Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə190/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qulupnay- yertut — ra`noguldoshlar oilasiga mansub ko`p yillik o`tsimon o`simlik. O`zbekistonda ko`proq bog` qulupnayi turi ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Tupi o`rtacha shoxlangan, bo`yi 10 sm gacha. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon to`pgulga yig`ilgan.gullari oq yoki oqish-sariq, o`zidan changlanadi. May-iyunda pishadi. Mevasi to`q qizil, ba`zan naviga qarab oq (oqpar), 3—5 g dan 20—40 g gacha bo`ladi. Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Qulupnay namlikni va yorug`likni yaxshi ko`radi, sovuqqa chidamsiz o`simlik. Bir yerda 4— 5 yil o`stiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi.
Qum- (tuproq) — bir-biri bilan birlashmaydigan, yerning unimdor qatlami,mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi. Togʻ jinslarining mayda boʻlakcha (parcha)lari va turli minerallarning dumaloq va qirrali zarrachalaridan tarkib topgan. Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra qum daryo, koʻl, dengiz va boshqa turlarga boʻlinadi. Qumda oltin, platina, olmos, sapfir, rubin va boshqa koʻpgina qimmatbaho minerallar mavjud. Bu minerallarning bir qismi foydali qazilma sifatida ajratib olinadi. Tabiiy va sunʼiy (togʻ jinslarini maydalash yoʻli bilan olinadigan) qumdan qurilishda va qurilish materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kvarsli qumdan shisha, chinni, qurilish keramikasi ishlab chiqarish hamda quyma shakllar yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Qum mushugi-
Qumlik-
Qum-shag`al materiallari-
Qumsichqon- olaxurjunlar oilasiga mansub kemiruvchilar hayvon. Gavdasining uzunligi 5 sm dan 19 sm gacha, dumi 3 sm dan 24 sm gacha bo`ladi. Koʻrinishi kalamushga oʻxshash, lekin dumining uchida bir tutam uzun junlari boʻlishi bilan undan farq qiladi. Qumsichqonning 80 ga yaqin turi Osiyoning choʻl va chala choʻllarida, Afrika savannalari va togʻ oldi hududlarida tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida katta qumsichqon va kichik qumsichqon urugʻlariga mansub katta qumsichqon, yulgʻun qumsichqoni, qizilqum qumsichqoni, tushki qumsichqon tarqalgan. Koʻpchilik turlari kechqurunlari yoki kechasi faol. Uyada yashaydi. Katta qumsichqon Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarida keng tarqalgan. Ular yaylovlar, saksovul va choʻldagi butalarga katta ziyon keltiradi. Qumsichqon oʻlat, teri leyshmaniozi, kana toshmali terlamasi va boshqa kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarini saqlovchi tabiiy manba hisoblanadi.
Qunduz- suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar hayvon. Yevropa, Osiyo, Shimoli-G`arbiy Afrikada cho`llardan boshqa joylarida tarqalgan. Gavdasining uzunligi 55—95 sm, nisbatan ingichka va egiluvchan, vazni 10 kg gacha. Dumi 45 sm gacha. Oyoklari kalta, barmoqlari orasida suzgich parda bo`ladi. O`zbekmstonda qunduzning faqat bir turi tarqalgan. Qunduz chuchuk suv havzalari yaqinidagi inlarida yashaydi. Sho`ng`iganida quloq va burun teshiklari maxsus klapanlar bilan bekiladi. Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin tullaydi. Yumshoq to`shamali uyasini suv havzasining baland qirg`oqlarida yashaydi. Asosan, baliq, baqa, ba`zan o`rdak va boshqa bilan oziqlanadi. Mo`ynasi (ayniqsa, qishki) qimmatbaho hisoblanadi. Soni keskin kamayganligi uchun ovlash taqiqlangan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin