Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə177/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qizilqum qo`yi-(Ovis ammon) Qizilqum sahrosidagi yemirilgan tog` qoldiqlari va Usyurt tepaliklarida yashovchi tur. Uning yozda orqasi va ikki ton tomonidagi junlar jigarrang-qo`ng`ir tusda bo`ladi. Bo`ynining tagi, qorni oqish bo`ladi. Erkaklarining shoxlari katta va buralgan bo`ladi. Urg`ochilarining shoxlari kichkina, orqasiga qayrilgan va buralgan bo`lmaydi. Ular sero`t yassi tog`larda yuradi, dasht atroflaridagi baland tog`larda uchraydi. Bu qo`ylar erta saharda 10-11 gacha o`tlaydi, so`ngra dam olib yotadi. Urg`ochilari, bolalari hamda voyaga yetmagan erkaklari bilan yil bo`yi kichikroq poda bo`lib yuradi. Bolalari 4 yoshda voyaga yetadi. Urg`ochilari aprel-mayda bitta bola tug`adi.
Qizilqum-O`rta Osiyodagi qumli cho`l. Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida (O`zbekiston, Qozog`iston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shimoli-g`arbdan Orol dengizi, sharqda Tyanshan va Pomir-Olay tog` tizmalari bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 300 ming km². Hududining ko`p qismi tekislik. Qizilqumda o`rtacha balandlik janubiy va janubi-sharqida 300 m, shimoli-g`arbida 53 m. Qizilqum hududidagi Sulton Uvays tog`i, Bo`kantog`, Yetimtog`, Tomditov, Quljuqtov va boshqalar past tog`lar yuvilib ketgan joy hisoblanadi. Vaqtinchalik oqar suvlar tog`lardan yuvib tushgan materiallar tog` etaklariga to`planib past tekisliklarni hosil qilgan. Ular tog`lardan uzoqlashgan sari pasaya boradi. Shuningdek, Qizilqum hududida qirlar (Beltov va boshqalar), yassi plitalar, berk botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog`itma, Qoraxotin, Mo`lali va boshqalar) hamda qadimiy suvsiz daryo o`zanlari: Aqchadaryo, Janadaryo, Daryosoy, Quvonchdaryo, Mahandaryo va boshqalar mavjud. Qizilqumning markaziy qismida ko`pincha do`ng qumlar tarqalgan (ular ham o`simliklar bilan mustahkamlangan). Barxanlar nisbatan kam bo`lib, bular aholi yashaydigan joylar va quduqlar atrofida uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvar oyida eng past harorat –30, –31°, ayrim joylarda –34° bo`ladi. Eng yuqori harorat (iyulda) 46—49°. Qizilqumda yozda yer yuzasi qizib ketadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin