Karadrina qurti- Karam- bir, ikki va ko`p yillik o`simliklar, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning juda ko`p turlari yetishtiriladi. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh o`raydigan oddiy) karam, qizil karam, gulkaram, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili o`zagidan gulpoya chiqarib, urug`laydi. Barglarining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining rangi och-yashil, to`q-yashil, kulrang-yashil, ko`kish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, ko`k-yashil va qizil-binafsha tusda. Karam ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida iste`mol qilinadi. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi. Karam urug`ini ekish ham mumkin, ko`chat qilish ham mumkin.
Karam kapalagi- Karb baliq- Karbonat angidrid- Yer atmosferasidagi gaz. O`simliklar karbonat angidrid gazini yutadi, chunki u ularga oziq moddalarni ishlab chiqarish uchun kerak. Odamlar kislorodni yutib, karbonat angidrid gazini chiqaradi.
Karnay- Kartoshka- bir yillik, yovvoyisi ko`pyillik bo`lgan o`simlik. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika. Bugungi kunda kartoshka deyarli barcha mamlakatlarda ekiladi. Kartoshka tugunagi muhim oziq-ovqat mahsuloti bo`lib, nondan keyin ikkinchi o`rinda turadi. U qishloq xo`jaligi hayvonlari uchun ham muhim oziq hisoblanadi. Kartoshka sernam va hosildor yerlarda yaxshi hosil beradi.
Kartoshka kurtagi- Kartoshkagul- tugunakli, chiroyli gullaydigan, ko`p yillik o`simlik. Poyasining ichi naysimon bo`sh, g`ovak va mo`rt bo`ladi. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan bo`lib, patsimon bo`lingandir. Kartoshkagul o`z gullarining shakl va rangi jihatidan xilma-xil bo`lishi bilan ajralib turadi. Uning ko`pgina tirlari O`zbekistonning hamma joylarida manzarali o`simlik sifatida ko`plab ekiladi. Uning tugunaklari kuzda birinchi sovuq tushgandan keyin yig`ib olinadi, hamda +4, +5 bo`lgan haroratda saqlanadi.
Kasallik- betoblik, xastalik ham deyiladi — organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli omillari taʼsir etganda roʻy beradigan patologik jarayon. Kasallik haqidagi tushuncha tibbiyot tarixida oʻzgarib bordi. Kasallikning paydo boʻlishida tashqi muhit omillari yetakchi rol oʻynaydi, chunki ular organizmga bevosita taʼsir etish bilan birga uning ichki xususiyatlarini ham oʻzgartira oladi, bu oʻzgarishlar nasldan-naslga oʻtib, unda kasallikni yuzaga keltirishi mumkin. Kasallik, koʻpincha, haddan tashqari kuchli taʼsirotlar, turli mikroorganizmlar, zaharlar taʼsirida vujudga keladi. Bunda organizmning tashqi muhitga moslashuvi susayib, uning muhit bilan oʻzaro muvozanati bu-ziladi. Organizmning rivojlanish nuqsonlari yoki irsiy kamchiliklar ham K.ka sabab boʻlish mumkin. Har bir kasallik umuman butun organizm hayot faoliyatining buzilishiga olib keladi. Kasallikning oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari boʻladi. Kasallikning oʻtishida 4 bosqich yoki davr: yashirin (latent), prodromal (dastlabki), avj olish va tuzalish davri farq qilinadi.
Kasb-(lotincha professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik degan ma`noni bildiradi) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi. Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, shifokorlik kasbida xirurg , oftalmolog , dermatolog va boshqalar). Kasb, odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.