- Qurama tizma tog`larida, Toshkent va Namangan viloyatlari chegarasida joylashgan. Balandligi 2269 m, shimoli-g`arbda Kuyindi tizmasi (1874 m) va janubi-sharqda Sulukota (2334 m) tizma tog`larining tutashgan joyida. Dovondan Toshkent—O`sh avtomobil yo`li o`tgan. Dovondan qadimda Buyuk ipak yo`lining shimoliy tarmoqlaridan biri o`tgan. Keyingi asrlarda ham savdo karvonlarining qatnovi to`xtamagan. 1990-yillar oxirida respublikada avtomobil transportining rivojlanishi munosabati bilan dovondan o`tuvchi yo`l jahon andozalariga moslab taʼmirlandi. Jami uzunligi 2,5 km bo`lgan Rezak va Qamchikda zamonaviy tunnel inshootlari ishga tushirildi. Endilikda dovonda transport harakati yil davomida xavfsiz bo`lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Qamish-(Phragmites communis) har xil suv havzalarida keng tarqalgan, baland bo’yli o’simlik bo’lib, 1,4-4 metr chuqurlikdagi suvlarda yaxshi rivojlanib, bo’yi 8 metrgacha yetadi. Oddiy qamish juda keng tarqalgan. O’rta Osiyo suv havzalaridagi qamishzorlar maydoni 3mln gektar, shu jumladan, Amudaryo bo’ylaridagi qamishzorlar 700 ming, Sirdaryo o’rta oqimidagi qamishzorlar maydoni 300 ming gektarni tashkil qiladi. Bu qamishzorlarning har gektaridan 120 tonna yashil massa olish mumkinligi aniqlangan. Oddiy qamish qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalar uchun eng yaxshi ozuqa-yemish manbayidir. Uning barra (9-10 barg chiqargan) ligida tayyorlangan pichani eng yaxshi hisoblanadi. Yashil qamishdan tayyorlangan silos makkajo’xori silosidan qolishmaydi. Bu o’simlikning tuganak ildizi yovvoyi cho’chqalar, suvda yashovchi mo’ynali hayvonlarning asosiy yemishi hisoblanadi. Bundan tashqari, qamishzorlar yovvoyi qushlar tuxum qo’yib, ko’payadigan eng yaxshi pana joy hisoblanadi.Qamish sanoatda qog’oz ishlab chiqarishda eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi. Qamishdan olingan qog’oz yog’ochdan olinganga nisbatan ancha arzonga tushadi. Qog’oz olish jarayonida ajralgan chiqindidan kley olinadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin