Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə180/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qo`rg`oshin-
Qo`riqxona- tabiatda yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvon turlarini muhofaza qilinadigan va ko`paytiriladigan joy. Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi. Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi. O'zbekistonda, birinchi qo’riqxona- 1929-yilda Turkistonning g`arb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan. Ikkinchi qo’riqxona – 1941-yilda_Orol daryosi qirg`oqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega. Uchinchi Qo’riqxona - 1947-yilda Toshkent viloyatining Ohangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 gektarga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. 1961-yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo qo’riqxonasi deyiladi. 1971-yilda respublikada 3 ta qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi, Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum qo’riqxonasi tashkil qilingan. 1975-yilda yana 4 ta qo’riqxona tashkil etildi. Vardanzi (Buxoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda). 1976-yilda Qashqadaryoda Miroqchi qo’riqxonasi , 1977-yilda Jizzaxda Arnasoy,1978-yilda Farg`onada Abdusamat, 1986-yilda Surhondaryo qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payg`ambar qo’riqxonasi qo’shildi.Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz hududida yana bir qancha qo’riqxonalar bor. Har qaysi qo’riqxonada ma'lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, tabiati o’rganiladi.Qo’riqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir.
Qo`shoyoq- kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Uning 30 turi maʼlum. Yevrosiyo, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Tanasining uzunligi 5—26 sm. Dumi tanasidan uzun, uchida bir tutam tuki bor. Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan 3—4 marta uzun, 1-va 5-barmoqlari qisqargan yoki butunlay yoʻq. Keyingi 2 oyogʻida sakrab harakat qiladi. Qo`shoyoq 3 m gacha uzunlikka sakraydi. Iliq va issiq mintaqalardagi dasht, choʻl va chala choʻllarda, togʻlardagi ochiq landshaftlarda yashaydi. Yilda 2 martda 1—8 tadan bolalaydi. Hamma qo`shoyoq qishki uyquga kiradi. Tunda yoki oqshomda faol. Oʻsimlikning yer ostki qismi, urugʻlari, baʼzan hasharot va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyoda mitti qo`shoyoq, katta qo`shoyoq, seversov qoʻshoyogʻi, yemuranchik qoʻshoyoq, jun oyoqli qo`shoyoq, turkman qoʻshoyogʻi, taroq-barmoqli qo`shoyoq va boshqa turlari tarqalgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin