Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə185/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qora temirtosh-
Qorabayir- zotdor ot bo`lib, salt miniladigan va aravaga qo`shiladigan, qishloq xo`jaligi ishlarini bajarishda foydalaniladi. Qadimgi O`rta Osiyo arg`umoqlarini mo`g`ul, turkman va arab ot zotlari bilan chatishtirib, takomillashtirish asosida O`zbekistonda yetishtirilgan. "Qorabayir ot zoti" atamasi 19-asrning 2-yarmida paydo bo`lgan va "qo`lbola", "xonaki ot" ma`nolarini bildiradi. Unga qadar Sharq va G`arb yozma manbalarida Buxoro, Qo`qon, Samarqand va h.k. otlari tilga olingan. Tana tuzilishi yirik, ko`krakdor, qovurg`alari tikroq, ishchanlik xususiyatlari yuqori, kuchli, chidamli, chopqir, mahalliy iqlimga, tog` sharoitlarida boqishga. Ushbu otning og`irligi o`rtacha 400 kg . Tusi ko`proq to`riq, jiyron, kulrang yoki to`q sariq-malla (20%), qora va saman ranglilari kam uchraydi.
Qorabosh-
Qoradaryo- Andijon viloyatidagi daryo (boshlanish qismi Qirg`izistonda). Sirdaryoning asosiy irmoklaridan biri. Qora daryoning uzunligi (Tar daryosi bilan birga) 318 km, havzasining maydoni 28,6 ming kv.km. Farg`ona tizmasining janubi-sharqiy va Olay tizmasining shimoliy yon bag`irlaridan boshlanadigan Tar va qorag`ulja daryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Daryoga ikkita yirik irmoq — Yassi va Qurshob daryolari kelib qo`shiladi. Daryo qor va muzlik suvlaridan to`yinadi. Yillik oqimining 55 foizi mart — iyul oylariga to`g`ri keladi. Ba`zan qishda qisqa muddat qirgoqqa yaqin qismi muzlab muz va shovush oqishi kuzatiladi. Farg`ona vodiysiga chiqqanidan so`ng daryo suvi ko`plab sug`orishga sarflanadi. Katta Farg`ona kanali, Shahrixonsoy, Andijonsoy va Paxtaobod kanallari Qoradaryodan suv oladi. Daryo suvidan Andijon viloyati va Qirg`izistonning O`sh viloyati ekin maydonlari sug`oriladi.
Qorag`at-
Qorako`l qo`yi- moʻynali terisi uchun boqiladigan dagʻal junli dumli qoʻy zoti. Bu zot bir necha yuz yillar oldin hozirgi Oʻzbekiston (Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani) hududida jaydari qoʻylarni xalq seleksiyasi usulida uzoq vaqt tanlash va chatishtirish natijasida yaratilgan. Qorakoʻl qoʻy zoti dunyoning (Avstraliyadan boshqa) barcha qitʼalarida 50 dan ortiq mamlakatda kop`aytiriladi. Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron, Janubiy Afrika Respublikasi eng koʻp Qorakoʻl qoʻy zoti boqiladigan davlatlar hisoblanadi. Qorakoʻl qoʻy zoti dumli qoʻylar turiga mansub, dumining uch qismida zotga xos ilmoqnamo oʻsimta mavjud. Jun qoplami dagʻal jun turiga mansub. Koʻpchilik Qorakoʻl qoʻy zotlari govkalla, tanasi baquvvat, dumida koʻp yogʻ toʻplanadi. Qoʻzilari qora (80%), kulrang , jigarrang , sur va boshqa tusli bo`ladi. Bir yarim yoshdan keyin tumshugʻi, quloqlari va oyoqlaridan boshqa joyidagi qora junlar oqara boshlaydi. Katta yoshli ona qoʻylar shoxsiz, vazni 42—45, qoʻchqorlari yirik, burama shoxli, vazni 55–60 kg , yangi tugʻilgan qoʻzilarining oʻrtacha vazni 4—4,5 kg keladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin