Qor qoploni- Qora ayiq- Qora chittak- Qora grif- Qora ilon-qora ilonning bir turi bo`lib, asosan cho`llarda yashaydi. Tanasi nisbatan yoʻgʻon, uzunligi 2 m gacha bo`ladi. Boshi uchburchak yoki trapetsiyasimon. Koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan. Jagʻlarining oldingi qismida zahar oʻtkazuvchi 1—2 tadan yirik naysimon tishi va 3—5 tadan mayda tishchalari boʻladi. Yerda yashaydi, ayrim turlari daraxtga oʻrmalab chiqa oladi. Ular mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi, tuxumdan tirik tugʻadi. Qora ilon zaxarli bo`lib, uning zaxri odam hayoti uchun xavfli. Zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Bugungi kunda ularning soni kamayib bormoqda.
Qora janjal- qorasemiz ham deyiladi. Xalq seleksiyasida chiqarilgan oʻrta kechpishar mahalliy xoʻraki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha (diametri 17—22 sm), toʻgarak, usti yaltiroq bo`ladi. Uzum boshi yirik — 300—400 g (boʻyi 16—25 sm), keng konussimon, zichligi oʻrtacha. Gʻujumi yirik (4,8 g), seret, shirali, oval yoki silindrsimon bo`ladi. Binafsha-qoramtir, poʻsti esa qalin bo`ladi. Qorajanjal sentabrda pishadi. Uzumining sifatliligi jihatidan xoʻraki navlar orasida 1-oʻrinlarda turadi. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Yurtimizda Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida oʻstiriladi.
Qora kalxat- (Milvus migrans bodd) qirg`iysimonlar oilasiga mansub qush. Uning dumi ayri shaklda. Qanotining uzunligi 410-510 mm. qora kalxat Markaziy Afrika va Osiyoning janubida qishlaydi. U mart oyida Orta Osiyoga uchib keladi. Makiyoni aprel-may oylarida 1-5 ta tuxum qo`yadi. Tuxumlari oq rangda bo`lib, qo`ng`ir dog`lari va chiziqchalari bor. Jo`jalari 6 haftalik bo`lganda inidan uchib chiqadi. Kalxat o`laksalar bilan oziqlanadi. Bundan tashqari kemiruchilar, qo`ng`iz va chigirtkalar, ba`zan qushlar bilan ham oziqlanadi. Qora kalxat foydali qush.
Qora laylak-(Ciconia nigra) tog`, qoya va daraxtzorlarda yashovchi noyob qush. U oq laylaklardan pat qoplamida qora parning ko`p bo`lishi va biroz kichkinaligi bilan farq qiladi. Qanotining uzunligi 520-580 mm, tumshug`i 150-190 mm. og`irligi 3 kg gacha keladi. Qora laylak O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.