Qishloq xo`jaligi- moddiy ishlab chiqarish ning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar). Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.
Qiyoq- Qizil bo`ri- Qizil kitob- yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi, ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. 1948 - yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 - yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi. Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.
Qizil lola-G`arbiy Tyanshanda o`suvchi noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik. Bo`yi 10-45 sm oralig`id abo`lib, ko`p yillik o`simlik. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq, qobig`I ba`zan qalin charmsimon ba`zan yupqa qog`ozsimon bo`ladi. Barglarining soni 3-4 ta bo`lib, egri-bugri, qizg`ish bo`ladi. Gullari yakka, to`q sariq, ba`zan to`q qizil, sariq, qizg`ish dog`li bo`ladi. Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyul oyida mevasi yetiladi. Chotqol va Piskom tizmalarida tarqalgan (Toshkent viloyati). Qozog`iston va Qirg`izistonda ham uchraydi. Asosan, tog`ning pastki qismidagi shag`alli va soz tuproqli yonbag`irlarida o`sadi. urug`idan va kamroq vegetative yo`l bilan ko`payadi. Qizil lolaning guli va piyozlarining ko`p miqdorda yig`ib olinishi va chorva mollarining ko`plab boqilishi natijasida soni kundan-kunga kamayib ketmoqda. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.