Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə175/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qizil mevali singren-(Astragalus villossimus) dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo`yi 70 sm ga yetadigan buta. U oqchil tukchalar bilan qoplangan. Poyasi srxhox, shoxlari yo`g`on, post bilan o`raglan. Yillik shoxchalari kalta. Barglarining uzunigi 1,5-3 sm, entasimon, oq tukchalar bilan qoplangan. Singren mart oyida ko`karadi, aprel-may oylarida gullaydi. Gullari mayda, kattaligi barglari bilan teng. Gullari va mevasi qizg`ich rangda bo`ladi. Urug`I esa biroz qo`ng`ir, yaltiroq. Singren urug`idan yaxshi ko`payadi.
Qizil qandim- (Calligonum caput-medusal schrenk) torandoshlar oilasiga mansub, bo`yi 2-3 m ga yetadigan buta. Uning poyalari tik, srxosh, shoxlari silliq, ichi kovakroq, qing`ir-qiyshiq bo`ladi. Barglari ensiz, ipsimon shaklda, uzunligi 2-5 mm bo`lib, erta to`kilib ketadi. Qizil qandimning urug`i juda sekin unadi. Uning unishi mart oyidan maygacha davom etadi. Aprel-may oyida gullaydi. Gulari mayda, gulyaproqchalarioqish pushti yoki to`q qizil, chetlari oqish hoshiyali bo`ladi. Qizil qandimning mevasi sariq yoki qizil rangda, mayin tukchali bo`ladi, iyun oyida yetiladi. Shamolda tez uchib ketadi. O`zbekistonda uning 45 turi tarqalgan. Bu o`simlik mollar uchun yaxshi ozuqa va u qumliklarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Qizil yulg`un-
Qizilcha- (Ephedra distachya) bo`yining balandligi 1-1,5 m ga yetadigan yo`g`on poyali, sershox buta. Poyasining qobig`I kulrang, shoxchalari tik, silliq va ingichka bo`ladi. Barglari shoxchalariga qarama-qarshi joylashgan. Qizilcha aprel oyida ko`karadi, iyun oyida gullaydi. Mevasi esa iyul oyida pishadi. Mevasining uzunligi 6-7 mm, sharsimon va qizil rangda bo`ladi. Urug`i mevasi ichida joylashgan. Qizilchaning mevasi va poyasi turli kasalliklarga davo bo`lib, xalq tabobatida oshqozon va bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Qizilishton-() bog`lar, tog` o`rmoni va saksovulzorlarda yashovchi qush. Qanotlari ola-bula va demining tagi qip-qizil bo`ladi. Ko`kragi va qornining oldingi tomoni oq, boshining ustki tomoni qora, peshonasi oq, ensasida qizil yo`li bor. Qizilishton baquvvat tumshug`i bilan daraxt po`stlog`ini teshib, uning ostida bekinib yotgan hasharotlar va lichinkalarini bigizsimon yopishqoq tili bilan chiqarib oladi. U asosan, qari va qurib chirigan daraxtlarning tanalarini teshadi. U po`stloqxo`r qo`ng`izlar, ularning lichinkalari va o`rgimchaklar bilan oziqlanadi. Aprel-may oylarida 4-7 tagacha tuxum qo`yadi. Uning bolalari uzoq vaqt uyasida yotadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin