Usyurt cho`li- Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbi (Qoraqalpogʻiston) va Qozogʻiston hududlaridagi tekislik. Sharqda Orol dengizi va Amudaryo deltasi, gʻarbda Mangʻishloq yarim oroli va Qoraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi, shimolida Kaspiyboʻyi pasttekisligi oraligʻida joylashgan. Maydoni 200 ming kv. km. Oʻrtacha balandligi 150–250 m, eng baland joyi (370 m) janubi-gʻarbida. Usyurtning atrofi 60–150 m li tik jarlik (chink)lardan iborat. Chinklar har xil chuqurlikdagi jar va soylar bilan kesilgan. Usyurt yuzasi supasimon tekislik boʻlib, unda bir qancha qirlar: Muzbel, Qorabovur, Oqtumshuq, Qulandi va boshqa, Borsakelmas, Qorashoʻr, Asakaovdon kabi choʻkma va botiklar mavjud. Janubiy qismiga Qoplonqir va Sariqamish botigʻi kirib borgan. Uning shimoliy qismida Sam, Matayqum, Uchtagʻan qumliklari va bir qancha shoʻrxoklar (Qoʻshbuloq, Osmontaymatay, Sam va boshqalar) hamda taqirlar mavjud. Iklimi keskin kontinental. Bu yerda qish Oʻzbekistonda eng sovuq, yozi juda issiq, uzoq davom etadi. Iyul oyida oʻrtacha harorat +25, +28, eng yuqori harorat +46 bo`ladi. Qishda Usyurt ning gʻarbiy qismi bilan sharqiy qismi oʻrtasidagi havo harorati farqi katta: eng past harorat g`arbda —20, sharqida —40 gacha pasayadi. Usyurt hududi, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi. Bu yerda neft, gaz va yer osti suvlarining katta zaxiralari aniqdangan.
Usyurt platosi- O`zbekistonning shimoli-g`arbi (Qoraqalpog`iston) va Qozog`iston hududlaridagi plato. Sharqda Orol dengizi va Amudaryo deltasi, g`arbda Mang`ishloq yarim oroli va Qorabo`g`ozgo`l qo`ltig`i, shimolida Kaspiybo`yi pasttekisligi oralig`ida joylashgan. Maydoni 200 ming km². O`rtacha balandligi 150–250 m, eng baland joyi (370 m) janubi-g`arbida. Usyurtning atrofi 60–150 m li tik jarlik (chink)lardan iborat. Chinklar har xil chuqurlikdagi jar va soylar bilan kesilgan. Platoning baland sharqiy chegarasi Orol dengizining avvalgi qirg`og`i va Amudaryo deltasidan, janubiy chinklari Qoraqum cho`li va O`zboy o`zani, g`arbiy chinklari esa Korabo`g`ozgo`l qo`ltig`ining g`arbiy sohili, Qorniyoriq botig`i, Qaydak sho`rligi orqali o`tadi. Usyurt yuzasi supasimon tekislik bo`lib, unda bir qancha qirlar: Muzbel, Qorabovur, Oqtumshuq, Qulandi va boshqa, Borsakelmas, Qorasho`r, Asakaovdon kabi cho`kma va botiqlar mavjud. Janubiy qismiga Qoplonqir va Sariqamish botig`i kirib borgan. Uning shimoliy qismida Sam, Matayqum, Uchtag`an qumliklari va bir qancha sho`rxoklar (Qo`shbuloq, Osmontaymatay, Sam va boshqalar) hamda taqirlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Qishi O`zbekistonda eng sovuq, yozi juda issiq, uzoq davom etadi. Iyul oyida o`rtacha harorat 25°—28°, eng yuqori harorat 46°. Qishda U.ning g`arbiy qismi bilan sharqiy qismi o`rtasida harorat farqi katta: eng past harorat g`arbda —20°, sharqida —40° gacha pasayadi. Usyurtda doimiy oqar suvlar yo`q. Bahor oylarida botiqlar, sho`rxoklar, taqirlarda suv yig`ilib, vaqtinchalik ko`llar hosil bo`ladi, yozda ular qurib qoladi. Faqat platoning janubidagi Sariqamish botig`ida va baʼzi bir g`orlar ichida doimiy ko`llar bor. Yer osti suvlariga nisbatan boy. O`simlik qoplami siyrak, asosan, shuvoq va sho`ralar o`sadi. Hayvonot dunyosi cho`lga xos bo`lib, jayran, sayg`oq, bo`ri, tulki, yumronqoziq, qoplon, Ustyurt qo`yi, olako`zan, hind asalxo`ri, qo`shoyoq, qumsichqon, turli ilonlar, qushlardan to`rg`ay, qora qarg`a, xo`jasavdogar, quzg`un va boshqa yashaydi. Noyob va "qizil kitob"larga kiritilgan hayvon va o`simlik turlarini muhofaza qilish va o`rganish maqsadida Ustyurt qo`riqxonasi (Qozog`iston hududida) tashkil etilgan. Usyurt hududi, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi. Bu yerda neft, gaz va yer osti suvlarining katta zaxiralari aniqlangan.