Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə145/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

O`rmon- tabiiy (urugʻidan, bachkisidan) hamda sunʼiy (urugʻ yoki koʻchat ekib) yoʻl bilan tiklanadi. Tabiiy oʻrmonlar asosiy maydonni egallaydi. Oʻrmon tarkibi va rivojlanishiga koʻra bir qancha tiplarga ajratiladi. Har bir tip muayyan bir turdagi daraxtlar, butalar, shuningdek, oʻtlar, butachalar iborat. Oʻsish mintaqalariga koʻra, oʻrmonlar Shimoliy yarim sharda tropik, subtropik, geografik zonallikka koʻra tundra, tayga, dasht, choʻl, toʻqay va boshqalar, oʻsimlikdaraxtlar tarkibiga koʻra qaragʻay, archa, qayin, eman va boshqa oʻrmonlariga boʻlinadi. Oʻrmonning rivojlanishi tuproq, iqlim sharoiti, hayvonlar ishtiroki va roli, insonning bevosita aralashuvi bilan bogʻliq. Oʻrmondan unumli foydalanilsa, yetilgan daraxtlar tanlab qirqilsa, oʻrmon uzoq yashaydi, yaxshi tiklanadi. Oʻrmon, oʻz navbatida, tuproq sharoitiga, uning suv rejimiga, strukturasiga, organik va mineral moddalarning toʻplanishiga, tuproq unumdorligiga katta taʼsir koʻrsatadi. Oʻrmonlar odamzod uchun kerakli boʻlgan kislorodning 60% ni ishlab chiqaradi. Oʻrmon sogʻlomlashtirish ahamiyatiga ega. Tuproqni shamol va suv eroziyasidan, temir va avtomobil yoʻllari, kanallar, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydonlarni, aholi punktlarini turli noqulay tabiiy hodisalardan himoya qiladi. Oʻrmonlar togʻlarda sel oqimlarining vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaydi, qor koʻchishi, tuproqlar siljishining oldini oladi. Oʻrmon yogʻochlaridan 20 mingdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi.
O`rmon zonasi- Yer yuzidagi quruqlikning 30% ga yaqin qismini egallaydi. O`rmon zonasi joylashgan mintaqasiga qarab bir qancha turlarga bo`linadi. Ekvatorial o`rmon zonalari, subtropik o`rmon zonalari, tropik mintaqalardagi oʻrmon zonalari, mo`tadil mintaqalardagi oʻrmon zonalari kabilar mavjud. Oʻrmon zonalaridan qishloq xoʻjaligida, ayniqsa, dehqonchilikda keng foydalaniladi. Baʼzi joylarda oʻrmonlar kesilib, koʻp yerlar ekin maydonlariga, plantatsiyalarga aylantirilgan. Baʼzi hududlarda oʻrmon xoʻjaliklari va ovchilik keng rivojlangan. Hozirgi kunda oʻrmonlarni muhofaza qilish muammosi yuzaga kelgan. Oʻrmonlarni tartibsiz daraxt kesish, yongʻinlar, turli kasallik va zararkunandalardan saqlash zarur vazifa boʻlib kelmoqda. Oʻzbekistondagi togʻlarda keng bargli, aralash va archa oʻrmonlari, tekisliklarda choʻl saksovulzorlari, toʻqay oʻrmonlari mavjud. Ular suv, tuproq muhofazasiga xizmat qiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin