Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Qonso`ruvchi hasharotlar-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə182/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qonso`ruvchi hasharotlar-
Qoplon- (leopard) chiroyli, xipcha, chaqqon va baquvvat yovvoyi hayvon. Gavdasining uzunligi 1,5 m dan ortiq, og`irligi 75-100 kg keladi. Boshi kata va yumaloq, mo`ynasi qora xolli malla tusda bo`ladi. Tropik mamlakatlarda qora qoplon uchraydi, u pantera deb ham ataladi. Qoplon Afrikada va janubiy Osiyoda tarqalgan, tropic va subtropik va aralash o`rmonlarda, tog` yonbag`irlarda yashaydi, daraxtga oson chiqadi. O`ljasini daraxt shoxlari orasida yoki yerda o`tlar orasida bekinib yotib tutadi. Qoplon har yili 2-3 ta bola tug`adi, bolalari ikki yilda voyaga yetadi. Antilopalar, kiyiklar, ba`zan esa maymunlarni ham tutib yeydi. Tunda ov qiladi. Qoplon g`orlarga, chiqib bo`lmaydigan qoyalar orasiga uya quradi.
Qoqio`t- (Taraxacum offisinal) murakkabguldoshlar oilasiga kiradigan ko`p yillik o`simlik. Bo`yining balandligi 5-15 sm. Barglari yerga to`shalgan, ko`m-ko`k, tuksiz, uzunligi 10-25 sm keladi, uchlari ancha katta va uchburchaksimon bo`ladi. Qoqio`t mart oyida ko`karadi u ildiz oldi barglar hosil qilib rivojlanadi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari savatchada joylashgan, och sariq, tig`iz yukli bo`ladi. Iyun-iyul oylarida meva hosil qiladi. Urug`I kulrang- qo`ng`ir bo`ladi. Qoqio`t ariq, yo`l yoqalarida, bedapoyalarda, qishloq va ovular atrofida o`sadi. Uni mollar kam yeydi. Lekin u dorivor o`simlik sifatida xalq tabobatida keng qo`llaniladi.
Qor barsi (ilvirs)- (qor qoploni ham deyiladi) (Uncia uncia) mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. Ilvirsning faqat bitta turi mavjud. Tanasining uzunligi 103 - 130 sm, dumi 80—105 sm bo`ladi. Ilvirsning juni kulrang-sarg`ish qoramtir xolli boʻladi. Yungi qalin va paxmoq boʻladi. Markaziy va Oʻrta Osiyoning baland togʻli hududlarida doimiy muzliklarda uchraydi. Qishda birmuncha pastroqqa — ignabargli daraxtzorlar orasiga tushadi. Ular 1 - 5 tagacha, odatda, 2—3 ta bola tugʻadi. Togʻ qoʻylari, baʼzan quyon, sugʻur kabi hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni va turi toʻxtovsiz qisqarib bormoqda. Shuning uchun Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Qor- havo harorati 0 dan past boʻlganda bulutlardan muz parchalari tarzida yogʻadigan yogʻin. Muz parchalari olti burchakli yoki olti qirrali shaklda bo`ladi. Havo harorati 0 atrofida boʻlganda qor uchqunlari bir-biri bilan yopishib, diametri 1 sm keladigan yirik qor pagʻalarini hosil qiladi. Oʻrta va yuqori kengliklarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) qor, asosan, qishda yogʻadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin