Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə167/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Poliz-
Poliz ekinlari- oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida ekiladigan, palak otib o`sadigan madaniy ekinlar guruhi. Ayrim olimlar Poliz ekinlariga faqat tarvuz, kovun va qovoqnn kiritadilar; chirmashib yoki yerda yotib usadi. Osiyo, Afrika va Amerikakabi mamlakatlarida tarqalgan. Hozirgi davrda barcha qit`alarda ekiladi. Poliz ekinlari mevasi parhez xususiyatiga ega qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; chorva mollariga ozuqa sifatida beriladi. Urug`idan yog` olinadi.
Pomidor- bir yillik sabzavot o`simligi. Pomidorning 10 ta turi mavjud. Pomidor issiqsevar, qurg`oqchilikka chidamli, ko`p namlikni xushlamaydi, ammo tuproq tanlamaydi. Pomidor odatda issiqxonalarga ekiladi va ko`chat qilinadi. Pomidorning poyasi yotib o`sadi. Mevasi esa qizil rangda bo`ladi. Bugungi kunda pomidorning turli navlarining mevasi sariq va qora rangda bo`ladi. Pomidor hosildor o`simlik. (lotincha Solanum lucopersicum) bir yillik, tropik iqlimlarda koʻp yillik oʻt oʻsimlikdir. Sabzavot ekini sifatida keng ekiladi. Imiy terminologiyada tomat nomi ishlatilsada, Oʻzbekistonda oʻsimligi ham, mevasi ham pomidor yoki „pamildori“ (xalq orasida) deb yuritiladi. Pomidor italyancha pomodoro soʻzidan olingan boʻlib, „oltin olma“ degan maʼnoni anglatadi. Ingliz, yapon, koreys tillarida tomato, xitoy tilida shu fan qie, fransuz tilida arbe a tomates, tomate arbustive, nemis tilida tomatobaum, zbaumtomate, baumtomatenstrauch, ispan tilida esa tomate deb nomlanadi. Pomidor ilk bor Amerika materigida kelib chiqqan. Keyinchalik ispanlar Amerikada mustamlakalar oʻrnata boshlaganidan soʻng butun dunyoga tarqalgan. Hozirgi kunda pomidorning juda koʻp navi dunyoning turli mamlakatlarida yetishtiriladi. Pomidor ham pishirilmasdan, ham turli taomlar va qaylalar yoki ichimliklar ingrediyenti sifatida isteʼmol qilinadi. Pomidor oʻsimligi odatda 1-3 metr balandlikkacha oʻsa oladi. Poyasi boʻsh boʻlib, koʻpincha yerda tarqalib va boshqa oʻsimliklarga chirmashib oʻsadi.
Pomir tog`i- Oʻrta Osiyodagi yirik togʻli oʻlka. Asosan, Tojikiston (Togʻli Badaxshon muxtor viloyati) hududida, janubdagi kichik qismi (Vahon tizmasining sharqiy qismi) Afgʻoniston hududida, sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan. Pomirning shimoliy chegarasi Orqa Olay tizmasining shimoliy etagidan, janubdagisi Panj va Vahondaryo, Vahon tizmasi hamda Toshqoʻrgʻon daryosining boshlanish qismidan oʻtadi. Sharqda Pomirga Sariqoʻl tizmasi (eng baland joyi 6351 m) va Qashqar togʻlari kiradi. Qashqar togʻlarining eng baland choʻqqilari — Qoʻngʻir (7579 m), Muztogʻota (7555 m), Oqsoyboshi (6148 m). Gʻarbda Pomirning chegarasi Panj daryosi, shimoli- gʻarbida Pomirga Pyotr I va Darvoz tizmalari kiradi. Pomir kenglik boʻylab taxminan 300 km ga yaqin, meridian boʻylab 250 km ga choʻzilgan. Pomirning shimoliy qismidagi Orqa Olay tizmasi kenglik boʻylab, gʻarbdan Qizilsuv va Muksuv daryolarining qoʻshilish qismidan sharqqa, Otchaylo choʻqqisigacha choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi 6000 m, eng baland joyi 7134 m. Orqa Olay tizmasining sharqiy qismida Qizilart dovoni (balandligi 4280 m) joylashgan, undan Oʻsh—Xorugʻ avtomobil yoʻli oʻtadi.
Poya- o`simlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy qismi, ya`ni tanasi. Bo`g`im (barg o`rni) va bo`g`im oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar orasida moddalar harakatini ta`minlaydi. Bir yillik va ko`p yillik, yer ustki va yer ostki, yog`ochlangan va yogochlanmagan poyalar bor. Poyalar silindrsimon, ko`p qirrali, yassi, g`adir-budur yoki silliq bo`ladi. Poya bo`yiga ham, eniga ham o`sadi. Poyaning bo`yi, yo`g`onligi turlicha. Ayrim poyalarning uzunligi 150 m, diametri 10—12 m gacha bo`ladi. Lianalar poyasi 200—300 m keladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin