Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə189/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qoshiq-
Qotishma-
Qovoq- yotiq poyali, ekiladigan va yovvoyi holda ham o`sadigan poliz o`simligi. Qovoqning vatani amerika, uning 13 turi bor. Kamchilik turi madaniy o`simlik. Qovoq suvda pishirib, yoki qovurilgan holda iste`mol qilinadi. Bundan tashqari qandolarchilik mahsulotlari tayyorlashda ham ishlatiladi. Qovoqning mevasi seret bo`ladi. Urug`idan ko`payadi, guli sariq rangda bo`ladi. Qovoqning urug`idan yog` olinadi, uning urug`i xomligicha yeyilsa gijja kasalligiga davo bo`ladi.
Qovun- bir yillik poliz o`simligi. Qovun poyasi qattiq tuklar bilan qoplangan, qirralari yumaloq bo`lib, asosan, yotib o`sadi. Qovunning meva hosil qiluvchi gullari sariq rangda bo`lib, yon shoxlarida yakka-yakka ochiladi. Qovun mevasi seret va serurug` bo`lib, xilma-xil bo`ladi. Bu issiqsevar o`simlik bo`lib, +15, +30 haroratda yaxshi o`sadi. Qovun mevasi juda foydali bo`lib, qimmatbaho oziq-ovqat hisoblanadi. O`rta Osiyoda qovunning o`ndan ortiq eng yaxshi navlari yetishtiriladi. Qovunning itqovun degan turi begona o`t hisoblanadi.
Qoyatosh-
Qozog`iston- yoki Qozog`iston Respublikasi Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar audan (tuman)larga bo`linadi. Poytaxti – Nursulton shahri. Qozog`iston BMT aʼzo davlat. Qozog`istonning katta shaharlari Olmota, Chimkent, Qarag`andi, Taraz, Aqto`be. Bu davlat yer maydoni bo`yicha (2 mln 724,9 ming km²) jahonda 9-o`rinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubida – Turkmaniston – 380 km, O`zbekiston – 2 300 km va Qirg`iziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. G`arbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubida Orol dengizi suvlari yuvib turadi.
Qozon-
Qozoqtog`-
Quljuqtog`- Navoiy viloyatidagi togʻ. Qizilqumdagi qoldiq togʻlardan biri, Janubiy Qizilqumning chekka qismida joylashgan. Quljuqtog`nisbatan past togʻ boʻlib, eng baland joyi 785 m. Iqlimi keskin kontinental. Quljuqtog` quruq va issiq iqlim sharoitida ekzogen jarayonlarga koʻproq duch kelgan, natijada yemirilib pasayib qolgan. Uning shimoliy yon bagʻri qiya va koʻplab quruq oʻzanlar bilan kesilgan. Bahorda bu oʻzandan qisqa muddat suv oqadi. Iyulda eng yuqori havo harorati +48, yanvarda eng past harorat —28,5 bo`ladi. Foydali qazilmalardan oltin, grafit, volfram va boshqa bor. Togʻ etaklarida qumloq tuproq va mustahkamlangan qum uyumlari mavjud. Shuvoq, boyalich, soy etaklarida esa yulgʻun uchraydi. Hayvonlardan qoʻshoyoq, tulki, chiyaboʻri, kaltakesak, toshbaqa, charx ilon, koʻzoynakli ilon, togʻ etaklarida yumronqoziq yashaydi. Quljuqtog` va uning etagidagi yerlardan chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Qulon- yovvoyi eshaklarning Osiyoda yashaydigan bir turi, ba`zilar uni jaydsari otning bir turi deydilar. Suriya, Eron, Afg`oniston, Mo`g`iliston va Turkmanistonda uchraydi. Oyoqlari uzun, o`zi xipcha, gavdasining uzunligi 2,1 metrga, balandligi 1,2 metrga, og`irligi 120-125 kg ga yetadi. Qulog`i otnikidan kata, eshaknikidan kichikroq, terisi qumrang-sariq bo`ladi. Cho`l va sahrolarda pod abo`lib yashaydi, suv axtarib ko`chib yuradi, o`t-o`simliklar bilan oziqlanadi. Qulonlar go`shti va terisi uchun ov qilinadi. Qulonlar juda sezgir hayvon.
Quloq- odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi hisoblanadi. Quloq uch qismdan iborat. Tashqi, oʻrta va ichki quloq farq qilinadi. Tashqi quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻli kiradi. Oʻrta quloqning tashqi devori — quloq pardasi yupqa, ammo pishiq plastinkadan iborat. Ichki quloq chakka suyagining piramida qismi ichida joylashgan boʻlib, suyak va parda labirintdan iborat. Odamlar va hayvonlarda quloq bir juft bo`ladi. Ularning quloqlari har xil tuzilishga ega. Masalan filning qulog`I juda kata bo`ladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin