Qo`ng`irot shahri--(1969-yilgacha Jeleznodorojniy shaharchasi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shahar. Amudaryo deltasida, uning chap sohilida, Xoʻjayli — Beynov avtotrassasi boʻyida joylashgan. Nukus — Beynov temir yoʻl yoʻnalishidagi temir yoʻl stanniyasi. Nukus shahridan 134 km shimoli-gʻarbda. Hozirda aholisi 70 ming kishiga yaqin.
Qo`ng`iz-qattiq qanotli hasharot. Qo`ng`izlarning 300 mingdan ortiq turi mavjud. Qo`ng`izning tana uzunligi 0,25–180 mm bo`lib, bosh, ko`krak, qorin qismlari bir-biridan aniq chegaralangan. Oldingi juft qanotlari qattiq ustqanotga aylangan bo`lib, qorin va ikkinchi — orqa juft parda qanotlarini himoya qiladi. Ovalsimon tuxumlari silliq qobiq bilan o`ralgan. Qo`ng`izlarning ko`pchiligi qishloq xo`jaligi ekinlari, daraxt va oziq-ovqat mahsulotlarining zararkunandasi hisoblanadi. Qo`ng`izlar barg kemiruvchilar, po`stloq osti yoki yog`ochda rivojlanuvchi poya-tana kemiruvchilar, tuproqdagi ildiz kemiruvchilar, meva va urug` zararkunandalari, g`alla mahsulotlari va teri zararkunandalariga bo`linadi. Sug`orma dehqonchilik mintaqasida foydali qo`ng`iz (xonqizi qo`ng`izlari, sassiq qo`ng`izlar) ham yashaydi. Go`ngxo`r qo`ng`iz, o`limtikxo`r qo`ng`iz kabi turlari chirindi va o`limtiklar bilan oziqlanib, tabiatda sanitar vazifasini o`taydi.
Qo`qon shahri-Farg‘ona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi)ning quyi oqimida joylashgan. Hozirda shahar aholisining soni 240 mingga yaqin. Xiva shahri Eski Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. U viloyatda eng katta shaharlardan biridir. U vodiydagi transport qadimiy karvon yo‘llar kesishgan joyda joylashgan.
Qo`qongul- tez o`sadigan bir yillik manzarali o`simlik. To`pguli biroz dag`al bo`lib, kattaligi va rangi har xil bo`ladi. Oq, qizil, sariq, novvotrabg, pushti, to`q qizil ranglarda bo`ladi. Bu o`simlik may oyidan toki sovuq tushgancha gullayveradi. Uning urug`i bahorada yer va havo isiy boshlagach, ochiq yerga ekiladi. Gulzorlarni, yo`l bo`ylarini bezash uchun yakka-yakka yoki to`p-to`p qilib o`stiriladi. O`zbekistonda eng ko`p tarqalgan manzarali o`simliklardan biri hisoblanadi.