Qurilish materiali- binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (msalan, sement, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (masalan, akustika materiallari, issiqlik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor. Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-mexanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallardir. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa sintetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (linoleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (penoplastlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. Lok va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi. Oʻzbekistonda qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Uzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan.
Qurilish toshi- Qurt- toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (kapalaklar, qoʻngʻizlar, ikki qanotlilar, pardaqanotlilar va boshqalar)ning tuxumdan chiqqan lichinkasi. Qurt tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, choʻziq, chuvalchangsimon (nomi shundan). Qurtning tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotlardan keskin farq qiladi. Qurt 4—5 marta tullash orqali oʻsadi. Oxirgi tullashdan soʻng gʻumbakka aylanadi. Gʻumbak davrida qurtning organlari yemirilib, voyaga yetgan hasharotlar uchun xos organlar hosil boʻladi. Bir qancha hasharotlarning qurtlar qishloq xoʻjaligi ekinlarining xavfli zararkunandasidir.