Qo`chqor- Qo`l- Qo`l-oyoq suyaklari- Qo`ng`ir ayiq- Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Amerikaning o‘rmonli o‘lkalarida tarqalgan. Qo`ng`ir ayiqning tanasi uzunligi 2,5 m, og‘irligi ba’zan 750 kg ga yetadi. O‘zbekistonning tog‘ o‘rmonlarida oqtirnoqli qo‘ng‘ir ayiq uchraydi. Qo‘ng‘ir ayiq oktabr- noyabrdan mart – aprelgacha daraxtlar kovagi, toshlarning ostidagi kovaklarda, tabiiy chuqur joylar yoki o‘zi qazigan iniga tushib qishki uyquga ketadi. Urg‘ochilari uyada 2–3 ta, ba’zan 1 yoki 4 ta nimjon bola tug‘adi. Ular o`simlik va hayvonlar bilan oziqlanadi. Qo`ng`ir ayiqlar yirik va besonaqay bo`ishiga qaramay tez yuguradi, chaqqonlik bilan daraxtga chiqadi, yaxshi suzadi va sakraydi. Ular asani juda xush ko`rishadi. Qo`ng`ir ayiqni qo`lga o`rgatish mumkin.
Qo`ng`ir ko`mir- ko`mirlanish darajasi eng past bo`lgan qazilma ko`mir, torfning toshko`mirga aylanishdagi shakli. Qo`ng`ir ko`mir torfdan o`ta zichligi, toshko`mirdan esa qo`ng`ir rangi bilan ajralib turadi. Qo`ng`ir ko`mir havoda mayda bo`laklarga bo`linib ketadi. Qo`ng`irk o`mirning rangi och sariqdan qoragacha bo`ladi. Qo`ng`ir ko`mir yumshoq, qattiq va tuproqsimon turlarga bo`linadi. Qo`ng`ir ko`mirlar kichik qatlamlardan tortib juda katta qatlamlar (100– 120 m) hosil qilgan. Dunyo bo`yicha qazib olinayotgan ko`mirning 20% qo`ng`ir ko`mirga to`g`ri keladi. Uning konlari xorijda Rossiya, Qozog`iston, Polsha, Germaniya va AQShda mavjud. O`zbekistonda Angren ko`mir konida, xorijda Sho`rob ko`mir konida qazib olinadi. Qo`ng`ir ko`mirdan energetik yoqilg`i va kimyoviy xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Qo`ng`ir temirtosh- Qo`ng`irbosh- (Poa bulbosa) boshoqdoshlar oilasiga kiradigan ko`p yilik o`simlik. Bo`yi 30-50 sm. U fevral-mart oylarida, kuzda yog`in bo`lsa noyabr oyida ham ko`karadi. Uning poyasi tik, seryog`in yillarda juda baland bo`lib o`sadi. Barglari ko`pincha ildiz tubida to`pbarg hosil qiladi. Qo`ng`irbosh aprel-mayda gullaydi. Guli sarg`ish. Urug`i qo`ng`ir rangda bo`lib, may-iyun oylarida pishadi. U urug`idan yaxshi ko`karadi. Urug`I tarkibida oqsil ko`p. u parrandalarga, qoramollarga yaxshi yem bo`ladi.